Ikkinchi jahon urushi haqida qo’shimcha ma’lumotlar
Stalingrad ostonalaridagi mag‘lubiyat Uchlar ittifoqi davlatlari uchun halokatli bo‘ldi. Germaniya o‘z armiyasining jangovar qobiliyatini tiklash uchun yalpi safarbarlik e’lon qildi. Germaniyaning zaxiradagi barcha qo‘shinlari Sharqiy frontga jalb qilindi, natijada ittifoqchila 1944-yilning yozi va kuzi davomida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari fashizmdan to'la ozod etildi. Yevropa davlatlarini ozod etishda sovetla rning jami 3 mln dan ortiq jangchisi halok bo'ldi, mayib-majruh bo'lib qoldi yoki bedarak yo'qoldi. Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod Yevropada birgalikda siyosat yuritishni kelishib olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to'plandilar. Bu yerdagi Livadiya saroyida 4-11-fevral kunlari tarixga Qrim konferensiyasi nomi bilan kirgan xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Konferensiyada I. Stalin, U. Cherchill, F. Ruzvelt ishtirok etishdi.Konferensiyada Germaniyani so'zsiz taslim etish, uning qurolli kuchlarini yo'q qilish, harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashkilotlarini, qonunlari va tartiblarini yo'q qilish, Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo'lgan davlatlarga reparatsiya to'lashga majbur etishga kelishib oldilar. «Ozod Yevropa to'g'risidagi deklaratsiya» e'lon qilindi. Shuningdek, bu maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun Germaniyani 3 ta okkupatsion hududga bo'lishga qaror qildilar.Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi qarorlariga ko'ra, xalqaro tashkilot-Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etiladigan bo'ldi. 1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar armiyasi Berlinni qurshab oldi va ishg'ol etishga kirishdi. Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Unga mashhur rus sarkardasi G. K. Jukov qo'mondonlik qildi. Sovet qo'mondonligi niqob sifatida tutun tarqatish vositasini qo'lladi. Minglab tank va samolyotlar dahshat solib hujumga tashlandi va bular nemis qo'shinini sarosimaga solib qo'ydi.Italiyada ham fashizm keskin zarbaga uchradi. Ko'p joylar fashistlardan ozod qilindi. 29-aprel kuni Italiya partizanlari Mussolinini asir oldilar va otib tashladilar.30-aprel kuni Germaniya rahbarlari A. Gitler, Gimmler, Gebbelslar o'z jonlariga qasd qildilar. Gitlerning jasadi benzin sepib yoqib yuborilgan. Bu voqea sovet jangchilari tomonidan reyxstag binosiga qizil bayroq-g'alaba bayrog'i ilingan kunda sodir bo'ldi. Insoniyat jallodining qismati ana shunday poyoniga yetdi. 2-may kuni Berlin garnizoni taslim bo'ldi. 8-maydan 9-mayga o'tar kechasi Berlin yaqinidagi Karlxorst deb ataladigan binoda Germaniyaning so'zsiz taslim bo'lganligi haqida hujjat imzolandi. Shu tariqa Yevropada urush tugadi.1945-yilning 17-iyulida Germaniyaning Potsdam shahrida uch buyuk davlatlar rahbarlari (I. Stalin, U. Cherchill, G. Trumen) konferensiyasi ochildi. Germaniyani qurolsizlantirish, natsistlar partiyasini yo'q qilish, Germaniyani reparatsiya to'lashga majbur etish va asosiy jinoyatchilarni xalqaro harbiy tribunalga berish haqida kelishib oldilar. Sharqiy Prussiyaning sohil bo'yi Kenisberg shahri bilan birga SSSRga berildi. Qolgan qismi Polshaga o'tkazildi. Polsha va SSSRga o'tgan hududlarda yashovchi 9 mln dan ortiq nemislar ko'chirildi. Uch davlat ishg'ol etgan hududlarda saqlanayotgan harbiy asirlar almashiniladigan bo'ldi. Germaniya to'laydigan tovon 20 mlrd dollar miqdorida belgilandi. Uning 50 foizi SSSR ga berilishi to'g'risida kelishildi. Konferensiya qaroriga ko'ra, Germaniya yaxlit davlat bo'lib qolishi kerak edi. Germaniyaga qarashli Kenisburg viloyati Sovet davlatiga berildi. Sovetlar Yaponiyaga qarshi urushga kirishi haqidagi qaroriga amal qilishini yana bir bor tasdiqladi
.
Yaponiya taslim bo'lmaguncha Ikkinchi jahon urushi tugamas edi. 1944-yilning oktabr oyida eng yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Yaponiya flotini tor-mor keltirdi. Yozga kelib Yaponiya armiyasi Osiyoning katta qismidan quvib chiqarildi.Biroq Yaponiyani taslim etish oson ish emas edi. Buning uchun AQSH Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. 26-iyul kuni AQSH, Sovet davlati va Xitoy Yaponiyadan so'zsiz taslim bo'lishni talab etdilar. Biroq Yaponiya bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet hukumati Yaponiyaga urush e'lon qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga o'tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok bo'ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi.
Atom bombasining ishlatilishi va Sovet davlatining urushga kirishi Yaponiyani mag'lubiyatga uchraganligini tan olishga majbur etdi va 2-sentabr kuni Yaponiya taslim bo'lganligi haqidagi hujjat imzolandi.Shunday qilib, Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va Yaponiyaning taslim bo'lishi bilan Ikkinchi jahon urushi ham tugadi.Dunyoning asosiy davlatlarini o'z domiga tortgan Ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hududida harbiy harakatlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |