Hayot faoliyati xavfsizligi ” fanidan labaratoriya ishlarini bajarish bo’yicha


Iqlimiy sharoit normalari O’timal



Download 1,41 Mb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#289958
1   2   3
Bog'liq
EYTT laborat

Iqlimiy sharoit normalari

O’timal

Ruxsat etilgan

Havo xarorati 0S

Nisbiy namlik %

Havo xarakati tezligi, m/s

Havo xarorati 0S

Nisbiy namlik %

Havo xarakati tezligi, m/s


1

2

3

4

5

6

7

8

Nisbatan kam miqdor (23,3 Vt/m3) gacha ortiqcha issiqlikga ega bo‘lgan xonalar

Engil, o‘rtacha og‘irlikdagi, Og‘ir

18-21

16-18


14-16

40-60

40-60


40-50

0,2

0,3


0,3

7-22

15-17


3-15

75

75

75



0,3

0,5


0,5

Ko‘‘ miqdor (23,3 Vt/m3 dan ziyod) ortiqcha issiqlikga ega bo‘lgan xonalar

Engil, o‘rtacha og‘irlik-dagi, og‘ir

18-21

16-18


14-16

40-60

40-60


40-50

0,2

0,3


0,3

7-22

15-17


3-15

75

75

75



0,3

0,5


0,5


B) Yilning issiq davri.

Ishlab chiqarish xonasining turi



Iqlimiy sharoit normalari

O’timal

Ruxsat etilgan

Havo xarorati 0S

Nisbiy namlik %

Havo xarakati tezligi, m/s

Havo xarorati 0S

Nisbiy namlik %

Havo xaraka-ti tezligi, m/s


1

2

3

4

5

6

7

8

Nisbatin kam miqdor (23,3 Vt/m3) gacha ortiqcha issilik-ga ega bo‘lgan xonalar

Engil, o‘rtacha og‘irlik-dagi, Og‘ir

22-25

20-23


17-20




0,3

0,3


0,3

28 gacha

28 gacha


28 gacha

60 gacha

60 gacha


60 gacha

0,5


0,7

0,5 dan ko‘p, 1,0 dan kam



Ko‘‘ miqdor (23,3 Vt/m3 dan ziyod) ortiqcha issiqlikga ega bo‘lgan xonalar

Engil, o‘rtacha og‘irlik-dagi, Og‘ir

22-25

20-23


17-20




0,3

0,3


0,3

30 dan ko‘p emas

«____»



75 dan

«__»
«__»



1,0-1,6

1,0-1,5

1 - rasmda anemometr va psixrometrlarni umumiy ko‘rinishi berilgan.

I qlimiy sharoitni normalashtirishda yil davri hisobga olinadi.

Ris. 2. Anemometr chashkali.
Ris. 3. Anemometr qanotli.
Ris.4. Psixrometr

2. 2. Iqlimiy sharoitni o’lchash va tekshirish uchun kerakli asbob-uskunalar.

Ob-havo haroratini o’lchash uchun simobli va spirtli termometrlardan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, ma’lum vaqt davomida harorat o‘zgarishini o’lchaydigan tomograflar, psixrometrlar va termoanemometrlardan foydalaniladi. Harorat namligi psixrometrlar yordamida o’lchanadi. psixrometr ikkita: quruq va namlangan (suvda ho‘llanib turadigan lattachali) termometrlardan iborat. Namlangan termometr ko‘rsatkichi quruq termometrnikiga nisbatan doimo kam bo‘ladi. Quruq va namlangan termometrlar ko‘rsatkichlarining farqiga qarab, namlikni aniqlash mumkin. Namlik ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: mutloq namlik va nisbiy namlik. Mutloq namlik deb 1m3 havodagi namlik miqdoriga aytiladi.

Ventilyatorsiz psixrometrdan foydalanilganda mutloq namlik quyidagicha aniqlanadi:

A–Hnam–Z(t-t1)/V; g/m(1)

bu erda:

Hnam—nam termometr ko‘rsatgandagi maksimal namlik (2-chi jadval)

Z–havo harakatining tezligiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient (2-chi jadval)

t1 va t–quruq (t), va namlangan termometrlarning (t1) ko‘rsatmalari.

V–barometrik bosim (mm simob ustunida).

Nisbiy namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:

(2)

Hquruq—quruq termometr ko‘rsatgan haroratdagi maksimal namlik.

Ventilyatorli psixrometr qo‘llanganda absolyut namlik
quyidagicha aniqlanadi:

g/m3 (3)

Havo harakatining tezligini o’lchash uchun anemometrlardan foydalaniladi. Bunda ikki marta olingan—dastlabki (S1) va keyingi (S2) ko‘rsatkichlarni qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Ko‘rsatkichlarning farqini tajriba o‘tkazish vaqtiga bo‘linadi:



m/sek

3. Ishni olib borish tartibi

Bajariladigan ishlar tartibi quyidagicha:

  • Nisbiy va mutloq namlik aniqlanadi;

  • Havo harakatining tezligi aniqlanadi.
    3.1. Havo namligini aniqlash.
    Havoning haroratini aniqlash.

  • Quruq va nam termometrlarning ko‘rsatkichlarini aniqlab hisobga olish.

  • psixrometrik jadvaldan foydalanib nisbiy namlikni aniqlash.

3.2. Havo harakati tezligini aniqlash.

  • Anemometrni ishga tushurish.

  • 30-40 sekunddan so‘ng hisob olish.



2-chi jadval.

Hnam va Hquruq ko‘rsatkichlarning har xil miqdori



Havoning

harorati


0S

Maksimal namlik

Hnam va Hquruq

Havoning harorati 0S

Maksimal namlik

Hnam va Hquruq

10

10

12



13

14

15



16

17

18



19

20


9,209

9,844


10,518 11,231 11,387 12,788 13,684 14,530 15,477 16,477 17,383

21

22

23



24

25

26



27

28

29



30

31


18,650 19,827

21,068 22,377

23,756 25,209 26,739 28,344 30,043 31,842 33.695


3-chi jadval.


Havo harakatining tezligi, m/s

ko‘rsatkichi

Havo harakatining tezligi, m/s

Ko‘rsatkichi


0,13

0,16


0,20

0,30

0,40


0,00130 0,00120 0,00110 0,00100 0,00090

0,80

2,30


3,00

4,00

0,00080 0,00070

0,00069 0,00067


Birinchi o‘lchovdan so‘ng, 120 sekund o‘tgach, ikkinchi o‘lchov olish.

  • O‘lchov ko‘rsatkichlarining farqini aniqlash.

  • Havo harakatinnng tezligini aniqlash.

3.3Barometrik bosimni barometr yordamida aniqlash.

3.4. Hisobot varaqasini to‘ldirish.



3.5. Hisobot varaqasida olingan ob-havo ko‘rsatkichlarini norma bilan qiyoslash.

3.6. Hisobot varaqasi A4 formatli (290x210sm) oq qog‘oz varaqlarida to‘ldiriladi.
«HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI

KORXONA XONALARIDA METEOROLOQIK SHAROITLARNI ANIQLASH. HONALARDA TABIIY SUNIY YORITILISHNI ANIQLASH.

LABORATORIYA ISHINING

HISOBOT VARAQASI

  1. Ishning maqsadi _________________________________________

_______________________________________________________________

2. Kerakli priborlar.

2.1. Priborlarni rasmini keltiring.

3. Quidagi savollarga javob bering.

3.1.Iqlimiy sharoit ko‘rsatkichlari normalashtirilayotganda nimalar

hisobga olinadi?

3.2.Psixorometr necha turli bo‘ladi?

3.3.Anemometr necha turli bo‘ladi?

3.4.Termometr necha turli bo‘ladi?

3.5.Barometr nimani o’lchaydi?

3.6.Meteorologik faktorlarni normalashtirish.

4. Eksperimental tajribalarni o‘tqazish.

4.1.Nisbiy namlikni aniqlash.


O‘lchov asbobining nomi

Termometrni ko‘rsatkichi °S



Harorat farqi,

°S

Nisbiy namlik

%


quruq


namlangan

1.

2.
















Mutloq namlikni aniqlash: A=Hnam -z (t-t1)

1.Xonadagi harorat, t =

2.Havoning bosimi, V =

3.Havo harakati tezligini aniqlash.


5. Xulosa:


Talaba
Guruhi

Ish bajarilgan

kun


O‘qituvchining imzosi














«SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TANISHISH»
LABORATORIYA ISHI 2


  1. Umumiy ko‘rsatmalar.

Shaxsiy himoya vositalari bilan tanishish.

protivogazdan to‘gri foydalanish, uni to‘gri taklash, maskani to‘g‘ri tanlashni o‘rganish.



  1. Ishning mazmuni

protivogazdan foydalanish va uni tuzilishini o‘rganish.

Shlem – maskani razmerini aniqlash

protivogazni germetikligini tekshirish

protivogazni qo‘llanilish o‘rinlarini o‘rgatish.



  1. Ish bajarish uchun zarur ma’lumot va ko‘rsatmalar.

Shaxsiy himoya vositalari (maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim, ko‘zoynak, respiratorlar, protivogaz, shlemofonlar, dielektrik izolyasiya vositalari, Shuningdek turli xil himoya pastalari va surmalari) badanni, bosh, qo‘l – oyoqlarni, nafas olish, eshitish, ko‘rish organilarini jaroxatlardan, zaxarlanish, kasb – korga xos zararli moddalardan himoya vositasida qo‘llaniladi.

Maxsus kiyim, maxsus poyafzal va himoya vositalarining bepul tarqatish me’yorlari O‘Z Resp markaziy kasaba uyushmasi va vazirlar maxkamasining ish va ish xaqi masalalari bo‘yicha Davlat organlari tomonidan tasdiqlangan va xar bir tarmoq uchun alohida ishlab chiqilgan. Korxona va tashkilotlardagi maxsus kiyimlar turli xil bo‘lib, mexnat sharoitlariga va zararli modda turiga bog’liq. Maxsus kiyimlar umumiy himoyaga (fartuklar, kombinezonlar, xalatlar) va maxalliy himoyaga (qo‘l, ko‘z va boshqalar) xizmat qilishi mumkin.

Maxsus kiyim yengil, qulay bo‘lishi kerak. Ishchilarning xarakatini cheklashi kerak emas, badanning issiqlik almashinuvini buzmasligi kerak va shuningdek, uning mexanik, kimyoviy issiqlik va boshqa zararli va xavfli ta’sirlardan saqlashi kerak.

Mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlari kiyimlarni ilib olmasligi uchun maxsus kiyimlar pishiq matolardan to‘qilishi kerak, o‘ta keng va osilib turuvchi uchlariga ega bo‘lmasligi kerak.

Issiq sexlarda ishlovchi ishchilarning maxsus kiyimlari tor bo‘lmasligi va engil ko‘ylak va shimdan iborat bo‘lishi kerak, bu odam organizmi issiqlik va havo almashinuvini bir me’yorda ushlab turadi.

Ko‘p chang ajraladigan joylarda ishlovchi ishchilarning kiyimi chang o‘tkazmaydigan matodan to‘qilgan kambinzondan iborat bo‘lishi kerak.

Ishqorli va o‘yuvchi moddalar bilan ishlaganda qo‘llaniladigan maxsus kiyim tarkibida plyonka va rezina fartuklar bo‘lishi shart.

Maxsus kiyimga mato tanlashda ish sharoiti va kasb – koriga xos xavfning hisobga olish zarur. Masalan, qizigan moddalardan va cho‘gdan himoya qilish uchun issiq bardosh mato, brezentdan qo‘llaniladi. Issiq sexlarda nurlanishdan himoya qilish maqsadida trikotaj setkalardan, metallashtirilgan matolardan foydalaniladi. Kislotalardan himoya qilish uchun maxsus kislota ta’siriga chidamli matodan polivinilli matolar qo‘llaniladi. Ishqor ta’siridan saqlash uchun xlorvinilli yoki nitroniazalin rezinadan foydalaniladi. Namdan polimer o‘simlik yog’iga to‘yingan paxta mato saqlasa, kuyishdan asbestning, silikatka qarshi matolar saqlaydi.

Sochlarni changdan, mexanizmlardan, val va roliklardan himoya qilish uchun qalpoq va kosinkalar ishlatiladi. Qurilish ishlarida boshni og’ir tushayotgan narsalardan himoya qilish uchun venilplastli fibron, dyural kaskalar qo‘llaniladi.

Qo‘llarni ximiyaviy moddalar ta’siridan saqlash uchun rezina, jun va sintetik qo‘lqoplar, shuningdek, maxsus moylar ishlatiladi. Issiq metallar bilan ishlayotgan maxsus asbestli qo’lqoplar, elektr toki bilan ishlashga dielektrik rezinalardan tayyorlangan qo’lqoplardan foydalaniladi.

Maxsus poyafzal issiq sexlarda charmdan tayyorlangan va silliq bo’lishi kerak. Bog’ichli botinkalar mann etiladi. Kislota va ishqorlar ishlatiladigan sexlarda rezina etiklar kiyiladi. Elektr tokidan himoya qilish uchun maxsus dielektrik poyafzal ishlatiladi, tebranish yuqori bo’lgan sexlarda tagligi mikrog’ovak rezinalardan (tayyorlangan) poyafzal ishlatiladi. Ko’zlarni mexanik, kimyoviy, nur ta’siridan saqlash uchun maxsus ko’zoynaklar ishlatiladi. Odatda uning oynalari sinmaydigan shishalardan stalinistdan tayyorlanadi. Ko’zoynaklar qulay, engil bo’lishi kerak. Elketrosvarkada maska ishlatiladi. Himoya ko’zoynaklari oynalari turiga qarab 3 xil bo’ladi: ko’zlarni yirik bo’laklardan himoya qilish uchun mo’ljallangan uch qavatli, rangsiz shishadan tayyorlangan ko’zoynaklar (shifr – 012 - TR) ikkinchi va uchinchi ko’zlarni ultrabinofsha va infraqizil nurlar ta’siridan saqlash uchun foydalaniladigan SS – 14 va TS – 3 markali yorug’ ko’zoynaklar ishlatiladi.

1 rasmda individual himoya vositalari foto suratlari kelitirigan.




1. Rasm. Shaxsiy himoya vositalari kaskalar, protivogaz, maska, maxsus kiyim.

Eshitish organlari himoyasi uchun shlemofon va aktifonlar qo’llaniladi. Ular tashqi va ichki bo’lishi mumkin. O’rtacha chastotalar uchun himoya qobiliyati 28 – 30 dB bo’lishi kerak. Sanoatda VSNIIST – 2 shovqinga qarshi kaska kiyiladi. U ishchilarni mexanik ta’sirlardan, elektr toki ta’siridan va 120 Db bo’lgan yuqori chastotali shovqinlardan saqlaydi. Kaska tekstolit va venilplastdan tayyorlanadi va ichidan VSNIIST – 2 shovqinga qarshi naushnik o’rnatiladi.

Antifonlar meditsina rezinasidan tayyorlanadi. Va uni serdechniki (yuragkchasi) rezina qalpoqdan iborat. Ishlatishdan oldin rezina qalpoqchasi issiq suv bilan yuvilishi kerak. Bularning effektligi 3 – 5 Dbga teng.

Nafas olish organilarini zararli bug’lar, gazlar, changlardan himoya qilish uchun maxsus filtrlardan va izolyasiyalovchi qo’llanmalar ishlatiladi. Sanoat protivogazlari ma’lum bir moddadan (simob, ammiak) himoya qiladi. Shuning uchun ularning qutilari turli rangda bo’ladi (1 jadvalda keltirilgan).

Filtrlovchi protivogazlarni tarkibida 16 xajm erkin kislorod va 0,45 xajm zararli moda bor. Atmosferada ishlatish mumkin.

1. Jadval

Protivogaz qutilarining ranglari




quti markasi

qutining rangi

Qo’llanishi

Kon-ya mg/l

himoya vaqti

A

jigarrang

organik bug’lardan (benzin, kerosin, atseton, N2S) va galloidlar himoya vositalar

25

120

V

Sariq

kilota, xlor, azot oksidlari, xlorovodorodlardan himoya qilish uchun.

10

30

G

sariq – qora

simob bug’laridan himoya qilish uchun

To’yingan bug’lar 2,3

60

D

kulrang

ammiak vavodorod sulfididan himoya qilish uchun

4,6

40
















Ish prinsipiga ko’ra respiratorlar klapanli va klapansizdir. Klapanlar nafas olayotgan va chiqarilayotgan havoni bo’lish uchun ishlatiladi. Bosh, bo’yin va yuz himoyasi uchun qo’llaniladigan respiratorlar kapyushon yoki shlemdan iborat bo’ladi. Ularga turli xil materialdan tayyorlangan (maxsus kartonqog’oz, momik) filtrlar biriktiriladi. Changdan effektiv himoya qilish uchun TRB – 5, RPP – 57, F – 45, RN – 21 markali respiratorlar qo’llaniladi. Filtrlarni doim tozalab turish kerak. Statistika shuni ta’kidlaydiki, kasb kasalliklarining 50 % teri kasalliklaridir (dermotit, ekzema va xokazo).

Himoya pastalari (maxsus moylar) bu kasalliklarni oldini olishda muhim axamiyatga ega. Pastalar (maxsus moylar) zararli moda ta’siriga uchraydigan teri qismiga surilib, ishdan keyin yuvib tashlanadi. Himoya pastalari qo’llanilishi bo’yicha 2 guruxga bo’linadi:

- yog’–moylar, erituvchilar, laklar, kraskalar, neft maxsulotlari, turli xil uglevodlar va organik pastalar. Fizik – kimyoviy ko’rsatgichlariga ko’ra ular gidrofil moddalar bo’lib, suvda eriydi. Bu guruxga XCHOT -6 pastasi, prof. seliskiy mazi, IER – 1 «mikolan» pastalari kiradi;

- elektrolitlar, suv moy eritmalaridan, kislota va ishqorlarning suvli eritmasidan saqlash uchun ishlatiladigan gidrofob moddalar kiradi. Bu guruxga LIST – ITM, IER – 2, Sinksterorat mazlar kiradi.

protivogazni tuzilishi.

protivogaz quti, yuz qismi, g’ilof va gafr trubkadan iborat. Protivogazni filtrlovchi qutichasi havoni zararli moddalardan tozalash uchun ishlatiladi. Qutining og’zi rezinali qalpoqcha bilan berkitiladi. Sanoat protivogazini yuza qismi zazarli moddalar bilan ishlovchi odamning bosh va ko’zlarini yaxshi himoya qiladi. Protivogazning yuza qismi quyidagilardan iborat:

- rezina, shlem, maska

- ko’zoynaklar

- nafas olish va chiqarishning klapan sistemasi

- gofr trubkasi

Gofr trubka protivogazni yuza qismini protivogazning qutisi bilan birlashtiradi. Protivogaz gilof protivogazni saqlash va tashish uchun mo’ljallangan. 2 – rasmda filtrlovchi sanoat protivogazi ko’rsatilgan.

4.Ish bajarish tartibi.

Maskani tanlash, protivogazni yig’ish.

Protivogazni shlem – maskasi beshta razmerdan chiqariladi, ya’ni 0,1,2,3,4,5. bu razmerlar shlem – maskada beriladi. Shlem – maskani o’zini o’lchamini topish uchun santimetr lenta bilan bosh ikki marta o’lchaniladi. Birinchi o’lchamda jag, yuz va boshning eng yuqori nuqtasidan o’tgan chiziq santimetr lenta bilan o’lchanadi. Ikkinchi o’lchamda bir quloqdan ikkinchi quloqgacha bo’lgan masofa qoshlarning ustidan o’lchanadi. Ikkala o’lcham natijalari yig’indisidan jadvaldan foydalanib, shlem – maskani kerakli o’lchami topiladi. 2 jadvalda protivogazlarni o’lchamlari keltirilgan.

2 jadval

Shlem – maskani o’lchovlari


O’lchovlarni jami, sm

Shlem – maskani o’lchovi

90 sm gacha

0

90 dan 95 sm gacha

1

95 dan 99 sm gacha

2

99 dan 103 sm gacha

3

103 dan oshig’i

4






Yangi shlem – maskani ishlatishdan oldin ichki qismini artib tashlash kerak. Oldin ishlatilgan shlem – maskani dezinfeksiya maqsadida etil spirtida, 2%li formalik eritmasida artib tashlash zarur yoki sovun bilan yuvib quritish zarur.

Chap qo’lga shlem – maska olinib o’ng qo’l bilan gofr trubka vintili gayka yordamida berkitiladi. So’ngra o’ng qo’lga quti olinib (patsga qaratilgan shlem – maska va gofr trubka chap qo’lda qoladi), oxirigacha gofr trubkaning uchi bilan berkitiladi. protivogazni ishlatishdan oldin uni quyidagi tartibda tekshirib olish zurur:

- shlem – maskani ko’zoynaklari xolati tekshiriladi, yirtilgan shlem – maskadan foydalanish taqiqlanadi;

- klapan qutisini tekshirish, klapanning chiqish yo’llarini ifloslanganligini tozalash zarur;

- gofr trubkani tekshirish zarur (unda teshiklar bo’lmasligi kerak);

- protivogaz g’ilofini tekshirish;

-nosoz protivogazdan foydalanish taqiqlanadi.

protivogazning germetikligini tekshirish uchun qutisini tagiga rezina qopqoq kiygizilib, shlem – maska kiyiladi va 3 – 4 marta chuqur nafas olinadi. Agar bunda nafas olishning iloji bo’lmasa, demak protivogaz germetikdir. Agar bunda havo chiqsa protivogaz nosoz bo’lib, undan foydalanish man etiladi. Nosozlikni aniqlash uchun protivogazni kimlarga ajratib tekshirish zarur. Shlem – maskani tekshirish, o’ng qo’l bilan klapan qutisi ostidan gofr trubka maxkam qisiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Nafas olishning iloji bo’lmasa demak shlem – maska soz va to’g’ri tanlangan.

Gofr trubkani tekshirish, protivogaz qutisining og’zi oldidan gofr turka qisiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Nafas olishning ilojisi bo’lmasa, gofr trubka soz.

protivogaz qutisini tekshirish, quti tagini rezina qopqoq yoki qo’l bilan berkitiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Agar nafas olishni ilojisi bo’lmasa. Quti soz.

protivogaz g’ilofi o’ng elkadan o’tkazilib, chap yonboshda joylanadi.

protivogazni himoya vaqti quyidagilar bilan belgilanadi

- zararli moddaning sal xidi sezilsa

- belgilangan vaqti bo’yicha

- qutining vazni bo’yicha
FARGONA POLITEXNIKA INSTITUTI

Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi

SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TANISHISH” LABORATORIYA ISHINI HISOBOTI

2. Ishni maqsadi __________________________________________________

_____________________________________________________________

1.Zarur asbob va uskunalar.



    1. protivogazni rasmini chizish.

2.Quyidagi savollarga javob berish kerak:

    1. Himoya vositalari deb nimaga aytiladi?

    2. Eshitish organlarining himoya vositalaridan qaysilarini bilasiz?

    3. protivogazning tuzilishi va ish prinsipi.

    4. protivogazning ishga sozligi qanday tekshiriladi?

    5. Respiratorlarning qo‘llanilishi.

3.Tajriba ma’lumotlarini va ularni qayta ishlash.

    1. protivogazning tekshirish natijalari.

    2. protivogaz shlem-maskasining o’lchamini aniqlash. Birinchi o’lchami ________ sm; Ikkinchi o’lcham ________ sm. 2-jadvaldan o‘zingizning protivogazingizni tanlang va yozing.

Xulosa.



Ishni bajardi


Ishni kabul kildi

Sana











«YONQINNI O‘CHIRISH VOSITALARI BILAN TANISHISH ULARNI QOLLASH SAMARADORLIGINING ANIQLASH. »

LABORATORIYA ISHI3
1.Umumiy qoidalar.

Ishning maqsadi.

Talabalarni yong’inni o’chiradigan moddalar va yong’inga qarshi vositalar, usullar bilan tanishtirish.



Ishning mazmuni

Ko’pikli (OP) va suyultirilgan SO2 (OU) o’t o’chirgichlar bilan to’g’ri foydalanishni o’rgatish.



      1. Ishlab chiqarishdagi yong’inga xavfli faktorlari xarakterlash.

3.Ish bajarilishi uchun kerakli ma’lumotlar va ko’rsatmalar.

Yonish – bu issiqliq va yorug’likni chiqaradigan murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonga aytiladi. Boshqacha aytganda, bu oksidlash protsessi, moddalar yonishida havodagi kislorod oksid vazifasini bajarib yonishda qatnashadi. Yong’in bu insonga va xalq – xo’jaligiga zarar keltiradigan boshqarilmaydigan yonish protsessiga aytiladi.

Yong’inni o’chirish uchun bir necha usullar qo’llaniladi,

- yonganda qatnashayotgan havoga yonmaydigan gaz yoki bug’larni berish, bu bilan havodagi kislorodni miqdorini kamaytirish yo’li;

- yonish muhitini havodan izolyasiya qilish yo’li;

- yonish muhitiga issiqlik xajmi (teployomkost) baland moddalrni berish, bu bilan yonadigan moddalarni alanga issiqligini pasaytirish yo’li;

- yonish muhitni yonadigan gazlardan izolyasiya qilish va yonayotgan moddani sovitish yo’li.

Asosiy yong’inni uchiradigan moddalarga quyidagilar kiradi:

- suv (parchalangan, Bug’ va kompakt xolatlarida);

– kimyoviy ko’pik;

- havo – mexanik ko’pigi;

- kimyoviy suyuqliklardan yonmaydigan gaz va bug’lar;

- quruq kimyoviy kukunlar;

- kigiz va asbest to’shaklar.

Suvni o’t o’chirish xususiyati va uni ishlatish jarayoni.

Suv – keng tarqalgan arzon o’t o’chirish moddalarga kiradi. Yong’in muhitiga tushib yonadigan moddani sovitadi. O’zini og’irligi bilan alangani urib tushiradi. Yonadigan moddani ust – yuzasini suvlashtirib suv pufagini tashkil etadi. Havoda bug’lanadi va shu bilan havodagi kislorodni mikdorini kamaytirib yong’inni o’chiradi.

Suv kompakt xolatida qattiq yonadigan moddalarni o’chirish uchun ishlatiladi. Suvni 50 – 70 metr balandlikka berish mumkin.

Suv parchalangan xolatida qattiq yonadigan moddalrni va portlash issiqligi 450 S gacha bo’lgan suyuqliklarni o’chirish uchun qo’llaniladi. parchalangan suv bilan o’chirish effektli, chunki yonayotgan moddalarni sovutadi va uzi bug’ga aylanib havoda kislorod mikdorini kamaytiradi.

Suv bug’ini yopik xollarda bo’layotgan yong’inni o’chirganda ishlatiladi, chunki binoda uni xajmi 30 – 35 %ga borganda yonish jarayonini to’xtatadi.

Suvni o’chirish vositasi sifatidagi kamchiligi – elektr tokini o’tkazadi va shuning uchun uni elektr uskunalarini o’chirishga ishlatib bo’lmaydi. Bundan tashqari engil yonadigan suyuqliklarni va bir necha moddalrni o’chirishda ishlatish mumkin emas. Chunki suv ular bilan reaksiyaga kirishib issiqlik va yonadigan gazlar chiqaradi, engil yonadigan suyuqliklarga (benzin, kerosin, toluol va boshqalar) chayqalib tezroq bug’lanadi va yong’inni kuchaytiradi.

Ko’piklarni o’t o’chirish xususiyatlari va ularni ishlatish jarayoni.

Hozirgi vaqtda engil yonadigan va yonadigan suyuqliklarni o’chirish uchun ko’pikning ikki turi qo’llaniladi.: kimyoviy ko’pik va suv – mexanik ko’pigi.

Kimyoviy ko’pik kislota va ishqor aralashmalari reaksiya vaqtida paydo bo’ladi. Suv – mexanik ko’pigi ko’pik yaratgichi yordamida suv va havo aralashishi vaqtida xosil bo’ladi. Ko’pikni solishtirma og’irligi juda past 0,1 -0,25 ga teng. Shuning uchun u bemalol yonadigan suyuqliklarni yuqori qatlamida turadi va unda erimaydi. Uni o’t o’chirish xususiyati - yonayotgan modda tepasini qoplab havoni kislorodda izolyatsiya qiladi va yong’inni to’xtatadi.

Yong’inni SO2 gazi bilan o’chirish.

SO2 – inertli, rangsiz gaz, uni solishtirma og’irligi 1,524 ga teng, ta’mi va xidi engil ichki, yonishda qatnashmaydi, suvda tez eriydi. 36 atmosfera bosimda va 0 gradus Seltsiy issiqlikda suyuqlik holatiga o’tadi. O’zini boshlang’ich xajmini 0,002 miqdorini egallab, suyuq holatidagi SO2 juda xarakatchan. 1 kg suyuq SO2 509 l gazni tashkil qiladi. O’t o’chirgichdan chiqqan vaqtida gaz 500 marta kengayadi va qattiq holatga aylanadi. Suyuq holatidagi SO2 kislota deyiladi.

SO2 ni o’t o’chirish xususiyatini quyidagilardan iborat, ko’p xolatdagi SO2 yong’in muhitiga tushganda, yonayotgan moddalarni sovitadi va Bug – gaz holatga uchraydi. Havodagi kislorodni miqdorini kamaytirib yonish jarayonini qisqartiradi.

SO2 engil yonadigan suyuqliklarni, qattiq moddalarni va kuchlanishda bo’lgan elektr uskunalarni o’chirishga ishlatiladi.

SO2 qiymat baho buyum (arxivlarda, muzeylarda, kutubxolnalarda) xam o’chirishga ishlatiladi. Chunki u narsalarni buzmaydi va oldingi holatini saqlab qoladi.

SO2 kamchiligi – u suvlatish xususmiyatiga ega emas, shuning uchun suyuq holatda saqlanish uchun maxsus og’ir va o’ta qattiq metall balonlar ishlatiladi, bundan tashqari ular murakkab burgich sistemaga ega bo’lishi kerak.

O’tni bromatil – uglekislota moddasi bilan o’chirish.

Bromatil – uglekislota moddasi qattiq yonadigan narsalarni va elektr uskunalarni o’chirishga ishlatiladi. Brometil S2N5V4 yaxshi o’t o’chirish xususiyatiga ega va uglekislotaga nisbatan insonga zarari kamrok. U burgichda xarakat qilish paytida muzlab qolmaydi.

O’tni kukun moddalar bilan o’chirish.

O’t o’chirish vositasi sifatida xar xil neorganik tuzlarni ishqorlardan tayyorlangan poroshoklar ishlatiladi. Ular baland o’t o’chirish xususiyatiga ega, ya’ni xamma materiallarni o’chiradi, xatto boshqa vositalar bilan o’chirib bo’lmaydigan narsalarni ham o’chiradi.

Kukun moddalar ishqor metalni, alyumoorganik va boshqa metalloorganik birikmalarni yagona o’t o’chirish moddasi hisoblanadi.

Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash.

Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash sistemasiga yong’inni vaqtida o’chirish, unga qarshi chiqqan suv berish sistemasiga aytiladi. O’t o’chirish uchun suv shaxar suv trubalaridan yoki daryo, ko’l. Quduq, zovur, xovuzlardan nasos, motopompa, avtonasos yordamida berilishi mumkin. Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash sistemasiga qo’yiladigan talablar qurilish normalarida (SNiP) belgilangan. Suv bilan ta’minlash sistemasi ichki va tashqi tomonidan joylashgan bo’ladi. Baland va past suv berishga bo’linadi. Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash sistemasi aylanma ko’rinishda loyixalashtiriladi.

Yong‘inga qarshi suv ta’minoti shlang va suvni purkagichi bo’lishi kerak, ular 1 rasmda ko’rsatilgan.


1.Rasm. Har hil turli suv purkagichlar.
2 rasmda suvni olish krani.

2.2. Yong’inni suv bilan o’chirish avtomatik qurilmalari.

Yong’inni suv bilan avtomatik o’chirish uchun sprinkler va drencher qurilmalari ishlatiladi. Sprinkler qurilmasi quyidagilardan iborat: suv berish, magistral va oddiy truba sistemasidan, sprinkler kallakchasidan, u avtomatik issiqlik ta’sirida ochilib, tovush klapanlarini ishlatib, suvni shu sprinkler sistemasiga ochadi. Suv kallakchasiga tushib parchalanib avtomatik holda o’tni o’chiradi, bu sistema yong’inni eng boshlanishida ishga tushadi.

Sprinkler trubkaga aylantirib quyilgan 1 – shtutser, rozetkani kotarish uchun; 2 – xalqa, 3 – xomut, 4 – rozetka, 5 – teshigi bor metalli diafragma; 6 – oynali kolpachok, 7 – qulf, u tez eriydigan metallar yordamida bir – biriga yopishtirilgan uchta miss plastinkalaridan iborat. Issiqlik oshib ketganda tez eriydigan metall oqib tushadi va suv chiqadigan klapan ochiladi (1 rasm). Sprinklerda 72, 93, 141,182 0 S miqdorida eriydi.

Drencher qurilmalari paydo bo’lgan yong’inni o’chirish uchun va suv to’sig’ini yaratish uchun ishlatiladi. Drencherlarda (2 rasm) qulf va klapanlari bo’lib, kurakli (DL) va rozetkali (DR) bo’ladi. Suv chiqadigan diametri 12,7, 10 va 7 mm.

Drencher kallakchalar 12 m2 maydonga suv sochishga mo’ljallangan.

O’t o’chirgichni ishlatgan vaqtda kislota va ishqor o’rtasida reaksiya bo’lib, ko’p miqdorda SO2 va tuz paydo bo’ladi.

Y
ong’in paydo bo’lganda o’t o’chirgichni 9 – dastadan olib, uni yaqniga bir necha metr masofaga kelib, OP – 5 past tomonini yuqoriga ko’tarib aralashtirib, chiqqan ko’pikni yong’inga tushirish kerak. Chiqqan ko’pik 8 m masofaga 60 – 65 daqiqa vaqt chiqadi, unumdorligi 50 – 55 l.


Kul OU – 2 uchirgichi, 8 – po’lat ballon, 3 – buragich, 1 – membrana himoyasi, 7 – diffuziyali ko’pik yaratgichi, 5 – sifonli trubkalardan iborat. 3 – burgich yordamida kiritiladi. Yong’inni o’chirish vaqtida o’t o’chirgichni olib uni 1,5 – 2 m yaqiniga kelib buragichni ochib, chap qo’l bilan naychani o’tga tutish kerak. Chiqqan ko’pik 1,5 – 3,5 m masofaga uchib boradi. 4 – rasmda SO2 brometil o’t o’chirgichning (OUB - 7) sxemasi ko’rsatilgan.

3.Ishni bajarish tartibi.

4.Metodik qo’llanma bilan tanishib hisobot varaqasiga kiriting.



FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi



« «YONQINNI O‘CHIRISH VOSITALARI BILAN TANISHISH ULARNI QOLLASH SAMARADORLIGINING ANIQLASH. »

LABORATORIYA ISHI № 3
1. Ishni maqsadi ________________________________________________

__________________________________________________________________

2.Zarur asbob va uskunalar.

2.1. Ko’pikli (OP) va suyultirilgan SO2 (OU) o’t o’chirgichlarni rasimini keltiring.

3.Quyidagi savollarga javob berish kerak:

3.1. Yonish va yong‘in nima?.

3.2. Suvni o’t o’chirish xususiyati va uni ishlatish jarayoni.

3.3.Ko’piklarni o’t o’chirish xususiyatlari va ularni ishlatish jarayoni.

3.4.Yong’inni SO2 gazi bilan o’chirish.

3.5.Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash.

3.6.O‘tni kukun moddalar bilan o’chirish.

3.7. Yong’inga qarshi suv bilan ta’minlash.

3.8. Yong’inni suv bilan o’chirish avtomatik qurilmalari.

3.9. Yong’inni qo’l va mexanizatsiyalashtirilgan suv bilan o’chirishga mo’ljallangan mashina va apparatlar.

4.Tajriba ma’lumotlarini va ularni qayta ishlash.

4.1. O‘t uchirgichlarni xarkteristikani keltiring.

5.Xulosa.


Ishni bajardi


Ishni qabul qildi

Sana











FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar va axborot manbaalari

Asosiy adabiyotlar

1.A. Mark, P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Germaniya, 2007

2. Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi./ Darslik. –T.: “Tafakkur qanoti”, 2015. – 336 b.

3. Yuldashev O.R., Djabborova Sh.G., Xasanova O.T. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”,2014.– 268 b.

4.Yormatov G‘.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009. – 348 b.

5. A’zamov A., va boshqalar. Mehnatni muhofazasi qilish./ O’quv qo’llanma. –T.: “Sano-standart”, 2013. – 232 b.

6. Narziyev Sh.M., Kurbonov Sh.X. Hayot faoliyati xavfsizligi. O’quv qo’llanma–T.:“Yangi nashr”, 2019.– 234 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
7.Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

8.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. – 46 b.

9.“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi taxriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2016 yil 22 sentyabr.

10.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997.

11.“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 , 37-38-son.
Internet saytlari

12.www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.

13.www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

14.www.mintrud.uz – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.



15.www.bilim.uz – OUMTV sayti

MUNDARIJA




MAVZULAR NOMI

Betlar

1

KORXONA XONALARIDA METEOROLOQIK SHAROITLARNI ANIQLASH. HONALARDA TABIIY SUNIY YORITILISHNI ANIQLASH

2

2

SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TANISHISH

2

3

«YONQINNI O‘CHIRISH VOSITALARI BILAN TANISHISH ULARNI QOLLASH SAMARADORLIGINING ANIQLASH. »

2




Jami

6



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish