I. Nuqtaning qo’llanishi
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi . U o’zbek tilida tinish belgisi
sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlagan .
Nuqta o’zbek tilida , odatda , quyidagi o’rinlarda ishlatiladi :
1. His-hayajonsiz aytilgan darak , buyruq , istak gaplardan so’ng
Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda .
O’zingga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rma .
Farzandlarimiz doimo sog’lom bo’lsin .
Alisher tezroq kelsa edi .
2. Atov gaplardan keyin
Ilk bahor . Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla .
3. Ism , ota ismi , familiya , taxallus kabilar qisqartirilganda , ularning birinchi harfidan so’ng
M.Behbudiy , A.Fitrat , A.Cho’lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir .
A.S.Pushkin—rus poeziyasining quyoshi .
4. Nashriyot ishlarida , lug’at va ma’lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so’zlarning birinchi
harfi yoki bo’g’inidan so’ng
va sh.k. (va shu kabilar) ; s.t. (so’zlashuv tilida) ; G’.G’. (G’afur G’ulom) ; Nav. (Navoiy) ; Toshk. (Toshkent) ;
“O’qituvchi” nashr. (“O’qituvchi” nashriyoti) ; 1995-y. (1995-yil) .
5. Qo’shma gaplarning birinchi qismidan so’ng kuchli to’xtam bo’lsa , mantiqan biri ikkinchisiga bog’lanmagan
qo’shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi . Bunday hollarda ikkinchi gap ammo , lekin , biroq , chunki ,
shuning uchun kabi bog’lovchi vositalar bilan boshlanishi mumkin .
Bobodehqon yerga baraka urug’i ekish bilan band . Chunki dalalarda ish qizg’in .
Unga bir necha bor qo’ng’iroq qildim . Ammo hech kim javob bermadi .
6. Ba’zi hollarda yil , oy , kunni ifodalovchi raqamlardan keyin ham nuqta qo’yiladi
25.05.2013. (25-may , 2013-yil)
7. Butunning qismlarini , to’plamning tasniflarini sanash uchun qo’llanilgan arab raqamlaridan so’ng ham nuqta
ishlatilishi mumkin .
Nutq tovushlari quyidagi turlarga bo’linadi : 1. Unli tovushlar ; 2. Undosh tovushlar .
Qo’shma gaplar bog’lovchi vositalarga ko’ra uch turli bo’ladi : 1. Bog’langan qo’shma gaplar ; 2.
Ergashgan qo’shma gaplar ; 3. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar .
8. Birinchi qismida so’roq , undov , ko’p nuqta , nuqta belgilar bo’lgan ko’chirma gapdan keyin qo’llangan muallif
gapidan so’ng nuqta qo’yiladi(vergul emas!)
“Senlarni kim chaqirdi ?—so’radi Fozil .—Nega jimsizlar ?”
“Atrof naqadar go’zal !—shivirladi Mas’ud .
Do'stlaringiz bilan baham: |