NOTA BENE !
O‘zbekistonning
samoviy hududi
– bu Respublikaning quruqlikdagi
yerlari va suv havzalari ustidagi yer atmosferasining qismidir
1
.
Samoviy hududi quruqlik va suvdagi O‘zbekiston davlat
chegaralaridan vertikal chiziq bilan belgilanadi.
NOTA BENE !
Yerosti boyliklari
– bu yer qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida
joylashgan, tuproq qatlami bo‘lmaganda esa, yer yuzasidan yoki suv
obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va
o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi hamda
foydali qazilmalarning yer qa’ridan yuzaga chiqishi
2
.
Yerosti chegaralariga tabiiy qattiq jismlar, suyuq va gaz holatidagi
jinslar va bu jinslar orasidagi bo‘shliqlar kiradi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
amal qilish doirasiga faqat respublikaning quruqlik va suv hududi ostiga
joylashgan yerosti chegaralari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi sifatida respublikaning chet
davlatlardagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari joylashgan
hudud ham qabul qilinadi.
Xalqaro huquqning umumiy qoidalariga muvofiq, bunday muassasalar
Do'stlaringiz bilan baham: |