Majburiy yolg‘izlik holatida oziq-ovqat topish va ularni tayyorlash
Majburiy yolg‘izlik holatida eng asosiy muammoli
vazifalardan biri o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlashdir. Bunda
albatta birinchi navbatda qo‘l ostida bo‘lgan va o‘zini o‘rab
turgan muhitdagi mavjud narsa, ashyo va jismlardan foydalaniladi.
Oziq-ovqat sifatida daraxt va o‘simliklar barglari,
novdalarini ular gullamasidan oldin yig‘ish va iste’mol qilish
mumkin. Ular yumshoqroq, to‘yimliroq, oson hazm bo‘ladi.
Gullagandan keyin o‘simliklarning yer ustidagi qismi qo‘pollashadi
hamda o‘zining oziqa moddasi sifatidagi qimmatini
yo‘qotadi. Oziq modda sifatida ayniqsa yangi barglar, novdalar
katta qiymatga ega. Daraxt va butalar soyasidagi o‘simliklar va
novdalar iste’mol qilish uchun yumshoqroq va qimmatliroq
hisoblanadi.Qari daraxt va o‘simliklarning yangi novdalari va
barglari iste’molga yaroqli hisoblanadi. Tayyorlangan yashil
massani oqayotgan suvda yuvib, xom holatida iste’mol qilish
mumkin. Iste’mol uchun qazib olingan ildizlar, o‘simlik piyozlari,
yovvoyi mevalarni tuproqdan tozalab yuviladi, chirigan
yaroqsiz joylari olib tashlanib so‘ngra oziq modda sifatida
foydalanish mumkin.
Majburiy yolg‘izlik holatida yovvoyi hayvonlarni tutish,
iste’molga yaroqli ildiz yoki o‘simliklarni izlab topish ularni
keyinchalik qayta tayyorlashga nisbatan osonroq bo‘lishi
mumkin. Chunki bunday holatdagi kishida oddiy idishlar ham
yo‘q bo‘lib, bir sutkada bir marta issiq ovqat tayyorlash ham
katta muammoga aylanadi. Ammo kulinariyaning hech qanday
idish va tovalarni talab qilmaydigan usullarini o‘zlashtirsak bu
muammoni ham oson hal qilish mumkin. O‘simliklarning ildiz
va novdalari, baliq va mayda yovvoyi hayvonlarni idishtovoqsiz,
cho‘g‘ning o‘zida ularni loy yoki o‘simlik barglaridan
tayyorlangan qobiqqa o‘rab pishirish mumkin. Kichkina yovvoyi
hayvonlar, qushlarni terisini shilmasdan va patlardan
tozalamasdan sixda tayyorlash mumkin. Six sifatida daraxt
novdalari olinadi. Tayyorlab bo‘lgandan keyin kuygan teri va
patlar hamda ichki a’zolar olib tashlanadi. Shuningdek, ovqatni
olov tagida tayyorlash usuli ham qulay hisoblanib bunda yerda
51
chuqurligi 30-40 sm chuqurcha kovlanib unga barg va o‘to‘
lanlar to‘shaladi. So‘ngra go‘sht yoki tayyorlanayotgan boshqa
narsalar chuqur tagiga qo‘yilib 1,5-2 sm qalinlikdagi tuproq
bilan ko‘miladi va tepasida olov yoqiladi. 30-40 minutdan keyin
ovqat tayyor bo‘ladi. Shuningdek, go‘shtni oldin barg, o‘to‘
lanlar so‘ngra loyga o‘rab qizigan toshlarda pishirsa ham
bo‘ladi. Ovqatning tayyorligini uning ta’mi va hidiga qarab bilsa
bo‘ladi. Ammo inson ovqatsiz ham uzoq muddat yashashi
mumkin. Agarda inson yaxshi jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka
ega bo‘lsa 10-12 kungacha ovqat iste’mol qilmay ham yashashi
mumkin. Inson o‘z organizmining ichki resurslariga tayanib 30
sutkagacha chidashi mumkin. 55-60 sutka inson organizmi
imkoniyatlarining chegarasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |