Hayot faoliyati


Radioaktiv ifloslangan joyda qanday harakat qilish lozim?



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Radioaktiv ifloslangan joyda qanday harakat qilish lozim? 
Organizmga radioaktiv moddalar ta’sirining oldini olish yoki 
ta’sirni kuchsizlantirish uchun: 

binodan faqatgina zarurat tug‘ilganda, qisqa vaqtga, 
respirator, plash,rezina etik va qo‘lqop kiygan holda chiqing; 

ochiq joyda yechinmang, yerga o‘tirmang va chekmang, 
ochiq suv havzalarida cho‘milishdan hamda o‘rmon qo‘ziqorinlari 
va mevalarini terishdan saqlaning; 

uyingiz atrofidagi hududga vaqti-vaqti bilan suv sepib 
turing, bino ichini esa yuvish vositalari yordamida har kuni 
tozalang; 


114 

binoga kirishdan oldin oyoq kiyimingizni yuving, ustki 
kiyimingizni 
qoqib namlangan cho‘tka bilan tozalang; 

suvni faqat tekshirilgan joylardan olib iching. Faqat 
magazinlardanolingan oziq-ovqat mahsulotla
rini iste’mol qiling; 

ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yaxshilab yuving va 
og‘zingizni 0,5 %li ichimlik sodasi eritmasi bilan chaying. 
Ushbu tavsiyalarga amal qilish nurlanish kasalligining oldini 
olishga yordam beradi. 
124 
Nazorat savollari 
1. Radiat
siyadan ta’sirlanish belgilarini ko‘rsating. 
2. Radiatsiyadan himoyalovchi vositalarga nimalar kiradi? 
3. Radiatsiya ta’sirini kamaytiruvchi tabiiy vositalarga 
nimalar kiradi? 
4. Radiatsion kuyish nima? 
5. Radiatsion zararlanishda harakatlanish tartibini 
ko‘rsating. 
6. Radiatsiyadan zararlangan kishiga birinchi tibbiy yordam 
berish tartibini ayting. 
125 
XIII MAVZU. KTEZM DAN MUHOFAZALANISH VA 
UNDAN ZAHARLANGANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM 
KO‘RSATISH 
Gazga qarshi niqob yoki suv bilan namlangan, shuningdek, 
ammaiakda 5%li limon kislotasi aralashmasi va xlorda 2%li 
ichimlik soda aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni ishlatish 
kerak. So‘ngra zarar ko‘rganlarni zaharlangan hududdan olib 
chiqib, ularning ustki va oyoq kiyimlarini tashqarida yechib, 
tana qismidagi 
zaharli moddalarni yo‘qotish kerak. Zarar 
ko‘rganlarga ko‘p miqdorda suv berib, ko‘zini va yuz qismini 
suv bilan yuvib tashlash zarur. Agar zaharli moddalar kishining 
oshqozoniga tushgan bo‘lsa, uni qayt qildirish yoki oshqozonini 
yuvish kerak bo‘ladi. Ba’zi hollarda odam nafas olmay qo‘ysa 
«Og‘izdan og‘izga» sun’iy usulda yoki kislorod yordamida nafas 
oldirish lozim. Zarar ko‘rgan odamlarni shifoxonaga olib borish 
uchun transport vositasidan foydalanganda ularni faqat yotgan 
holda shifoxonaga yetkazish zarur. Odamlarni vaziyatdan kelib, 
chiqib xavf oldida dovdirab qolmaslikka, o‘z vaqtida aniq, tez 
harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli o‘tkazishga o‘rgatish 


115 
kerak bo‘ladi. 
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, 
uy sharoitida ham 
ro‘y berishi mumkin. Bunday kuyish 
oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib ketadigan quvurlarni, 
vanna, hojatxonani tozalash vositalari, bo‘yoqni yuvib 
ketkazuvchi moddalar yoki bog‘dorchilikda ishlatiladigan 
kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. 
Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda 
davom etaveradi Shunig uchun bunday modda teriga tushsa, 
uni darhol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak. 
Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan 
teridan sidirib tashlang (qo‘lqop, sochiq va hokazolardan 
foydalaning). 
Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib 
yuvib tashlang. Yuqori bosimli oqimdan foydalanmang, chunki 
126 
bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez 
yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvishni davom ettiring. 
Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni 
iltimos qiling. 
Jabrlanuvchining ko‘zini e’tibordan chetda qoldirmang. 
Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida 
yoki tez yordam yetib kelgunga qadar yuving. Kimyoviy modda 
sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq 
tutish lozim. Zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘ying. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish