Hayot faoliyati



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Kimyoviy avariya 
– bu ishlab chiqarishdagi texnologik 
jarayonlarning 
buzilishi, quvur o‘tkazgichlar, sig‘imlar, qo‘riqlanadigan 
omborxonalar, transport vositalarining shikastlanishi 


100 
109 
natijasida odamlarning sog‘lig‘i va hayoti, biosfera faoliyati 
uchun zararli bo‘lgan kimyoviy xavfli moddalarning chiqib 
ketishidir. 
Avariya tug‘diruvchi kimyoviy xavfli moddalar - asosan 
xlor, ammiak, fosgen, sinil kislotasi, qo‘rg‘oshinli angidrid va 
boshqalarning yirik zaxiralari kimyo, sellyuloza-
qog‘oz vaqayta 
ishlash kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, qora va rangli metallurgiya 
zavodlari, shuningdek, muzlatuvchi kombinatlar, pivo 
zavodlari, qandolatchilik fabrikalari, sabzavot bazalari va suv 
stansiyalarida mavjud. 
Kimyoviy avariyaning insonlar va hayvonlar uchun xavfi, 
organizm me’yoriy hayot faoliyatining buzilishi va kelgusida 
genetik oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi bilan belgilanadi. 
Ma’lum sharoitlarda esa organizmga kimyoviy moddalarning 
nafas yo‘llari, teri, shilliq pardalari yaralar orqali va 
oziq-
ovqat bilan birga tushishi hatto o‘limgacha olib kelishi 
mumkin. 
Kimyoviy moddalarni saqlash va ishlab chiqarish sharoitida 
ularning havo yoki suv bilan, shuningdek, kimyoviy moddalar 
o‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashib yong‘in yoki boshqa og‘ir 
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ochiq havoda turgan 
o‘z-o‘zidan alangalanuvchi va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalarga 
o‘simlik yog‘lari, hayvon yog‘lari, tosh va pista ko‘mirni, 
temirning oltingugurt birikmasini, kukunli moddalarni, alif va 
erituvchilarni, shuningdek, o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga 
ega moddalarni kimyoviy xavfli moddalar qatoriga kiritish 
mumkin. 
Kimyoviy moddalarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo‘lishi 
natijasida reaksiyaga kirishishi va alangalanishi ishlab chiqarishda 
ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunday hodisalar asosan 
oksidlovchilarning 
organik moddalarga ta’siri orqali sodir bo‘ladi. 
Oksidlovchilar sifatida xlor, ftor, brom va shunga o‘xshash 
moddalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Oksidlovchilar 
organik moddalar bilan to‘qnashib yoki aralashib ketganda 
ularning alangalanishini keltirib chiqaradi. O‘z tabiatiga 
ko‘ra mustahkam bo‘lmagan ayrim kimyoviy moddalar vaqt 
110 


101 
o‘tishi bilan harorat, ishqalanish, urilish va boshqa ta’sirlarning 
natijasida yemirilishi mumkin. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq 
obyektlarning mavjudligi ham texnogen tusdagi favqulodda 
vaziyatlarni keltirib chiqarishi xavfni saqlab turadi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasida ammiak, xlor, sulfat va azot 
kislotasi kabi xavfli kimyoviy moddalarning (kuchli ta’sir 
qiladigan zaharli moddalarning - KTEZM) katta zaxiralariga 
ega bo‘lgan 279 xo‘jalik obyekti faoliyat yuritadi. Korxonalardagi 
ushbu moddalar umumiy zaxirasi qariyb 400 ming 
tonnaga yetadi. Kimyo sanoatida falokatlar hali ham yuqori 
darajada saqlanib qolmoqda. Falokatlar va ifloslanishlar 
KTEZM ni tashishda ko‘proq ro‘y bermoqda. 
Qishloq xo‘jaligida kemiruvchi va zararkunandalarga qarshi 
kurashish, 
o‘simliklarning kasallanishining oldini olish, begona 
o‘tlarga qarshi kurashda turli zaharli ximikatlar, kimyoviy 
moddalardan foydalaniladi. Bularga pestitsidlar, gerbitsidlar, 
defoliantlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu kimyoviy 
moddalar yordam berish bilan birgalikda inson organizmiga 
juda katta xavf tug‘diradi. Masalan, turuvchan pestitsidlar inson 
organizmining yog‘ qatlamlarida va boshqa ichki a’zolarida 
to‘planib ichak, siydik pufagi, jigar, bosh miya va tanosil 
a’zolarida o‘simtalar paydo qilish xususiyatiga ega. Bunda 
surunkali bosh og‘rig‘i, charchash va holsizlanish kabi belgilar 
kuzatiladi. Ammo eng asosiysi hayot sifati va muddatining 
qisqarishidir. Ba’zi zaharli ximikatlar inson genetik apparatiga 
radiatsiyadanda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa yosh bolalar 
va qariyalar zaharli ximikatlardan kuchli ta’sirlanadi. 
Sobiq ittifoq davrida respublikamiz hududida zaharli 
kimyoviy moddalarni saqlashga xo‘jasizlarcha munosabatda 
bo‘linganligini katta achinish bilan ta’kidlash joiz. Masalan 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish