belgilari
va xususiyatlariga, kasallik o‘tishiga bog‘liq holda ularga
tenglashtirilishi mumkin. Bunday kasalliklarga tug‘ma yoki orttirilgan
ko‘rinishdagi hissiy-irodaviy tomonning buzilishi bilan tavsiflanadigan
psixopatiyaning shakli taalluqli; og‘ir infeksion kasalliklardan keyin
bo‘ladigan turli ruhiy buzilishlar; giyohvandlik xumor qilgan davrda
giyohvandlarda bo‘ladigan asab-ruhiy buzilishlar, to‘liq ko‘zi ojizlik va
karlik bilan bog‘liq shaxsning ruhiy o‘zgarishi. Sanab o‘tilgan ruhiy
buzilishlar yoki ruhiy kasalliklardan istalgani alohida olinganda ham aqli
norasolik tibbiy mezonini tan olish uchun yetarli hisoblanadi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, har doim ham ruhiy buzilishlarning
mavjudligi (tibbiy mezon) aqli norasolik holati to‘g‘risida gapirish uchun
asos bo‘lmaydi. Ruhiy kasallik shunday darajaga yetishi kerakki, unda
shaxs jinoyat sodir etayotgan paytida o‘z qilmishini anglab yetmasligi yoki
ularni boshqara olmasligi lozim. Boshqacha aytganda, aqli norasolikning
yuridik (ruhiy) mezoni tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining mohiyatini va
chuqurligini belgilaydi.
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga
nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashi mumkin.
Bunday majburlov chorasini qo‘llash uchun sud, shaxs tomonidan jinoyat
qonunida ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilganlik faktini,
shuningdek, qilmishning aynan aqli noraso shaxs tomonidan sodir
etilganligi va kasallik holati shaxsning jamiyat uchun xavfliligini isbotlashi
lozim.
Aqli norasolik faqat jinoyat sodir etilgan vaqtga nisbatan belgilanadi.
Agar shaxs surunkali ruhiy kasallik, masalan, shizofreniya bilan
kasallangan bo‘lib, biroq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida
remissiya holatida, ya’ni kasallik anchagina tuzalish paytida bo‘lgan
bo‘lsa, yuridik mezon yo‘qligi sababli u aqli raso va o‘z qilmishi uchun
javobgar deb topiladi. Jinoyat sodir etgandan keyin shaxsda ruhiy
buzilishlar kelib chiqsa, unga nisbatan ham tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari ko‘riladi.
Agar aqli norasolik vaqtinchalik ruhiy buzilishlardan kelib chiqqan
bo‘lsa, jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, ish yuritish ayblanuvchi
250
to‘liq sog‘ayishigacha to‘xtatib turiladi. Bu shaxs sog‘ayganda jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin va unga nisbatan jazo qo‘llash mumkin
(albatta, jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari chegarasi hisobga olinib).
Agar ruhiy kasallik jinoyat sodir etgandan keyin dastlabki tergovda
paydo bo‘lsa va og‘irlashsa, bunday shaxsga nisbatan sud JK 67-moddasi
asosida tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llaydi, sog‘aygandan
keyin ishni ko‘rish davom ettirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: