Majburiy yolg‘izlik holatida o‘zini suv bilan ta’minlash
Inson organizmining kam foizda suvsizlanishi uning hayotiy
faoliyati buzilishiga, 10 %dan ko‘proq suvsizlanish esa inson
ichki a’zolari faoliyatining buzilishiga hamda o‘limga olib
kelishi mumkin.
Iqlimi nisbatan past haroratli bo‘lgan hududlarda kam
jismoniy harakat qilinganida suvga bo‘lgan ehtiyoj 1,5-2 litrdan
oshmaydi. Ammo havoning harorati yuqori bo‘lgan hududlar,
ayniqsa cho‘l va tropik o‘rmon sharoitlarida suvga bo‘lgan
ehtiyoj keskin ortib, sutkasiga 4-6 litr, ba’zan undan ham
ko‘proqni tashkil etadi. Majburiy yolg‘izlik holatida havoning
yuqori harorati va quyosh radiatsiyasi organizmning tez
suvsizlanishiga olib keladigan hududlarda o‘zini suv bilan
ta’minlash birinchi darajali muammoga aylanadi.
Bunda suv manbalarini shartli ravishda bir qancha
guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: ochiq suv manbalari (daryo,
ko‘l,irmoqlar), yer tagidagi yopiq suv manbalari (buloq, yerosti
suvlari), biologik suv manbalari (suvli o‘simliklar, bambuk,
kaktus, lianalar), atmosfera suv manbalari (qor, yomg‘ir, muz
va hk.). Arktik sharoitlarda yil mavsumlariga ko‘ra suv manbasi
sifatida qor, muz, muz ustida yig‘ilgan suvlar, yozgi tundra
sharoitida ko‘l, irmoq, botqoqliklar, tayga sharoitida daryo,
ko‘l, botqoqliklar xizmat qilishi va insonga ichish, ovqat
52
tayyorlash va xo‘jalik maqsadlarida zarur bo‘lgan suv miqdori
bilan ta’minlashi mumkin.
Cho‘l sharoitida suv bilan ta’minlash muammosi o‘ziga xos
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday sharoitda suv
havzalari juda kam uchraydi hamda relyef va o‘simliklarning
belgilari kabi zaruriy maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lmasdan ularni topish juda katta muammo hisoblanadi.
Tropik o‘rmon sharoitida suv bilan ta’minlash nafaqat suv
havzalari balki bambuk, liana, palma, baobab kabi suvni o‘zida
ko‘p saqlaydigan daraxtlar va o‘simliklar kabi biologik manbalar
tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Tog‘ sharoitida esa
daryo, irmoq, buloq, qor qatlamidan foydalanish mumkin.
Tog‘ va o‘rmon sharoitida buloq, irmoq, daryo suvlarini
ichish mumkin. Ammo bir joyda turib qolgan suv havzasidagi
suvni ichishdan oldin uni yaxshilab tozalash va zararsizlantirish
kerak. Buning uchun bir necha qavatli bintdan filtr yasash yoki
bo‘sh konserva bankasining tagidan bir nechta teshiklar qilib
bankaning tagiga ozroq qum solish mumkin. Yana suv havzasi
qirg‘og‘idan 1-1,5 metr uzoqlikda chuqurcha qazilsa u ozroq
vaqtdan keyin toza, tiniq suv bilan to‘ladi.
Biroq bir joyda turib qolgan suv havzalaridan olinadigan
suvni oddiy tozalash yetarli emas, chunki bunday suvda inson
sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan oshqozon-ichak kasalliklari, virusli
gepatit kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib ularni zararsizlantirish
kerak. Suvni zararsizlantirish uchun margansovkadan
foydalanish mumkin, ya’ni bunda suv margansovka
kukuni yordamida oqish pushtirangga kiritiladi. Keyin suv bir
soat mobaynida tinitish uchun qo‘yib qo‘yiladi va iste’mol
qilinadi. Ba’zan shu maqsadlarda 5 %li yod eritmasidan ham
foydalaniladi, ya’ni bir litr suvga 2-3 tomchi yod eritmasi
qo‘shiladi.
Agarda qo‘l ostida kimyoviy vositalar bo‘lmasa, unda eman,
iva kabi daraxt tanasi po‘stlog‘i kabi qo‘lbola vositalardan
foydalaniladi. Bunda bir chelak suvga 100-150 gr po‘stloq
solinib 30-40 minut mobaynida qaynatiladi hamda 6-7 soat
mobaynida tinitish uchun quyib quyiladi. Suvni tozalash
maqsadida mingtomir, fialka kabi o‘tlardan foydalanish ham
53
mumkin. Ammo suvni zararsizlantirishning eng oddiy va
sinalgan usuli - bu qaynatishdir.
Majburiy yolg‘izlik holatida agarda suv havzalari bir-biridan
ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, suv zaxiralarini
tayyorlash mumkin. Agar suv havzalari o‘rtasidagi masofa yaqin
bo‘lsa uni o‘sha joyda olish, tozalash, zararsizlantirish hamda
iste’mol qilish kerak.
Ijtimoiy ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar ko‘pincha inson
jismoniy va ruhiy yolg‘izlanib qolganda yuzaga keladi. Bunda
insonning hayotiga, mol-mulkiga, mavqeyiga zarar yetkazishga
intilish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |