ishtirokchining harakati ham qo‘shilgani haqida xabardorligini bildiradi.
Bajaruvchi boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligini
anglamagan hamda mazkur shaxslar uning jinoiy niyatlarini bilmagan
hollarda, ishtirokchilik istisno qilinadi.
Har bir ishtirokchi tomonidan o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini
va jinoyat tarkibi alomatlari bilan qamrab olingan boshqa ishtirokchilar
harakatlarining ijtimoiy xavfliligini
anglash, birgalikdagi jinoiy
faoliyatning ijtimoiy xavfli oqibatlari yuzaga kelishini oldindan ko‘ra
bilishni ham nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: