Harflar imlosi


II. Vergulning qo’llanishi



Download 397,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana01.01.2022
Hajmi397,27 Kb.
#289292
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Imlo qoidalari

II. Vergulning qo’llanishi 

Vergul tinish belgisi sifatida G’arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatila boshlagan . O’zbekcha matnlarda esa 

XX asr boshlaridan boshlab uchraydi . Undan quyidagi o’rinlarda foydalaniladi : 

1. Uyushiq bo’laklar orasida . 

Bolalarning xulqi , odobi , yurush-turishi , ko’cha-ko’yda , mahallada , o’zini tutishi , do’stlari orasidagi mavqeyi , 

hurmati , oila yumushlariga qo’shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim . (M.Inomova) 

2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi . 

Uka , o’qishning erta-kechi bo’lmaydi .  Men Sizni , oyijon , juda yaxshi ko’raman .  Salom sizga , purviqor tog’lar! 



3. Kirish so’z va kirish birikmalar vergul bilan ajratiladi . 

Shubhasiz , Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin oladi . Farobiyning yozishicha , inson 

jamiyatda , o’zaro munosabatlarda voyaga yetadi . 

4. Tasdiq , inkor , taklif , ta’kid va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha , yo’q , qani , rahmat , xo’sh , xayr , salom , 

ofarin kabi so’zlarni  o’zidan keyin qo’llanayotgan bo’laklardan ajratish uchun vergul qo’yiladi . 

Ha , hushyor bo’lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir .    

Xayr , biz jo’nab ketyapmiz .  

Xo’sh , xalq uchun siz nima ish qildingiz ?    

Qani , ichkariga marhamat .  

Yo’q , yo’q , bu og’ir vazifani bo’ynimga ololmayman . 




5. Ajratilgan (izoh) bo’laklar orasida 

Onaga , eng ulug’ zotga , ehtirom chinakam insoniylik sanaladi .    

O’zbekistonda , jahonga yuz tutayotgan ozod va obod mamlakatda , demokratiya kundan kunga barqarorlashib 

bormoqda . 



6. Bog’lovchisiz qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasida (bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’lgan voqea-

hodisalar ifodalansa) 

Do’sting mingta bo’lsa ham oz , dushmaning bitta bo’lsa ham ko’p .   Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra . 



7. Bog’langan qo’shma gap qismlari orasida . 

Bilimli va tadbirkor bo’ling , lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira yetaklamasin .   

Yo biz boraylik , yo siz keling . 

8. Undov so’zlar his-hayajon bilan aytilmasa , undan so’ng vergul qo’yiladi . 

Ey , menga bir minutga qarab qo’ying .   Hoy , isming nima edi , qulunim ? 

9. Ko’chirma gap darak , buyruq gap bo’lsa , undan so’ng vergul qo’yiladi . 

“Inson qalbi javohirdek toza , pok bo’lmog’i lozim” ,—deb  aytgan edi Abu Rayhon Beruniy . 




Download 397,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish