Havolaki dispozitsiyada
ortiqcha takrorlashlarni bartaraf qilish
maqsadida normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir
normasiga murojaat etiladi. Masalan, JKning o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 105-moddasi 1-qismida
yetkazilgan shikast hayot uchun xavfli bo‘lmasligi va JK 104-moddasida
nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak deyilgan.
Ta’kidlash joizki, JKning aksariyat moddalarida og‘irlashtiruvchi va
o‘ta og‘irlashtiruvchi tarkiblarda o‘sha moddaning asosiy tarkibiga havola
qilish hollari uchraydi. Bunda «o‘sha qilmish ... sabab bo‘lsa», «o‘sha
qilmish ... sodir etilgan bo‘lsa», «mazkur moddaning birinchi va ikkinchi
qismida nazarda tutilgan qilmish ... sabab bo‘lsa» kabi ta’rif ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |