«Fikrlarning shiddatli hujumi»
1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida biriktirgan, hamda son jihatidan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlarning hal etilishi).
4-bosqich. Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
5-bosqich. Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni, ularni
to‘g‘riligi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.
6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish, hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
“Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi
faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
Metod o’quvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Masalan, matn yoki gaplarni tahlili qilish. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida
ijobiy hal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari
tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg’ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh a’zolarininig faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.
“Fonetik o‘yin” metodi
Bu metodni “Fonetika” bo’limini tugatib bo’lgandan so’ng, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun qo’llash mumkin. Dastlab o’quvchilar ikki yoki uch guruhga bo’lib olinadi. Har bir guruhga o’ntadan so’z beriladi. O’quvchilar so’zlarni fonetik tahlil qilishlari kerak bo’ladi. So’zlardagi unli va undosh tovushlar tahlil qilinadi va ulardagi ochiq va yopiq bo’g’inlar aniqlanadi. Tahlil quyidagi jadvalga joylashtiriladi.
Unlilar tasnifi
|
Undoshlar tasnifi
|
Ochiq bo’g’inlar
|
Yopiq bo’g’inlar
|
|
|
|
|
Guruhlar vazifalarni bajarib bo’lishgandan keyin o’qituvchi bilan birgalikda javoblar tekshirilib, tahlil qilinadi. Bu metod orqali o’quvchilarning fonetik bo’limi yuzasidan olgan bilimlari sinovdan o’tkaziladi.
“Fikrni davom ettiring” metodi
1.Odamlar kitob o’qimasalar…….
2.Hayotda bo’lmasa muallim agar……
3.Kuch bilan emas…….
4.Tinglash, sukut saqlash……..
5.Chala bilim egasi bo’lishdan ko’ra…….
6.Kishining eng muhim burchlaridan biri…..
7.Har qanday savolga javob berish mumkim, faqat……
8.Hech narsa tasodifan sodir bo’lmaydi……
----------------------------------------------------------------------------
1.Yaxshilik qilmoqchi bo’lsang,+ oshkor etmasdan qil.
2.Men baxtliman ,chunki +ayol bo’lib tug’ilganman.
3.Shunday paytlar bo’ladiki,+bolaligimga qaytgim keladi.
4.Inson har doim olg’a intilishi kerak,+ chunki intilish va harakat muvofaqiyatlar garovidir.
5.O’zingni bir varakayiga namoyish etma,+ mulohazali bo’l.
Yaxshilar
|
ko’paysin
|
o’qish
|
jafoli
|
qaltiroq
|
usti
|
qolmasin
|
yomon
|
vafoli
|
oqibati
|
ichi
|
yaltiroq
|
qars
|
ikki
|
vaqting
|
ketdi
|
savobning
|
eshigi
|
chiqadi
|
qo’ldan
|
ketdi
|
naqding
|
baxt
|
ko’p
|
do’stsiz
|
boshim
|
soyga
|
oqar
|
yalqovga
|
begona
|
oshim
|
tuzsiz
|
suv
|
boqar
|
boyga
|
boy
|
Javoblari:
1.Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin.
2.Qars ikki qo’ldan chiqadi.
3.Do’stsiz boshim-tuzsiz oshim.
4.O’qish jafoli, oqibati vafoli.
5.Vaqting ketdi-naqding ketdi.
6. Boy boyga boqar, suv soyga oqar.
7. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
8. Savobning eshigi ko’p.
9. Baxt yalqovga begona.
Aql
|
yoshda
|
O’yla
|
Keyin
|
Uchdan
|
boshda
|
Emas
|
Avval
|
So’yla
|
Keyin
|
ma’lum
|
bo’ladigan
|
Oz-oz
|
Bo’lur
|
puch
|
boshidan
|
Bola
|
O’rganib
|
Dono
|
Dema
|
izla
|
Ilm
|
Bo’lur
|
Qatra-qatra
|
Sakkiz
|
beshikdan
|
qabrgacha
|
Daryo
|
Yig’ilib
|
Sanamay
|
* Aql yoshda emas, boshda
* Bo’ladigan bola boshidan ma’lum
* Beshikdan-to qabrgacha ilm izla
* Avval o’yla keyin so’yla
* Oz-oz o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur
* Sanamay sakkiz dema
* Uchdan keyin puch
“G”
“Galaktikaga sayohat”
Bu usul orqali o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash va fanlararo integratsiyani amalga oshirish asosiy maqsad qilib olingan. Bunda ona tili va astronomiya fanlari bir-biriga integratsiya qilinadi. Buning uchun quyosh tizimidagi sayyoralar rasmlari doskaga ilib chiqiladi. O’quvchilar birin-ketin doskaga chiqib bitta rasmni tanlashadi. Ular o’zlari tanlagan sayyora nomini va quyosh sistemasidagi o’rnini aytishadi. Bundan so’ng tanlangan sayyoraning bosh harfiga mos keladigan ona tili faniga oid termin topishadi va izohlashadi. Masalan, ular Yer sayyorasi rasmini tanlagan bo’lishsa dastlab bu sayyoraning quyosh sistemasida uchinchi ekanligini aytishadi. Va “Y” harfi bilan boshlanadigan biror termin, masalan, yuklamani aytib unga ta’rif berishadi. Bu usul orqali o’quvchilarning topqirligi va bilimdonligi sinovdan o’tkaziladi.
“Gaplarni tartiblang”
Bu metod o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda olib boriladi. Metod ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqichda gap jumlalarini alohida kichik qog’ozchalarga yoziladi va aralashtiriladi.
Har bir guruhga beshtadan gap beriladi. Gaplar to’g’ri tartiblangandan keyin ikkinchi bosqichga o’tiladi. Bu bosqichda gap bo’laklari aniqlanadi. Ya’ni gapdagi ega, kesim, aniqlovchi, to’ldirovchi va hol aniqlanadi.
Gaplar tez va to’g’ri tartiblanganiga va gap bo’laklari tog’ri ajaratilganiga qarab guruhlarga o’rin beriladi. Bu metod orqali o’quvchilarning tezkorligi va topqirligi sinovdan o’tkaziladi.
“Galeriyani aylanish”
Dastlab o’quvchilar kichik guruhlarga ajratib olinadi. Har bir guruhga bitta muommo taklif etiladi. Guruhlar o’z fikrlarini yozishlari uchun ularga o’n minutdan vaqt beriladi. Fikrlar yozib bo’lingach javoblar yozilgan varoqlar guruhlar o’rtasida almashtiriladi. Keyingi guruh oldingi guruhning javoblarini baholashi va javob to’liq bo’lmasa, o’z javobi bilan to’ldirishi kerak.
Masalan, Ona tili darslarida “So’z turkumlari haqida ma’lumot bering” yoki adabiyot darslarida “Shum bola asari haqida ma’lumot yozing” kabi savollar berilishi mumkin.
Javoblar yozib bo’lingach javoblar varog’i doskaga osib qo’yiladi va birgalikda muhokama qilinadi.
“Gap tuzishda adashma” metodi
Bu metodni 4-5-sinflarda qo’llash mumkin. Bu metod orqali o’quvchilarda so’zlarni bir-biriga mantiqan to’g’ri bog’lash va mazmunli gap tuzish ko’nikmalari shakllanadi. Doskaga 4 ta yoki 5ta o’quvchi chiqariladi. O’qituvchi tomonidan biror mavzu beriladi yoki gapning boshi boshlab beriladi. Shu tartibda boshqa o’quvchilar gapni mazmunan to’g’ri shakllantira olish kerak. 3 ta yoki 4 ta gap tuzilgandan keyin doskaga navbatdagi o’quvchilar chiqariladi. Shunday qilib gaplarni mazmunan to’g’ri shakllantira olgan o’quvchilar baholanadi.
Masalan, O’qituvchi: Navro’z
1-o’quvchi: yangilanish
2-o’quvchi: yasharish
3-o’quvchi: bayramidir.
,,Gap egasini toping” metodi.
Bu metodni barcha yuqori sinflarda qo’llash mumkin. Bu metod orqali o’quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi, topqirlik qobiliyatlari sinovdan o’tkaziladi. Metod quyidagicha olib boriladi: o’quvchilarga ma’lumotlar taqdim etiladi. O’quvchilar ushbu ma’lumotlar asosida nima haqida gap ketayotganligini topishlari kerak. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |