o‘ta xavfli retsidiv
jinoyat bir qancha jinoyat sodir etishning nisbatan
eng og‘ir shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
JK 34-moddasi 3-qismi
shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topishning
quyidagi asoslarini keltiradi: «besh yildan kam bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan
yangi jinoyat sodir etish, ya’ni:
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun
hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-
keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har
biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv
jinoyat deb topiladi».
Mazkur variantlarni bayon qilish barobarida, qonun chiqaruvchi
jinoyatlarni sodir qilishda ayb shakliga to‘xtalmaydi. Biroq, JK 15-
moddasi mazmunidan kelib chiqadiki, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar faqat
qasddan sodir qilinishi mumkin. Binobarin, jinoyatlarning ijtimoiy
xavflilik darajasini belgilashda eng quyi chegara sifatida kamida besh yil
ozodlikdan mahrum qilish jazosi namoyon bo‘ladi. Bu hol jinoyatlarning
qonundagi tasnifiga to‘liq muvofiqdir.
«Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismini qo‘llashda ozodlikdan
mahrum qilish jazosiga sudlangan shaxs deganda, muqaddam sudning
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 21-банд, 3-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 199–200-б.
370
qonuniy kuchga kirgan hukmiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazo tayinlangan shaxs tushunilib, bunda hukm ijroga
qaratilganligining, shu jumladan, shaxs mazkur jazoni o‘tamaganligi
(masalan, shaxsning jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlaganligi, jazo ijrosi JPK
533-moddasiga muvofiq kechiktirilganligi)ning yoki qisman
o‘taganligining (masalan, keyinchalik jazodan muddatidan ilgari shartli,
amnistiya aktiga asosan, kasalligi oqibatida ozod qilinganligining, jazo
yengilrog‘i bilan almashtirilganligining) ahamiyati yo‘q, hukm jazoni ijro
etish muddatlari o‘tib ketganligi uchun ijroga qaratilmagan holler (JK
69-moddasi) bundan mustasno.
Shu munosabat bilan JK 34-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan belgilar
mavjud bo‘lganda, sud ilgari shartli hukm qilingan yoxud hukm ijrosi
kechiktirilgan shaxsni ham, agar bu shaxs tegishlicha sinov muddati yoki
hukm ijrosi kechiktirilgan davr ichida yangi jinoyat sodir etsa, o‘ta xavfli
retsidivist deb topishga haqli»
1
.
O‘ta xavfli retsidiv jinoyatning asosiy o‘ziga xos belgisi uning o‘ta
xavfli retsidiv deb, faqat sud tomonidan topilishining
mustahkamlanganligidir
Do'stlaringiz bilan baham: |