4-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari
Aybning ehtiyotsizlik shakli aybdorlikning uncha ijtimoiy xavfli
bo‘lmagan ko‘rinishi hisoblanadi. Ehtiyotsizlik qasddan farqli ravishda
aybdorning jinoiy oqibatlarga salbiy munosabati bilan bog‘langan bo‘lib,
unga ko‘ra aybdor jinoiy oqibatlarning kelib chiqishini istamaydi va
bunday oqibatlar kelib chiqishiga ko‘zi yetmaydi.
NOTA BENE !
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda
tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi
yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan
holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan
bo‘lsa
Do'stlaringiz bilan baham: |