Patologik mastlik
– o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar
guruhiga taalluqli bo‘lib, ongning g‘ira-shira buzilishlari, alahsirash va
o‘rab turgan olamni buzib qabul qilish bilan tavsiflanadi. Bu holat bir
necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin va oddiy
alkogolli mastlikdan farq qiladi. Odatda, bu alkogolli intoksikatsiya
(xumor) paytida kelib chiqadi.
O‘z navbatida,
patologik affekt
ruhan jarohatlantiruvchi omillar
(yaqin qarindoshining o‘limi, og‘ir haqoratlanish, mulkiy shikast
yetkazilishi va boshqalar), ya’ni og‘ir ruhiy ta’sirlanish yoki hayajonlanish
bilan bog‘liq ruhiyatning qisqa muddat buzilishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |