Yer surilishining 3 bosqichi
l-bosqich. Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya sathlardagi tog' jinsi turg'unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi yoriqlar paydo bo'ladi. 2-hosqich, Tog' jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillaming ta'sir darajasiga bog'liq bo'ladi. 3-bo.'lqich. Surilishning so'nish bosqichi. Bunda tog' jinslari surilishdan to'xtaydi. Yer surilishlarini chuqur o'rganish - ularni oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari o'tkaziladi. Surilishi kuzatilaciigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik andozalarda o'rganiladl, hisoblash ishlari bajariladi. Yer surilishi ofati oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat: Yer yuzasida yoriqlarning paydo bo' lishi, yo'liarda uzilishlarning yuzaga kelishi, daraxtlaming to'g'ri o'smasligi (qiyshayib o'sishi), uylar devorlarining yorilishi, binolar, inshootlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa belgilar paydo bo'ladi. Mabodo, hududlarda yer surilishi xavfi bo'lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ulami bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi. Yer surilishining vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi
6.8. Yer surilisblarining oldini olisb ltsullari Jh surilishlarining aldini alish usullariga: - qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog'liq bo'lgan kovlash ishlarini olib bormaslik; - qiya sathlarda tog' jinsi to'kilmalarining yig'ilishiga yo'l qo'ymaslik; - temiryo'l, transport vositalari harakat tezligining belgilangandan oshishini taqiqlash; - qiya sathlardagi o'simlik dunyosini muhofaza qilish; - qiya sathlarda sug'orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik kabi ishlar kiradi. Surilish harakati va ta 'sirini bartaraf etuvchi usullami 4 guruhga bo'lish mumkin: Surilish harakati tezligini sekinlashtirish yoki to'xtatishga qaratilgan usullar: a) suv oqirnini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish; b) daryo va suv havzalari qirg'oqlari yuvilishining oldini oIuvchi qurilmalar qurish. 1. Yer osti suvlari sathini pasaytirish. 2. Tog' jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish. 3. Suriluvchi tog' jinsi qatlarnini olib tashlash. 4. Tog' jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun'iy usulda yaxshilash. Yer surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli omili, bu - xalqni o'z vaqtida ogoh etish hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |