Sianid kislota – rangsiz suyuqlik bo‘lib, asosan plastmassa,
organik shisha, sun’iy tola ishlab chiqaruvchi korxonalarda
ishlatiladi. U qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi
kurashish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi.
Serovodorod – o‘tkir yoqimsiz hidli rangsiz gaz. U ham
xlor kabi havodan og‘irroq shuning uchun ham avariya vaqtida
chuqurlik, yerto‘la va binolarning birinchi qavatlarini to‘ldirib
yerga to‘shaladi. Serovodorod neft-kimyoviy va gazni qayta
ishlash zavodlarida, oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish
natijasida hosil bo‘ladi.
Fosgen – juda zaharli rangsiz gaz. Bo‘g‘uvchanlik
xususiyatiga ega. Har xil bo‘yoqlar, eritgichlar va dori-darmon
ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |