жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 9-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. –
masala hal etilishi kerak»
1
. Shu bilan birga, mahkumning holatini
og‘irlashtirishning oldini olish maqsadida, shuni esda tutish lozimki,
JKning 65, 66, 661, 68, 69, 70, 71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari
sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan
bo‘lsa, sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlangan yoki o‘chgan
bo‘lsa, shuningdek, qonunda shaxs ilgari sodir qilgan qilmish jinoiyligi
bekor qilingan taqdirda, sudlanmagan hisoblanadi.
Sudlanganlikning mavjudligi u yoki bu darajada jazoning turi va
hajmiga ta’sir etadi hamda turli xil jinoiy-huquqiy oqibatlarga olib keladi.
Ilgari jinoiy javobgarlikka tortilib, keyinchalik yana qasddan jinoyat sodir
qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash masalasini hal qilishda, sudlar
jazo tayinlashning individuallashtirish prinsipiga asoslanib, ashaddiy
tarzda tuzalish yo‘liga tushishni istamayotgan retsidivist shaxslarga asossiz
ravishda yengilroq jazo berish JK maqsadlari ro‘yobga oshishiga xalaqit
berishini inobatga olishlari shart.
Jinoyat qonunida retsidiv jinoyat haqida Jinoyat kodeksi umumiy
qismi normalarida ham, maxsus qismi normalarida ham so‘z boradi.
Umumiy qism normalarida retsidiv jinoyat:
– jazo tayinlashda JK 56-moddasi 2-qismi «n» bandiga muvofiq
og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin;
– JK 60-moddasida nazarda tutilgan qoida bo‘yicha jazo tayinlashning
alohida tartibi qo‘llanishini keltirib chiqaradi;
– jazoni ijro etish muddatlari o‘tishining uzilishiga asos bo‘lib
hisoblanadi (JK 69-moddasi 2-qismi);
– JK 72-moddasi 7-qismida mustahkamlangan shartlar mavjud
bo‘lganda shartli hukm qilish qoidalarining qo‘llanilishiga to‘sqinlik
qiladi;
– aybdorning chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati
bilan jazodan ozod qilinishiga (JK 71-moddasi 1-qismi) to‘sqinlik qiladi;
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан
жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 9-банд, 1-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. –
227-
б.
368
– jazo o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilishda yoki jazoni
yengilrog‘i bilan almashtirishda jazoning haqiqiy o‘talgan muddatini
ko‘paytirishga asos bo‘ladi;
– jazoni ijro etish koloniyasi turini belgilashga asos bo‘ladi;
– amnistiya aktini qo‘llash masalasini hal qilishda hisobga olinadigan
shartlardan biri bo‘lishi mumkin.
Jinoyat kodeksi maxsus qismi normalarida retsidiv jinoyat xavfli va
o‘ta xavfli retsidiv jinoyat bilan bog‘liq va jinoyat tarkibining
baholanadigan belgisi sifatida tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: