Dasturning foydalanuvchi interfeysi va uning elementlari.
“Файл” menyusi elementlari.
Taqdimot yaratish texnologiyasi
Microsoft Power Point 2010 dasturi Microsoft Office 2010 amaliy dasturlar paketi tarkibiga kiruvchi dastur bo’lib, uning asosiy vazifasi xar xil ko’rinishdagi taqdimot materiallari tayyorlash va uni tinglovchilar etiboriga havola etishdir.
Taqdimot – bu biror bir mavzu bo’yicha ma’ruza qilish uchun to’plangan materiallarning tartiblangan holda bir yoki bir necha slaydlar yordamida berilishidir. Slayd – bu taqdimotning bir varog’i bo’lib, o’zida matnlarni, rasmlarni, audio va video ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatiga ega.
Microsoft Power Point 2010 dasturini bir qancha usullar bilan ishga tushirish mumkin.
Пуск \ Все программы\ Microsoft office \Microsoft Power Point 2010 –buyruqlar ketma-ketligi bilan;
Windows ish stolida Microsoft Power Point 2010 dasturi yorlig’i joylashtirilgan bо‘lsa, uni sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish bilan ishga tushiriladi.
Ishchi stolida sichqonchaning о‘ng tugmasini bosib ochilgan kontekstli menyudan “Создать\Презентация Microsoft Power Point” buyrug’i beriladi. Natijada ish stolida Power Point xujjati tashkil etiladi. Bu xujjat sichqoncha yordamida ochish orqali dasturni ishga tushirish mumkin.
Dastur ishga tushirilganda komyuter ekranida paydo bo’ladigan dastur oynasi foydalanuvchi interfeysi deb ataladi.
Microsoft Power Point 2010 dasturining foydalanuvchi interfeysi dasturning oldingi versiyalaridan anchagina farq qiladi. Bu yerda foydalanuvchi interfeysi ishlashga qulay qilib yaratilgan. Avvalgi versiyalaridagi menyular satri va uning ichma-ich joylashuvchi buyruqlari lentalar satri deb nomlanuvchi satr bilan almashtirilgan. Uning afzalligi barcha buyruqlar ekranda ochiq holda ko’rinib turadi. Bu foydalanuvchiga dastur buyruqari bilan ishlashda qulaylik tug’diradi.
Dasturning foydalanuvchi interfeysi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan:
Sarlovxalar satri – bu satrda quyidagi elementlar mavjud:
dastur oynasini boshqaruvchi ochiluvchi muloqat oyna;
tez murojat panelini sozlovchi ochiluvchi maydon, ya’ni unga elementlar qo’shish yoki olishni amalga oshirish imkonini beruvchi ochiluvchi maydon;
ayni paytda ko’rish yoki taxrirlash uchun ochilgan xujjat nomi;
dastur nomi;
dastur oynasini boshqaruvchi 3 ta tugma.
Lentalar maydoni – bu maydonda Power Point dasturining barcha buyruqari bajaradigan funksiyalariga ko’ra bir guruxga birlashtirilib bitta “Файл” menyusi va bir nechta lenta deb nomlanuvchi elementlar ostida berilgan. Bunda har bir lenta o’zida bir qancha buyruqlarni ochiq holda birlashtiradi. Bu foydalanuvchiga kerakli buyruqni tez topish imkonini beradi. Bu lentalar soni standart holda 8 ta bo’lib, ularni sonini dastur imkoniyatini oshiruvchi qo’shimcha dasturlar qo’shish orqali oshirish mumkin. Masalan, PROMT tarjimon dasturi kompyuterga o’rnatilsa uning lentasi lentalar maydonini paydo bo’ladi va lentalar soni 9 ta bo’lib qoladi. Quyidagi rasmga qarang.
Bundan tashqari bu qatorda lenta buyruqarini ekrandan olish va qo’yish imkonini yaratuvchi tugmalar bilan birga dasturda ishlash bo’yicha ma’lumot beruvchi tugma xam joylashgan
Slaydlar maydoni – bu asosiy ishchi maydon bо‘lib, bu yerda har-bir slayd bilan alohida ishlash, ularga har xil obyektlar (masalan, jadvallar, rasmlar, grafiklar, diagrammalar va boshqalar) quyish mumkin.
Slaydlar bо‘limi – bu yerda yaratilgan barcha slaydlarning eskizlari joylashadi. Ular yordamida slaydlar ustida amallar bajarish mumkin. Masalan, slaydlar ketma-ketligi o’zgartirish, slaydlardan nusxa olish, uchirish, kerakli slaydni yoki slaydlar guruxini belgilash va boshqa shu kabi amallarni bajarish mumkin.
Xolatlar satri – bu satrning bosh qismida slaydlar soni va ayni paytda aktiv bo’lgan slayd nomeri beriladi. Sung slaydlarni ekranda tasvirlanish turlarini belgilash tugmalari, taqdimot namoyishini boshlash tugmasi va dastur oynasi mashtabini uzgartirish imkonini beruvchi mastab tugmalari keltirilgan.