3. Mashg‟ulot joylarini moddiy jixozlash.
Mashg‟ulot joylarining qoniqarsiz darajada jixozlanishi sport jarohatlari kelib
chiqishida asosiy sabablaridan biridir.
Ularga quyidagilar kiradi:
-sport inshoatlarini texnik talablarga nomuvofiq , sifatsiz jixozlanishi;
-jixozlar, mashg‟ulot va musobaqa joylarini yomon tayyorlash;
-jixozlash, jixozlar va boshqa moddiy texnik ta‟minot buyumlaridan foydalanishni
talab doiralarida bo‟lmasligi va qoidalarni buzilishi.
Oliy o‟quv yurtlarida mashg‟ulot joylarining (gimnastika zallari, maydonchalar,
yugurish yo‟laklari, sakrash va irgitish joylari) moddiy- texnik ta‟minoti va
jixozlashning ma‟lum me‟yorlari, shuningdek zarur sport inventari jadvali mavjuddir.
Sport jixozlari va inventarlaridan foydalanish bo‟yicha korsatmalar chop etilgan. Bu
me‟yorlar va ko‟rsatmalar tegishli buyruq va musobaqa qoidalariga muvofiq
tartiblashtirilgan.
9
Mashg‟ulotlar yoki musobaqalarga yomon moddiy texnik tayyorgarlik anjomlarining
yaxshi maxkamlanmaganligi yoki sakrash uchun to‟shaklarining yo‟qligi va boshqa
kamchiliklarda korinadi.
Moddiy-texnik qismi tayyorlashdagi extiyotsizlik, jumladan gimnastika xalqalaridagi
shikastlangan temir arqon(tross), gimnastik otning darz ketgan tutqichlari, sakrash
chuqurligida yomon elangan qum va yog‟och qirindisining yetarsiz aralashmasi texnik
talablarga javob bermaydigan-ota qattiq yugurish yo‟laklari, shtanga qulfining
buzuqligi, xovuz tubidagi pogonalar-bularning barchasi jarohatlarga sabab bolish
mumkin.
Jixozlardan, uskunalardan, mashg‟ulot joylaridan foydalanish qoidalarini buzish, ya‟ni
voleybol, basketbol topi bilan o‟ynash, mashg‟ulot va musobaqalarning himoya
moslamalari qoidalari talabiga ko‟ra ularning to‟la majmuisiz o‟tkazish, sport oyoq
kiyimini oyoqlarga oldindan moslamasdan kiyish odatda jarohatlarga sabab boladi.
Moddiy texnik ta‟minotdagi kamchiliklar, ayniqsa sport musobaqalari sharoitida katta
xavf tug‟diradi. Sport mashg‟ulotlari uchun ajratilgan joylar sanitariya-gigiyena
talablariga javob bergan holda ozoda tutilishi, ventilyatsiya sistemasi, yetarli havo
harorati va namligi, butun sport anjomlari mavjud bo‟lishi lozim. Futbol maydonlari
chuqurcha va dongliklarsiz tekis bo‟lishi, tuprog‟i yetarlicha egiluvchan, to‟liq chim
qoplamaga ega bolib, chim doimo parvarishlab turish kerak.
Yugurish yolaklari qattiq, yaxshi quritilgan, changimaydigan va yog‟in-sochinga
chidamli bo‟lishi lozim. Yugurish texnikasi orgatish tekis joyda yoki maxsus yugurish
yolagida olib boriladi. Yo‟lakda donglik va chuqurchalar bo‟lmasligi kerak. Sakrash
chuquri elangan qum va yog‟och qirindisi aralashmasi bilan to‟ldiriladi. Sakrashdan
oldin chuqurdagi aralashmani belkurak bilan yumshatib va xaskash bilan tekislash
zarur. Xaskash va belkurak chuqur oldida qoldirilmasligi kerak.
Granata, bolga va gardish(disk) uloqtirishga moljallangan joylarning atrofi 3,35metr
balandlikda o‟ralishi kerak, negaki ushbu buyumlar shug‟ullanuvchi yoki
tomoshabinlar ustiga tushib ketishi mumkim.
Maydonchalarni
standart
jixozlash
texnik
talablarga
javob
berishi
va
shug‟ullanuvchilar soniga muvofiq bo‟lishi kerak.
10
Suzish va suvda mashq o‟tkazish joylari suvni ifloslantiruvchi manbaalaridan uzoq
bo‟lishi lozim. Bu xolda suzish uchun moljallangan suv xavzasining maydoniga
axamiyat berish kerak. Har bir suzuv chiga daryolarda besh metr kvadrat, xovuz va
qo‟llarda sakkiz metr kvadratdan kam bo‟lmagan maydon bo‟lishi lozim. Suv tubi
yaxshilab tekshirilishi, qopol va o‟tkir buyumlardan (gadir-budur narsalar, g‟o‟la,
shisha va h.k.) tozalanishi kerak.
Suvga sakrash uchun havoza va trampling quriladi. Ularning ostidagi suv xavzasining
chuqurligi 5m dank am bo‟lmasligi, suv yuzasi maydoni esa 10x15m kvadrat
olchamga ega bo‟lishi zarur. 3,5 m dank am chuqurlikka ega xovuzlarda havoza qurish
ta‟qiqlanadi. Trampling va xovoza qozgalmaydigan rezinka toshalma bilan qoplangan,
start supalari ostida suvning chuqurligi 2,5 dan kam bo‟lmasligi lozim. Suzishni
bilmaydiganlar uchun ayrim oralgan joy ajratib, uning chuqurligi 1,5m dan kop
bo‟lmasligi kerak.
Og‟ir atletika bilan shug‟ullanish joylarida maxsus sirpanmaydigan taxta supalar
bo‟lishi kerak. Shtanga qulflari me‟yorida ishlashi, shtanga grifi to‟g‟ri va gardishlarga
oson aylanadigan bo‟lishi lozim.
Kurash zalida 6x6 o‟lchamda 1.5 sm qalinlikda gilam – toshaklar bolish va uning usti
paxmoq yoki ip gazlama bilan tarang tortilib, chetlari maxkamlab qo‟yiladi. Ularning
atrofida 1m dan kam bo‟lmagan bosh joy qoldirilishi kerak. Gilam ustiga kurashchilar
maxsus poyabzalda chiqadilar.
Boks zalida ring poli tekis, 2sm dan kam bolmagan namat toshamasi bo‟lib, bu bu
toshama brizent bilan tortib qoplanishi lozim. Toshama va qoplama va ring chetida
kamida 50 sm olchamida chiqib turishi lozim. Arqonlar bint bilan o‟raladi. Ring
chetlari bilan devor orasi 1,5m masofada oraliq bo‟lishi va bu orqali xech qanday
keraksiz buyum bo‟lmasligi lozim. Voleybol va Basketbol oynaydigan maydonchalar
texnik me‟yorlarga muvofiq jixozlanadi. O‟yinchilar kiyimida metal yoki qatiq
narsadan qilingan qisimlar bo‟lmasligi kerak.
Sport zallari yetarli darajada tabiiy va sun‟iy yuritilishi, markaziy isitish asboblari
metal torlar bilan qoplanishi kerak. Mashg‟ulotlar boshlanishidan oldin jixozlar,
invertarlarva mashg‟ulotlar uchun joining tayyorligi tekshirilishi kerak. Sport zalida
11
faqat mashg‟ulot o‟tkazish uchun lozim anjomlargina joylash tirilishi kerak. Anjomlar
va inventarlarni saqlash uchun maxsus xona ajratiladi.
Barcha sport inshoatlarida termometrlar, sanitariya-gigiyena talablari bilan birga ichki
tartib qoidalar, shifokor navbatdagi tekshiruv vaqtida aniqlangan kamchiliklar
bo‟yicha e‟tiroz va takliflarni yozadigan sanitar daftar bo‟lishi lozim.
Jismoniy mashqlar va sport mashg‟ulotlarida kiyiladigan kiyimlar nafas olish,qon
aylanishi va harakatlanishi qiyinlashtirmaydigan kenglikda bo‟lishi,jarohatlarni oldini
olish uchun sport turiga mos, havoni yaxshi o‟tkazuvchi, teshik-teshik, gigroskopik,
mavsumga,ob-havo sharoitiga mos bo‟lishi kerak.
Sportchining oyoq kiyimi oyoqlarining shakliga mos, yengil va qulay bo‟lishi, oyoq
panjalarini siqilmasligi lozim.
Mashg‟ulot joylarini moddiy-texnik jihozlash talablari buzilgan hollarda javobgarlik
kafedra mudiri va mashg‟ulot rahbari zimmasiga tushadi. Jarohatlarning oldini olish
maqsadida ular doimiy ravishda invetar va anjomlarni kozdan kechirilishi va tekshiruv
paytida ularning ulangan va mahkamlangan joylarining butunligiga (vintlar,
tortqichlar, ularning potolokka, devorga maxsus moslamalarga mahkamlangan
joylarida va boshqalarga), shuningdek anjomlarga to‟g‟ri o‟rnatilishi, joy joyiga
qo‟yilishlariga alohida e‟tibor berishlari kerak. Anjomlar zanglamagan, kertik va
yoriqsiz bo‟lishi lozim.
Sanitar texnik talablar buzilgan va shug‟ullanuvchilar sog‟ligiga zarar yetkazishi
mumkin bolgan holatlar sodir bo‟lganda shifokor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
qilish choralarini ko‟rish kerak. Mashg‟ulot rahbari tomonidan mavjud talablar
bajarilmagan holda unga dars to‟xtatishni va tezda bu haqida kafedra mudiri yoki
unung o‟rinbosariga xabar berishni taklif qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |