Havo- mexaniq ko’pikni olinishini ko’rsatish va uning karraligini aniqlash (rasm) qurilmada amalga oshiriladi. Ko’pik hosil qiluvchi aralashma uchun Hajmi 5 l bo’lgan idish 5, ko’pik hosil qiluvchi modda sarfini ko’rsatuvchi o’lchov lineykali ko’rish oynagi 6, elektrodvigatel 9 bilan NSh turdagi nasos 8, shlang 10, ko’pik Hosil qiluvchi moslama (nasadka) 1 va 500 l Hajmli ko’pik uchun idish 2, orgsteklo (orgshisha) dan tayyorlanadi. Bu ishga OXVP-10 (KXKO’-10) o’t o’chirgichdan moslama (nasadka) qo’llaniladi. Yong`in o’chog`ida amaliy o’chirishni ko’rsatish, o’t o’chirgich OU-25 (UKO’-25) yordamida o’tkaziladi, uning zaryadi bir necha tajribaga (eksperimentga) yetadi, tajriba (eksperiment) po’lat listlardan payvandlangan 700x 700x200 mm o’lchamdagi maHsus yong`in kamerasida olib boriladi.
Kamerada buraluvchi,q mustahkam yotuvchi qopqoq mavjud bo’lib, o’t o’chirgich ishlamay qolgan hollarda yong`inni tezda (ekstren) bartaraf (o’chirish) etish uchun mo’ljallangan. Ishning bu qismi tajriba xonasidan tashqarida, binodan yetarlicha uzoqlikda belgilangan masofadagi ochiq maydonchada o’tkaziladi.
O’t o’chirgichlarni ayrim xillari tuzilishini o’rganish.
Kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgich OXP-10 (KKO’-10) va kimyoviy Havo-ko’pikli o’t o’chirgich OXVP- 10 (KXKO’-Yu)ning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishamiz.
Turli xildagi materiallar, jumladan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda o’chirish uchun qo’llaniladigan OXP- 10 (KKO’- 10) kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgichni ishlashi, zaryaddagi ishqor va kislotaning o’zaro aralashishi natijasida ko’pikni Hosil bo’lishiga asoslangan. Havo yetarli bo’lmagan Hollarda yonadigan moddalarni o’chirishda bunday o’t o’chirgichlardan foydalanish samarasizdir. Ularni kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan yong`inni o’chirishda, shuningdek ishqorli metallarni o’chirishda Ham qo’llash mumkin emas. O’t o’chirish samaradorligi, yonuvchi moddalarni Himoyalash (izolyatsiyalash) va ko’pik pufakchalarini buzilishidan (yorilishidan) ajralib chiqadigan uglerod ikki oksidi SO2 ning yordamida yonish zonasidagi kislorod konsentratsiyasini kamaytirish orqali erishiladi.
OXP – 10 (KKO’-10) o’t o’chirgichni konstruksiyasi po’lat qobig` 1dan tashkil topgan bo’lib, unga zaryadni ishqorli qismi (8,5l) joylashgan. U (400g) gidrokarbonat natriyni NaNSO3 suvli aralashmasi va (50g) soladkali ekstraktdan iborat bo’ladi. Ko’pikni turg`unligini oshirish uchun ishqorli qismiga ozroq miqdorda ko’pirtirgich qo’shiladi (RAS pastasi yoki karboksimetilsellyuloza). Zaryadni kislotali qismi (450g) polietilenli stakanga joylashtirilgan bo’lib, sulfat kislota (N2SO4), temir sulfati (Fe2SO4)3 va alyuminiy sulfati (Al2SO4)3 aralashmasidan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |