To’rqanotlilar (Neuroptera). Qanotlari yirik, keng, deyarli bir xil bo’lib, uzunasiga va ko’ndalangiga ketgan tomirlardan hosil bo’ladigan ko’pgina katakchalari bor. Boshi va ko’zi yaxshi rivojlangan. Og’iz tuzilishi kemirishga moslashgan. Bu turkumga xilma-xil hasharotlar kiradi, ular (oltinko’zlar) asosan yirtqichlik bilan hayot kechiradi.
Kanalar. Kanalar (Acarina) – bo’g’imoyoqlilar tipiga, o’rgimchaksi-monlar sinfiga kiradigan o’ziga xos turkum hosil qiladi. G’o’zani shikastlaydigan kana uncha ko’p emas, kananing atigi uch turi, tropik Afrikada esa o’ntacha turi g’o’zaga zarar yetkazadi (T.Preslev). Urug’lik chigitga, uning qayta ishlanish mahsulotlariga va omborda donga tushadigan kanalarning turi juda ko’p. Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo sharoitida asosan (Acaridae) oilasidan bo’lgan ombor kanalarining 30 turi qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |