xavfli tutishini belgilovchi alahsirash, gallyutsinatsiya, jahl, g‘azab bilan
davom etadi.
«Qisqa tutashuv» reaksiyasi,
shuningdek, ruhiy hayajonlantiruvchi
zo‘riqish holati bilan bog‘liq. Bu ruhiy kasallik ongning buzilishida yoki
to‘satdan bo‘ladigan impulsiv harakatlarda namoyon bo‘ladi, bu esa,
atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Alkogolli psixozlar
orasida oq so‘zak kasalligi tez-tez uchraydi,
odatda, u alkogolizm bilan kasallangan shaxsda spirtli ichimliklarning
uzoq intoksikatsiyasi to‘xtagach ikki-uch kundan so‘ng paydo bo‘ladi. Oq
so‘zak ko‘pincha, ko‘rish va eshitishdagi gallyutsinatsiya, agressiv harakat
va qattiq hayajonlanishlar bilan kuzatiladi. Bu paytda kasal hujum qilishi
yoki «g‘arazli» dushmanlardan va «kuzatuvchilardan», har xil
zararkunandalardan, hasharotlardan, hayvonlardan himoyalanishi mumkin,
shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: