To‘satdan paydo bo‘lgan qasdda
qasdning paydo bo‘lishi va uning
amalga oshirilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i uncha ahamiyatli emas.
Jinoyatni sodir etish niyati qasdning paydo bo‘lishi bilanoq amalga
oshiriladi. Qoida bo‘yicha to‘satdan paydo bo‘luvchi qasd jinoyat sodir
etishda aybdorning kam darajali ijtimoiy xavfliligini ifodalovchi holatlarda
ko‘rinadi. Shu asnoda qasdning mazkur turi sodir etilgan qilmishning va
shaxs xavfliligining yuqori ekanini namoyon etadi. Masalan, ko‘chada
tasodifan o‘tib ketayotgan odamni sababsiz (chekishga bermaganlik uchun
va h.k.lar) bezorilik orqasida o‘ldirish oldindan va puxta o‘ylangan rashk
tufayli odam o‘ldirishdan ancha og‘irroq jinoyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |