Hasanov Asror Baxtiyor oʻgʻli Meliboyev Shaxzod Ibragim oʻgʻli Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistrantlari
“Xorijiy tillar yoʻnalishidagi talabalarning oʻquv jarayonini kompyuter imitatsion modellari va dasturiy taʼminotni yaratish”
Annotatsiya: Ushbu maqolada til o’rganish va o’rgatish jarayonida zaminaviy axborot texnologiyalardan foydalanish haqida fikr yuritiladi.Jumladan o’qitish jarayonida 3D modellardan foydalanish orqali o’quvchilarga xorijiy tillarni yanada mustahkam o’rgatish ko’zda tutilgan.
Kalit so’zlar: innovatsion texnologiyalar, vizuallashtirish sifat darajasi, an’anaviy usullar, rasmli va video darslar
Abstract: This article discusses the use of basic information technologies in the process of language learning and teaching. Including the use of 3D models in the teaching process, it is intended to teach students foreign languages more firmly.
Keywords: innovative technologies, visualization quality level, traditional methods, picture and video lessons
Аннотация: В данной статье рассматривается использование базовых информационных технологий в процессе изучения и преподавания языков. В том числе использование 3D-моделей в учебном процессе призвано более прочно обучать студентов иностранным языкам.
Ключевые слова: инновационные технологии, уровень качества визуализации, традиционные методы, фото- и видеоуроки.
Hozirgi taraqqiylashgan zamonamizda texnika-texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda vizualizatsiya juda muhim o’rin tutadi. Vizualashtirish jaroyoni har qanday yo’nalishda ya’ni dizayn, arxetektura, ta’lim iqtisodiyot, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda.
Biror narsani qurishdan oldin, ko'pchilik insonlarga vizual misol kerak bo'ladi, siz o‘sha obyektning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqishingiz va baholashingiz, o'lchamlari bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.Vizualizatsiya - uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich yordamida turli yuqori sifatli animatsiya va uch o’lchovli o’yinlarning modellarini professional darajada yaratish mumkin. Bunda biz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’ektlarni qo’llashimiz mumkin.
Vizuallashtirish yordamida ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar yuqori sifatli multiplikatsion o’yinlar, turli xil matnlar tuzish mumkin. Vizualiatsiya jarayonida 3D o’yinlarini modellashtirish hozirgi jamiyatda muhim hisoblanadi. Modellashtirish vizual faoliyatning eng hissiy turlaridan biri hisoblanadi. Hatto maktabgacha yoshdagi bola ham tasavvurga yoki ko'rishga emas, balki tegib turadigan haqiqiy yoki xayoliy tasvirni yaratadi. Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o`rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya`ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o`simliklar o`sganligi, iqlim qanday o`zgarganligini o`rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o`rganishmaydi bu bilan tarixchilar shug`ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o`rganish natijasida noaniq, va to`liq bo`lmagan ma`lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit etmaydi. Ular asosida o`rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to`laroq akslantirishi zarur.Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqdigi olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi.
Modellashtirish - uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi.3D modellar yuqori sifatli taqdimotlar va texnik hujjatlarning ajralmas qismi, shuningdek mahsulot prototipini yaratish uchun asosdir. Barcha ishlar kompleksda bajarilishi mumkinligi sababli, bu ijrochilarni qidirish va yangi texnik tavsiflarni ishlab chiqish vaqtini va xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda uch o'lchovli visual o’yin modellarini yaratish va ulardan foydalanish ta’lim faoliyatning turli sohalarida qo'llanilishini ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa maktab o’quvchilarini chet tillarini o’rganishda bunday o’yinlardan samarali foydalanishi yaqin vaqtlardan ichida o'zini eng yaxshi usullardan biri ekanligini isbotlab kelmoqda. 3D modellash simulyatsiya qilingan 3D makonda ko'pburchaklarni, qirralarni va vertikalarni boshqarish orqali har qanday sirt yoki ob'ektning 3D ko'rinishini yaratish jarayonidir. 3D modellashni maxsus 3D ishlab chiqarish dasturi bilan qo'lda qo'lga kiritish mumkin, bu esa rassomning polygonal sirtlarni yaratishi va deformatsiyalashiga yoki real ob'ektni ob'ektlarni raqamli shaklda ifodalash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar majmui to'plamiga nusxalashga imkon beradi. 3D modellash muhandislik, arxitektura, o'yin-kulgi, kino, maxsus effektlar, o'yinlarni ishlab chiqish va tijorat reklama kabi ko'plab sohalarda qo'llaniladi.Bugungi kunda o‘yinlarga haddan tashqari qiziqish kuchayishi shu narsaga olib keldiki, 3D-dasturiy vositalarini ishlab chiquvchilar ancha takomillashgan ilovalarni yaratishga majbur bo‘lmoqdalar. Uch o‘lchovli modellashtirishning yangi imkoniyatlari multfilm qahramonlarini yaratishga ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytirdi. Dasturiy vosita obyektga harakatni oson berish va bunga minimum vaqt sarf etish imkonini beradi. Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadiAmalda barcha 3D-dasturiy vositalari nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun uskunalarga ega, ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham farqlanadi.
3D texnologiyasi o'n yildan oshiq vaqt davomida kompyuter o'yinlarini yaratishda ishlatilgan. Professional dasturlarda tajribali mutaxassislar qo'lda uch o'lchovli landshaftlarni, qahramonlarning modellarini chizishadi, yaratilgan 3D ob'ektlar va belgilarni jonlantiradi, shuningdek kontsept-art (kontseptual dizayn) yaratadilar.
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 1 — 11 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda inglizt bo‘yicha vizual 3D elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi.
Shu bilan birga, chet tillarni turli xil o’yinlar yordamida o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni turli xil vizua 3D o’yinlar orqali o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘quvchilar bilimini oshirish hamda zamonaviy axborot- kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani, masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Bizga ma’lumki har bir tilning gap qurilish ketma- ketligi va qonuniyatlari mavjud. Yosh o’rganuvchilarga gap tuzilishining qoidalarini o’rgatish maqsadida jadvallardan foydalansak samarali bo’ladi.
Shuningdek, ta’lim sifatini, samaradorligini oshirish, o’quvchilarni qiziqtiradigan o’yin shaklidagi darslarni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda axborot –kommunikatsiya vositalarining roli juda katta. Tilni kompyuter yordamida o’rgatishning an’anaviy o’rgatish usullariga nisbatan bir necha ustunlik jihatlari bor. Bunda o’rgatilayotgan yoki o’rganilayotgan har bir qoida, har bir so’z, har bir tushuncha birligi o’quvchi xotirasida yaxshiroq saqlanadi. Chunki kompyuterning boy grafik imkoniyatlari, holatlarga oid ma’lumotlarni ovozli, matnli, tasvirli va video ko’rinishda yetkazib bera olishi kompyuter orqali chet tillarini o’qitishning samarali usulidir
Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning 3d o’yin texnologyalarini tatbiq etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL: https://moluch.ru/archive/138/39058/ (датаобращения: 27.04.2020)
2. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “CHET TILINI O’QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH”. Toshkent: Nizomiy nomidagiTDPU, 2005
3. Гайдамащук А. В. Исследование программных сред 3D-моделирования [Текст]/А. В. Гайдамащук/XVII международный молодежный форумРадиотехника и молодежь в XXI вeкe». Сб. материалов форума. Т. 7. —Харьков: ХНУРЭ, 2013.
4. Silverman D. 3D Primer for Game Developers: An Overview of 3D Modeling in Games /David Silverman. http://gamedevelopment. tutsplus.com/articles/3d-primerfor-game-developers-an-overview-of-3d-modeling-in-games-gamedev-5704.
Do'stlaringiz bilan baham: |