Xlor buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan so‘ng
quyidagilarini bajarish lozim:
Himoya inshootida panoh topish. Baland binolarning tepa
qavatlaridan foydalaning. Uyni xlor bug‘lari kirishidan
himoyalashga tayyorlash (ventilyatsiya teshiklarini, oynalarni
yopish, eshiklar teshiklarini berkitish).
Gazga qarshi niqobni kiyish. Kattalar uchun – GP-5, GP-
7. Bolalar uchun-PDF-7, PDF- III(D), PDF-2III(D) markalilari
ma’qul.
«V» markali yutuvchi patronli RPG-67 gazga qarshi niqob
va respiratordan ham foydalanish mumkin.
Hech bo‘lmasa suv bilan namlangan, undan yaxshisi 2%li
ichimlik sodasi aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni taqib olish
zarur.
YODINGDA TUT! Zaharlangan tumandan shamol yo‘nalishiga
perpendikulyar ravishda, pastlik, chuqurlik, jarliklardan
chetlangan holda chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |