Nazorat savollari:
1.Ish o’rnidagi mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).
2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish o’rnida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring.
3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.
4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi to’g`risida ma’lumot bering.
5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini ko’rsating.
2 – Laboratoriya ishi
Mavzu: Zararli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash.
Ishning maqsadi: Ish joyidagi chang miqdorini aniqlab, u joydagi havo tarkibidagi changning ruxsat etilgan darajasini (konsentratsiyasi, me’eri, normasi va boshqa) aniqlash; mazkur ish bo’yicha qo’llaniladigan asboblar, ularning ish faoliyati va respiratorning ish samaradorligini bilish.
Mustaqil ish topshiriqlari: Talabalar ukituvchi taklif etgan adabiyetlar, uslubiy topshiriklar bilan chukur tanishishlari kerak. Mazkur laboratoriya ish buyicha asbobni ishlata bilish, ish chizmasi va xisobot yezish.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
Ifloslanish-tashqi muhitda ilgari bulmagan yangi moddalarning yaratilishi, tabiiy aylanish jarayonida ishtirok etmagan elementlar biosferaning tabiiy aylanish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi (suv,xavo sirkulyatsiyasini buzuvchi) moddalardir. Changlar ham tarkibiga ko’ra tabiiy va antropogen omil tufayli vujudga kelgan xilga ajraladi. Chang-xavoda uzoq muddat buladigan kichik zarralar yoki ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida uchraydigan zarralar, gazlar (aerozollar)dir. O’tirib qolgan changlar aerogel deb ataladi.
Chang inson organizmiga nafas olish organlari orqali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz, changli bronxit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir.
Umumiy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (GOST bo’yicha) ishlash joyida 1mg/m3 dan 10 mg/m3 gacha bo’lishi mumkin. Buni o’lchashning turli usullari bulib, changning og’irlik o’lchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr orqali o’tkazishga va filtr og’irligini o’lchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlatiladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuzlarning erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan to’qimalarda gidrofoblik bo’lib, kislota asos ta’siriga unchalik chidamli emas, ammo 100 C issiqlikka chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish joyidagi havoning changdan himoyalanish vositalaridan biri, shamollatgichlar o’rnatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta korxonalarda bu vositalar orqali changni yo’qotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday korxonalarda nafas olish organlarining individual himoya vositalari (SIZOD – sredstva individualnoy zashiti organov dixaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepestok", Astra-2,U-2K,RP-KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |