Nazorat savollari
1. Ekologik ong nima?
2. Ekologik madaniyat tushunchasini ta’riflang.
3. Ekologik tarbiyaga nimalar kiradi?
4. Ekologik muhit va ekologik tizim tushunchalarini ta’riflang.
5. Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik muammolarni
hal etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
155
XVII MAVZU. EPIDIMIOLOGIK XAVFLI
KASALLIKLARNING YUQISH YO‘LLARI VA
PROFILAKTIKASI
Ichterlama. Paratif «A» va «B» kasalliklari
Ichak infeksiyalari guruhidagi kasalliklar klinikasida asosan
oshqozon-ichak yo‘llari zararlanadi .
Tif-paratif kasalliklarida nafaqat oshqozon-ichak yo‘llari
zararlanadi, balki qo‘zg‘atuvchining qonga tushishi natijasida
turli a’zo va to‘qimalarda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Tif-paratif kasalliklaridan kasallanish so‘nggi yillarda bir
muncha pasaygan bo‘lsada, hanuzgacha uchrab turadi. Hozirgi
vaqtda ichterlamaning klinik belgilariga xos bo‘lmagan ko‘rinishlari
kasallikni aniqlashda ancha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Shuning uchun bemor ahvoliga baho berishda so‘rab- surishtirishning
mohiyati katta. Bemorning shikoyatlariga alohida
diqqat bilan e’tibor berish zarur, chunki bu xastalik o‘ziga xos
kechganida, alomatlarining asta-sekin paydo bo‘lishi, avjiga
chiqishi va yana asta so‘nishi kuzatiladi. Bemor o‘zini noxush
sezadi, quvvati kun sayin kamayib, ishtahasi yo‘qola boradi.
Ko‘proq yotgisi keladi. Kasallikning muhim alomatlaridan biri -
bosh og‘rishi. Bu og‘riq kun sayin zo‘raya boradi va boshning
hamma qismi tutash og‘riydi.
Tana harorati ham asta-sekin ko‘tarila boradi. Odatda
kechqurungi harorat ertalabkisidan yuqoriroq, bugungisi –
kechagidan ortiqroq bo‘lib, asta ko‘tarila boradi. Har kuni
harorat 0,2-0,3°C orta boradi. Kasallik avjiga chiqqan davrda
tana harorati ba’zan 1 -2 hafta 39-40°C da saqlanib turadi.
Bunda dastlabki va kechki harorat ko‘rsatgichlaridagi farqi 1°C
dan ortmaydi (doimiy harorat). Ishtaha butunlay yo‘qoladi, ich
qotishi kuzatiladi. Bemorni atrof-muhitga hech qanday qiziqishi
qolmaydi, o‘z dardi bilan «ovora» bo‘lib qoladi.
Bemorni ko‘zdan kechirganda uning umumiy ahvolini
baholash, terida toshmalar bor yo‘qligi, qachon paydo
bo‘lganligi, xarakteri va toshma toshgan sohalariga e’tibor
156
beriladi. Bemorning tomir urishi tezlashadi. Ammo u harorat
ko‘tarilishiga mos kelmaydi, bu holat nisbiy yurak urishining
pasayishi deyiladi. Til odatda quruq, kulrang-qoramtir karash
bilan qoplangan bo‘lib, uning chetlari va uchi karash bilan
qoplanmagan bo‘ladi. Til kattalashishi tufayli unda tish izlari
aniqlanadi. Qorinni paypaslab ko‘rganda gaz va suyuqlik
aralashishi tufayli ko‘richakning dag‘al quldirashi eshitiladi.
Kasallikning birinchi haftasi oxirida jigar va taloq kattalashadi.
Botulizm
Botulizm nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan
ovqatdan og‘ir zaharlanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |