NOTA BENE !
Dispozitsiya
– modda qismining o‘z mazmuniga ko‘ra taqiqlovchi yoki
farmoyish beruvchi elementi bo‘lib, unda muayyan jinoiy qilmish, uning
belgilari ko‘rsatiladi.
Oddiy dispozitsiyada
jinoyat tarkibining belgilarini ifodalamasdan,
jinoyatning umume’tirof etilgan, tanish nomi ko‘rsatiladi. Masalan, JK 97-
moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) yoki 215-moddasi (Davlat
ramzlariga hurmatsizlik qilish). Bunday dispozitsiyada jinoyatning
belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ko‘rinib turibdiki, birinchi holatda qonun
chiqaruvchi tomonidan «o‘ldirish», ikkinchi holatda «hurmatsizlik qilish»
iboralari ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |