Asbob va jihozlar. 1-chizmadagidek asboblar yig’iladi. Chang kamerasi,asperator, allonj,rezinali truba, termometr, sekundomer, analitik tarozi, MK va boshqalar.
Chang kamerasidagi chang ko’lami shamollatgich orqali qo’zg’atiladi. Chang kamerasi yon tomonga filtr orqali allonjga mustahkam berkitilib, rezinali truba orqali aspiratorga ulangan bo’ladi. Kamera ichidagi sifatli tozalash maqsadida allonj qarshisida konussimon moslamani zichlash uchun asos-boks o’rnatilgan bo’lib, konusga esa rezinadan tayorlangan g’ovakli mato qoplangan. 822 tipli aspirator elektrodvigatel bilan ulangan havo nasosi va to’rtta shisha naycha, ya’ni rotametrdan iborat. Havo miqdorini va tezligi oshgan sayin rotametrdan o’tayotgan havo suzgichni yuqori darajaga ko’taradi. Ikkita shisha naycha (rotametr) changni sinash uchun, qolgan 2 tasi esa gaz miqdorini tahlili uchun shkalalarga bo’lingan. Birinchi tur rotamerning shkalasi 0 dan 20 l/min. gacha bo’laklarga, ikkinchi jufti 0 dan 10 l/mingacha bo’laklarga ajratilgandir. Har bir shisha nayda, ya’ni rotamerda havoni surish tezligini boshqarish uchun foydalaniladigan mustahkam jumrak bo’ladi. Rotametrdagi suzgichning yuqori ko’rsatgichiga qarab changning qiymati olinadi.
Tajriba ishining bajarilish tartibi
1 – topshiriq. Chang kamerasidagi havo tarkibidagi changning konsenratsiyasini ulchash.
Tugmacha yerdamida aspirator ishga tushiriladi. Jumrak yordamida rotametrdan o’tayotgan havoning tezligini o’qituvchi ko’rsatmasiga asosan 10-20 l/min. tezlik oralig’ida (tezlik bilan havo) o’tkaziladi. So’ng aspirator ishdan to’xtatiladi. Filtr toza holda analitik tarozida o’lchanadi va allonjga o’rnatilib, amaliy mashg’ulot jihozi 1-chizmadagidek yigiladi. Kameradagi shamollatgich ishga tushuriladi. Aspirator va sekundomer ishlatiladi. 5-10 min. ichida havoni surish shart. Buning uchun havoning surish tezligini jumrak orqali boshqarish mumkin. Keyin aspirator, sekundomer va shamollatgich to’xtatiladi va allonjning ichidan filtr, to’grirogi chang bilan to’ldirilgan filtr analitik tarozida o’lchanadi. Havo tekshiriladigan joyda havoning harorati va bosimi aniqlanib, kameradagi changning konsentratsiyasi tenglama asosida aniqlanadi.
G= ; mg/m3
V -atmosferaning bosimi kPA
t - havoning harorati 0 C (tahlil uchun olingan joy harorati)
R1-filtrning Tajribadan oldingi vazni,mg.
R2-filtrning Tajribadan keyingi vazni,mg.
T -havo so’rilish vaqti,min.
W -filtr orqali so’riladigan havoning tezligi,l/min.
Hisoblashdan chiqqan chang konsentratsiyasi GOSTda ko’rsatilgan havodagi changning normadagi qiymati yoki ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (REK PDK) bilan taqqoslanadi va havodagi changdan himoyalanish chora-tadbirlari xulosada yoziladi. Demak, havodagi changning miqdori REKga to’gri kelar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |