33
III BOB
HAVOLA BO‘LAKLI QO‘SHMA GAPLARNING SINTAKTIK-
SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Ergash gapli qo‘shma gaplar qismlari tobe bog’lovchilar yoki shu vazifadagi
vositalar yordami bila o‘zaro birikkan qo‘shma gaplardir. Mazmun tomonidan esa,
bu xil qo‘shma gaplar qismlarining biri ikkinchisiga tobe bo‘ladi,
shuning uchun
ham bu qismlarning biri bosh gap, ikkinchisi tobe gap sanaladi.
Bosh va ergash gap Grammatik va mazmun tomonidan bog’lanib, yaxlit
birlikni tashkil etadi hamda umumiy bir fikrni ifodalaydi.
G’. Abdurahmonov tasnifiga ko‘ra, bosh va ergash gap o‘zaro:
1)
o‘rinlashishi;
2)
maxsus fe’l formasining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar
bilan birikkan sifatdosh va ravishdosh);
3)
yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishadi.
Shu tasnifga ko‘ra bosh va ergash gaplarni
belgilash esa ularning
funksiyasi, konkret mazmuni, bog’lanish usuli, leksik tarkibini aniqlash
orqali ro‘y beradi
24
.
Ergash gap odatda, bosh gapni izohlash
funksiyasida keladigan, izohlash
orqali mazmunan bosh gapga tobe bo‘lgan qo‘shma gap qismidir, ergash gap turli
tobelantiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog’lanadi.
Bosh va ergash
gapni biriktirishda turli leksik elementlarning – birinchbi navbatda nisbiy
olmoshlarning roli kattadir, bu olmoshlar ham bosh gap,
ham ergash gap tarkibida
bo‘lishi yoki ulardan birining tarkibida bo‘lishi mumkin.
Bosh va ergash gap orasidagi bunday farqlar hamma va har qanday holatda
to‘g’ri kelavermaydi, bu farqlanuvchi tomonlarning hammasi hisobga
olingandagina bosh va ergash gapni chegaralash mumkin bo‘ladi. Masalan, odatda,
24
Abdurahmonov G’. Qoshma gap sintaksisi.
Toshkent, Fan 1964, 90-bet
34
ergash gaplar kesimlarining tobe formada bo‘lishi bilan farqlanib turadi. Ammo
ba’zi hollarda bosh va ergash gaplarni bog’lovchi vositalar bosh gap tarkibida
bo‘ladi:
Nihoyat Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarni shunday taqlid qilindiki,
o‘tirganlar o‘rinlaridan qo‘zg’almay qoldilar
(Oybek).
O‘zbek tilshunosligida ergash gapli qo‘shma gaplar (boshqa ko‘pgina
tilshunosliklardagi kabi ) mazmuniy va shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi:
1)
ega
2)
kesim
3)
to‘ldiruvchi
4)
aniqlovchi
5)
ravish
6)
o‘lchov-daraja
7)
chog’ishtirish – o‘xshatish
8)
sabab
9)
maqsad
10)payt
11)
shart
12) o‘rin
13) to‘siqsizlik
14) natija ergash gapli qo‘shma gaplar
Ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar havola
bo‘lakli gaplar
hisoblanadi, ularda ba’zan bosh gapda, ba’zan ham bosh, ham
ergash gapda havola bo‘lak mavjud bo‘ladi. Natija ergash gapli qo‘shma
gaplarda havola bo‘lak, asosan, bosh gapda bo‘ladi. Qolgan barcha ergash gapli
qo‘shma gaplar havola bo‘laksiz gaplardir.
Do'stlaringiz bilan baham: