между его деяниями и деяниями других соучастников, в силу чего намерения последних остаются
etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat
organlariga vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki
dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini
bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni
o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi
lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini
ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy
natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv
tomonning amalga oshirilishining oldini olishi lozimligi sharti bilangina
bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan
qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga
qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida
yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin.
Yordamchi o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq-
atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni
yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish
sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni
amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf
kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining ustidan chiqmagan bo‘lsa,
tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga
qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy
bog‘liqlikda bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning
turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy)
aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga,
ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq
neytrallashtirishida ifodalanishi lozim. Gap shundaki, yordamchining
maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan
so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi
mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat
o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish
majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo
334
etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z
harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon
bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz
yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida
kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal
qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini
yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim
etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf
etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining
o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori
yetarli bo‘ladi.
Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat
sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni
sodir etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida,
ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini
saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy
javobgarligi istisno etiladi, biroq u
Do'stlaringiz bilan baham: