emas. Jarohatlarning eng kop sakrash, to‟siqlardan oshib yugurish, nayza gardish,
granat uloqtirish paytida kelib chiqadi. Sakrashlardagi jarohatlar ko‟p hollarda irgish
va yerga tushish paytida olinadi. Yomon holatdagi, texnik jihatdan yetarsiz
tayorlangan maydoncha sportchi irg‟igan paytda oyoq panjalari qayrilib ketish
natijasida bolder oyoq panjalari paylari shikastlanishi yoki topiqlar sinishi mumkin.
Uzunlikka va yugurib kelib uch karra sakrashdagi jarohatlarda asosan topiqning
shikastlanishi kuzatilgan. Langarchop ,bilan sakrashda yerga tushish paytida chop
sinishi natijasida va yerga noqulay tushishda umurtqa pog‟onasining shikastlanishi,
qo‟l oyoq suyaklarining sinishi, chiqishi, lat yeyishi, tizza qopqog‟ining shikastlanishi,
Sakrashlar paytidagi jarohatlarning sababi mashg‟ulotlarning noto‟g‟ri uslubi va
tashkil etilishi, chuqurlarni tayyorlashdagi kamchiliklar bo‟lishi mumkin sakrashlarni
o‟rgatishda irg‟ish va yerga tushishni tog‟ri bajarishga aloxida e‟tibor qaratish lozim.
Uzunlikka sakrashda va yugurib kelib uch karra sakrashda irg‟ish amalga osiriladigan
yog‟och brusok yerga bir hil sathda ko‟miladi, jarohatlardan qochish maqsadida
sakrash chuqurining chetlari yer yuzasi bilan bir sathda bo‟lishi va ular rezinka yoki
brezent ostidan yumshoq narsa qo‟yib qoplanadi. Chuqurdagi qum xaskash bilan
Langar cho‟p bilan sakrash oldidan uning butunligi va mustahkamligini tekshirish
15
Yengil atletchilar – yuguruvchilarning oyoq kiyimlari oyog‟iga loyiq va belgilangan
tipda – tikanakli bo‟lishi lozim. Oldindan paylari shikastlangan shaxslar mashqlar
vaqtida tizza, bolder oyoq panjalariga maxsus qoplamalar kiyishlari lozim.
To‟piq qismda lat yeyishning oldini olish va zarbalarni yumshatish uchun to‟piq
ostiga tashik – teshik rezinka qo‟yish zarur.
Yengil atletika anjomlarini irg‟itishda asosan tirsak paylari va yelka bo‟g‟inlarining
shikastlanishi, yelka chiqishlari, yelka suyagining sinishlari kuzatiladi.
Gardish irg‟itish va yadro uloqtirishdagi jarohatlar nisbatan kam kuzatilib, asosan
deltasimin mushaklarning cho‟zilishi yelka va bilak bog‟inlari kasalliklari olib keladi.
Profilaktik tadbirlar birinchi navbatda mashg‟ulotlarni to‟g‟ri tashkil etish va usubiga
asoslanishi kerak.
Qisqa masofaga yugurishda sonning bukiluvchi va ochiluvchi mushaklarning ayrim
tola va dastalari qisman yoki to‟la uzulishlar shaklida shikastlanishi, oyoq
panjalarining boldir-panja va tizza bo‟g‟inlarining paylarining shikastlanishi bilan
birga bo‟g‟imdan chala holda chiqish kabi holatlar yuz berishi mumkin. Shuningdek,
ahil payi suyak sinishlari yoki tikanakalardan yaralanishlar kuzatiladi
O‟ta qattiq va dag‟al yo‟laklarda yugurish yengil atletikachilarda o‟ziga xos
yallig‟lanishiga, masalan katta berts suyagi pardasining yalig‟lanishi periostitga olib
keladi va har bir mashq mashg‟ulotidan keyin qo‟zg‟aluvchi qattiq og‟riqlar tufayli
mashg‟uliotlarni otqazish mumkin bo‟lmay qoladi.
Bunday shikastlanishlarning asosiy profilaktikasi yugurish texnikasi o‟rgatishning
to‟g‟ri uslubi, shug‟ullanuvchining mushak- pay aparatini minimal va maksimal
jismoniy zo‟riqishlarga tayyorlash, shuningdek, har bir mashg‟ulot va musobaqalardan
oldin samarali badantarbiya mashqlari o‟tqazishdan iborat.
Talabalar mashg‟ulot vaqtida bir-birlariga shikast yetkazmasliklari uchun o‟zaro oraliq
masofani saqlashlari kerak. Badantarbiya mashqlari nafaqat asosiy jismoniy
zo‟riqishlardan oldin mushaklarda qon aylanishini yaxshilaydi, balki ularni qizdirib
eng avvalo murakkab harakatlarni bajarishni qulaylashtiradi. Albatta sovuq havoda
issiq mashq kiyimi kiyish lozim.