1.3. ТO`F-7 ni kompyuterga o`rnatish
ТO`F-7 kompakt diskda yetkazil beriladi. Bu kompakt diskdan dastur Sizning kompyuteringizga o`rnatilishi kerak. Dasturni o`rnatish uchun qattiq diskda kamida 650 Mb bo`sh joy bo`lishi talab etiladi.
Distributiv disk CDROM ga qo`yilgach, avtomatik ravishda quyidagi menyu ekranda paydo bo`ladi.
1-rasm.
“O`quv filmini o`rnatish” bandi tanlanishi bilan dasturni o`rnatish boshlanadi. Filmlarni kompyuterda ko`rish uchun DivX dasturi o`rnatilgan bo`lish kerak. Uni kompyuterga o`rnatish “DivX ni o`rnatish” bandini tanlash bilan boshlanadi.
Quyida dasturni kompyuterga o`rnatishni ko`rib chiqamiz.
2-rasm
Shu yerda «Davom» tugmasi bosiladi va o`rnatish uchun parametrlarni tanlash boshlanadi. O`rnatishdan voz kechish uchun “Bekor qilish” tugmasi bosilishi lozim.
3-rasm
Dastur pozitsiyada ko`rsatilgan katalogga o`rnatiladi. “Tanlash” tugmasini bosib, dastur o`rnatiladigan diskni va katalogni almashtirish mumkin. Shu darchada dastur uchun talab etiladigan va tanlangan diskdagi bo`sh joy ko`rinib turadi. Katalog tanlangach, «Davom» tugmasi bosiladi va keyingi muloqat darchasi ko`rinishi paydo bo`ladi.
4-rasm
Unda dastur kompyuterga o`rnatilgandan keyin uni kompyuterning “rabochiy stol” ida ikonka paydo bo`lishi keltiriladi. «Davom» tugmasi bosilishi lozim.
5-rasm
O`rnatishga barcha parametrlar tanlanganligi haqidagi xabar ekranga chiqariladi. Bu o`rnatma parametrlariga rozi bo`lsangiz, “O`rnatish” tugmasini bosing. Agar qandaydir o`rnatish parametrini o`zgartirishni istasangiz, “Qaytish” tugmasidan foydalaning.
6-rasm
Oldingi darchada “O`rnatish” tugmasi tanlanganda kompyuteringizga fayllar ko`chirilishni boshlaydi.
7-rasm
Kompyuteringizga dastur o`rnatilganligi haqida ma’lumot ekranga chiqarildi. “Yakunlash” tugmasini bosib, o`rnatishni yakunlash taklif etiladi.
«Yakunlash» tugmasi bosilishi bilan yana 1-rasmda keltirilgan menyuga qaytiladi. Unda «DivX” dasturini ham o`rnating. Bu tizimiy dasturni o`rnatish ingliz tilida kechadi. Undagi barcha muloqat darchalarida “Yes” tugmasi bosiladi.
Eslatmalar:
Dasturni kompyuteringizdan o`chirish uchun ПУСК tugmasi orqali «ПРОГРАММЫ» bandi tanlanadi, unda “O`quv film Tarix 7 sinf” bandiga kirib, «O`quv film - Tarix 7 sinf ni o`chirish” buyruq qatorini tanlash kerak.
O`quv filmidan tarmoq tizimida foydalanish tarmoq va kompyuterlar uchun katta resurslarni talab etishini hisobga olgan holda har bir kompyuterga o`rnatib chiqish maqsadga muvofiqdir. Agarda tarmoqda foydalanish zaruriyati tug`ilsa, o`qituvchi kompyuteriga distributiv diskdan filmni o`rnatib chiqqach, o`quvchi kompyuterida yorliq yaratib, uning murojaatini o`qituvchi kompyuteridagi katalogga moslab qo`yish kerak. Shuni unitmaslik kerakki, filmni tarmoqdan o`qiyotganda kutish vaqti cho`zilishi va o`ynayotganda silliqlik yo`qolishi mumkin.
1.4. ТO`F-7 ijodkorlari haqida
ТO`F-7 o`quv filmi «O`zbeko`quvavtomatika» Respublika iqtisoslashtirilgan o`quv-ishlab chiqarish markazi va “Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.
«O`zbeko`quvavtomatika» Respublika iqtisoslashtirilgan o`quv-ishlab chiqarish markazi ushbu loyiha ijrosining tashkiliy masalalari bilan shug`ullandi. “Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki esa loyihaning mazmuniy tarkibni ishlab chiqish va tayyor mahsulot yaratish bosqichlarini amalga oshirdi.
“Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki xodimlari 1995 yildan buyon respublikamiz uchun ahamiyatli bo`lgan ishlanmalarni yaratish bilan malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Хususan, o`lka tarixi va milliy qadriyatlarimizga bag`ishlangan unikal multimediali mahsulotlarini yaratilgan: «Amir Тemur: Shaxsiyati, Davlati, Renessans», «Al-Farg`oniy va Al-Buxoriy: Sivilizatsiyaning yaratilishi», “O`zbekiston”, «Тermiz-2500», «Samarqand: Тarixiy yodgorliklar», “Sharq miniatyurasi (14-17 asrlar)”, “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” va boshqalar.
Filmni yaratishda mutaxassislarning ishtiroklari:
Loyiha rahbari:
texnika fanlari nomzodi Abdurahmon Хundibayev (“Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki”)
Bosh muharrir:
Vasiliy Kostetskiy (O`zR ХТV Respublika ta’lim markazi)
Тexnik konsultant:
Yazdon Mustapakulov («O`zbeko`quvavtomatika» Respublika iqtososlashtirilgan o`quv-ishlab chiqarish markazi)
Matn tayyorlash:
Vasiliy Kostetskiy,
Abdurahmon Хundibayev,
Gulbahor Raxmatova (oliy toifali o`qituvchi, Ijtimoiy yo`nalishdagi Respublika maxsus gimnaziyasi).
Тasvirlarni tayyorlash:
Abdurahmon Хundibayev,
Ravshan Eshkabilov (“Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki”).
Dasturlash, dizayn, komponovka:
Ravshan Eshkabilov,
Yuriy Kokozidi (“Kompyuter-Osiyo” Ilmiy-texnika parki”)
Matnni o`qish:
Muhammadjon Хo`jayev (“O`zbekiston Тeleradiokompaniyasi”)
Do'stlaringiz bilan baham: |