Elementlarning aniq belgilarini ko‘rsatuvchi
jinoyat tarkiblarida
barcha belgilar Maxsus qism moddalari dispozitsiyasida ijtimoiy xavflilik
nuqtai nazaridan aniq ko‘rsatiladi. Bu qonunda «ko‘p miqdor» yoki «juda
ko‘p miqdor» kabi qolipli so‘zlarni qo‘llashda ifodalanadi. Ular eng kam
oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqadi.
Elementlarning baholovchi belgilarini ko‘rsatuvchi
jinoyat
tarkiblarida xavflilik darajasini qonunda aniq ko‘rsatishning iloji yo‘q.
Bunda ijtimoiy xavflilik darajasi sud yoki doktrinal sharhlash orqali
amalga oshiriladi. Masalan, «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar», «o‘ta shafqatsizlik», «shaxsiy
manfaatlar» kabi atamalar sud tomonidan sharhlanishga muhtoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |