1) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganlikda
sudlanganlikning vujudga
kelishi;
2) aybdor shaxsga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi
qo‘llanilishi;
3) sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni sud hukmi bilan baholash
natijasida ma’lum bir huquqiy oqibatlar kelib chiqishi. Boshqacha so‘zlar
bilan aytganda, faqatgina sud ayrim bir shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortishi mumkin, javobgarlikning boshqa turlari esa (ma’muriy, intizomiy)
davlat hokimiyatining nosudlov organlari tomonidan qo‘llanilishi va ushbu
organlarning faoliyati natijasi bo‘lishi mumkin.
Jinoiy javobgarlik aybdor shaxsga sud tomonidan belgilangan ma’lum
jazo choralari bilan chegaralanmaydi. Jinoiy javobgarlik shaxs
sudlanishida, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda aybdor deb topish,
unga jazo chorasi belgilash va shu jazo chorasini ijro etish jarayonlarining
birligida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: