Hayot faoliyati


Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal



Download 275,31 Kb.
bet28/178
Sana31.12.2021
Hajmi275,31 Kb.
#256141
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178
Bog'liq
Hayot faoliyati

Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal

berish tartibi

Favqulodda holatlarda qiyin vaziyatda qolgan odamlarni

izlab topishda qidiruv ishlarining juda katta hududda olib

borilishi qiyinchilik tug‘diradi. Agar qidiruv ishlari qiyin obhavo

sharoitlarida tog‘, o‘rmon sharoitida olib borilayotgan

bo‘lsa ularni yuqoridan ko‘rish yanada qiyinroq hisoblanadi.

Shuning uchun ham qidirilayotgan kishilar qidiruv ishlarida

qatnashayotgan transport vositalarini ko‘rganlarida yoki ovozini

eshitganlarida qo‘l ostida bo‘lgan har qanday ashyo va

jihozlardan foydalangan holda o‘zlarining turgan joylarini

ko‘rsatuvchi signallarni berishlari zarur.

Bunda maxsus signal vositalaridan foydalaniladi. Birinchi

navbatda bunday vositalarga PSND patroni kirib, uning

«kunduzgi» tomoni 30 sekund davomida yorqin sarg‘ish rangda

yonib turuvchi aralashma bilan to‘ldirilgan. PSND patronining

«Tungi» tomoni ochiq pushti rangda yonib belgi beradi.

PSND patronini qo‘llash uchun uni chap qo‘lga olib, o‘ng

qo‘l bilan saqlovchi qalpoqcha buraladi hamda chuqurchadan

zapal shnuri olinadi. So‘ngra shamolga qarama-qarshi turib,

48

patronni xiyol bukilgan qo‘lda ushlab o‘ng qo‘l bilan shnur



keskin harakat bilan yuqoriga tortiladi. Ochiq joyda signal

ancha uzoq masofadan ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa tunda

signalni 10-12 km masofadan ko‘rish mumkin. O‘rmon yoki

daraxtzor sharoitida oldin daraxt kam yoki siyrak o‘sgan

joylarni, o‘rmon chetini, tepaliklarni, suv havzasi qirg‘oqlarini

topib, shundan so‘ng patronni qo‘llash kerak. Bo‘lmasa tutun

daraxtlar orasida qolib ketishi va yaxshi ko‘rinmasligi mumkin.

Bundan tashqari signal berish uchun signal raketalaridan

keng foydalaniladi. Signal raketasidan qanday foydalanish

tartibini uning o‘ramidagi yo‘riqnomadan bilish mumkin.

Shuningdek, signal berishda signal oynalaridan samarali

foydalanish mumkin. Insonga xos qotib qolgan fikrga ko‘ra

oyna radio, pirotexnika va elektronika vositalari bilan tenglasha

olmaydi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Ayniqsa cho‘l

sharoitida va suvda oynadan signal berishda samarali

foydalanish mumkin.

Agar qo‘l ostida maxsus signal vositalari bo‘lmasa, unda

ajdodlarimiz qadimdan keng foydalanib kelgan qo‘lbola usul,

olovdan foydalanishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham olov

signal berishning samarali vositasi sifatida qo‘llaniladi. Signalni

o‘z vaqtida, ya’ni transport vositalari ko‘rinishi bilan berish

uchun olov uchun yoqilg‘i va joy oldindan tayyorlanib quyilgan

bo‘lishi zarur. Olov uchun ochiq joy, tepalik, suv havzasi

qirg‘og‘i tanlanishi kerak. Agarda shunday joy tanlanmasa tutun

daraxtlar orasida qolib ketishi va ko‘zga tashlanmasligi mumkin.

Tutun qalin va qoraroq bo‘lishi uchun olov yonganidan so‘ng

unga yashil o‘tlar, o‘simlik va daraxt barglar, hamda boshqa

jismlarni tashlash mumkin.

Cho‘l sharoitida yoqilg‘i ashyolari topilmasligi mumkin.

Bunda olov o‘rniga yonilg‘i quyilgan qum bilan to‘ldirilgan

bankalardan samarali foydalanish mumkin. Signal uchun olov

qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan transport vositasi

ko‘ringanida, uning ovozi eshitilganida yoki uning bilan

radioaloqa o‘rnatilganda yoqiladi. Qish vaqtida olovni qo‘lbola

vositalar bilan qor va yomg‘irdan to‘sish zarur.

49

Agarda boshqa imkoniyati bo‘lmasa havo transporti ekipaji



a’zolarining diqqatini joyni qayta niqoblash yo‘li bilan o‘zi

turgan joyga jalb etish mumkin. Masalan, qorda geometrik

figuralarni tepkilab chizish, butazorlarni kesish, suv havzalari

qirg‘oqlarida va ochiq joylarda «SoS» signalini juda katta

o‘lchamdagi harflar bilan yozish va hk.

Zilzilada inshoot va binolar qulaganida ba’zan inson majburiy

yolg‘izlik holatida qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda

kishilar birinchi navbatda ruhini tushirmasligi zarur. Atrof

qorong‘i bo‘lsa ham gugurt va boshqa yondiruvchi moslamalardan

foydalanmang, chunki tabiiy gaz tarqalishi xavfi

mavjud. Agar shikastlanmagan bo‘lsangiz ham ortiqcha harakatlar

qilishdan saqlaning, chunki tezda ko‘p kuch yo‘qotasiz.

Imkoni bo‘lsa metall jismlarga biror bir narsa bilan urib

tepadagilarga signal berishga harakat qiling. Inson suvsiz va

ovqatsiz ham ancha muddat yashashi mumkinligini unutmang.

Qutqaruvchilar sizni izlayotgani va albatta yordamga kelishlarini

doimo yodda tuting.

Lift eshiklari ishlamay qolganida birinchi navbatda eng

yaqin qavat tugmasini bosish, agarda lift ishlamasa lift

navbatchisini chaqirish tugmasini bosish zarur. Agarda bu

ko‘rilgan choralar yordam bermasa, unda uyali aloqa vositasi

orqali yordam so‘rash kerak. Uyali aloqa vositasi bo‘lmagan

holatda baland ovoz hamda lift eshiklariga qo‘l yoki biror bir

jism bilan urib atrofdagi kishilarning e’tiborini jalb etish zarur.

Majburiy yolg‘izlik holatida mavjud har qanday ashyo,

vosita va imkoniyatlardan to‘g‘ri, tejamkorona va oqilona

foydalanish yashab qolish imkoniyatlarini oshiradi. Bunda

mavjud har bir ashyo, narsa yoki vositaning to‘g‘ridan to‘g‘ri

vazifasidan tashqari ikkilamchi vazifalari bo‘lishini ham

e’tiborga olishimiz shart. Masalan: oyna signal berish, klenka

suvni yig‘ish yoki yog‘ingarchiliklardan himoyalanish, spirtli

ichimliklar jarohatni tozalash, qo‘l soati kompas vositasi sifatida

qo‘llanishi mumkin. Eng asosiysi biz sarosimaga tushmasdan,

ruhiy bosiqlik bilan mavjud vaziyatdan chiqish yo‘llarini

izlashimiz kerak.

50


Download 275,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish