O‘t o‘chirgichlardan qanday foydalanish mumkin
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng faol bo‘lgan
vosita bu yong‘in o‘chirgichlardir. Shuning uchun ham
yong‘inlarni boshlang‘ich davrida uni bartaraf etishda yong‘in
o‘chirgichlarning ahamiyati katta.
Tajribalarda yong‘in o‘chirgichlarni amalda qo‘llash,
yong‘in xavfsizligi xizmatida bebaho ahamiyatga egaligi
tasdiqlangan. Sanoatning ko‘plab sohalarida yong‘in xavfining
ortib borishi, vatanimizda va chet davlatlarda yong‘in
o‘chirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini yanada ko‘paytirish,
hamda yong‘in o‘chirgichlarga xizmat ko‘rsatuvchilarni, ulardan
foydalanuvchilarni o‘rgatishni yanada yaxshilash, foydalanish
tarmoqlarini kengaytirish masalalarini hal etishni talab etmoqda.
19
Yong‘in o‘chirgichlar yong‘inning boshlang‘ich davrida,
ya’ni yong‘in o‘chirish qismlari shaxsiy tarkiblari yong‘in joyiga
yetib kelguncha qisqa vaqt ichida o‘chirish qobiliyatiga ega
ekanligi tajribada aniqlangan.
2-rasm. OP-10 rusumli dastakli kukunli yong‘in o‘chirgichlari
Hozirgi vaqtda kimyoviy-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, karbonat
angidridli, kukunli kabi yong‘in o‘chirgichlar mavjud.
Yong‘in o‘chirgichlarning asosiy vazifasi yonish o‘chog‘ini
havodan cheklash (ko‘pikli), kislorodni yonmaydigan gazlar bilan
aralashtirish (karbonat-angidridli va kukunli), yonish o‘chog‘
i haroratini pasaytirish (suv, ko‘pik), alangadagi kimyoviy
reaksiya tezligini to‘xtatish (kukunli)dan iborat.
Yong‘in o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish
uchun quyidagilarni bilish zarur:
1. Yong‘in o‘chirish vositasini bekorga sarflamaslik uchun
o‘t o‘chirgichni yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga
o‘tkazish kerak.
2. Tez harakat qilish kerak, chunki yong‘in o‘chirgich qisqa
vaqt davomida ish holatida bo‘ladi (ko‘pincha 60-80 soniya,
karbonat – angidridli - 25-45 soniya, kukunli 10-15 soniya).
3. Qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar
yordamida o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga
20
oqimni to‘g‘rilash va asta-sekin alangani yuqoridan pastga tomon
o‘chirish lozim.
4. Yonayotgan suyuqlikni chetidan o‘rtasiga tomon, astasekinlikda
ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi.
Yonayotgan moddalarni kukunli yong‘in o‘chirgichlar yordamida
o‘chirganda yonish maydoni yuzasini kukun bilan qoplash
lozim. Ko‘pikli o‘t o‘chirgich (OR-5) 1m. maydondagi
o‘tni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. U sig‘imi qariyb 10 litr o‘t
uchirish zaryadi bir silindr shakldagi idishdan iborat. O‘t
o‘chirgichni shaylash uchun uning dastasini bosib, ko‘pik
oqimini yonish o‘chog‘iga yo‘naltirilgan holda ko‘pik tugaguncha
ushlab turish lozim. Karbonat kislotali o‘t o‘chirgich
(OU-2) turli yong‘inlarni bartaraf etishga mo‘ljallangan. Uning
sirt tarafi po‘latdan yasalgan bo‘lib, ustida buraydigan jo‘mragi
bor. U suyuq holdagi ko‘mir (karbonat) kislotasini saqlab turish
uchun xizmat qiladi. O‘t o‘chirgichni harakatga keltirish uchun
iloji boricha yonish o‘chog‘iga olib boriladi, trubka og‘zi o‘tga
qaratiladi. Buragichni soat miliga qarshi yo‘nalishda burash
lozim.
Bunda, albatta, alangadan xavfsizroq masofada - taxminan
3 metrda bo‘ling. O‘chirgichni yonib turgan joyga yo‘naltirib,
dastagini bosing. Asta harakat bilan o‘t chiqqan maydonni to‘la
qoplang. O‘chirgich ichidagi modda bug‘idan nafas olmaslikka
harakat qiling.
Ichki o‘t o‘chirish jo‘mraklari bino ichidagi yong‘inni
o‘chirishga mo‘ljallangan. Uni ishga solish uchun yong‘inga
qarshi shkafchani eshigini ochib, yong‘in o‘chirish dastasini
jo‘mrakka birlashtirib, buragichni soat miliga qarshi burab, suv
oqimi yong‘in o‘chog‘iga yo‘naltiriladi. Bino ichidagi issiqlikdan
saqlanish uchun sirtqi kiyimlar va to‘shaklarni namlab boshga
yopiladi. Xonadagi achchiq tutundan yer bag‘irlab harakat qilib
qutulish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |