Ikki yoki undan ortiq harakatni nazarda tutuvchi murakkab
jinoyat tarkiblari
aniq bir jinoyatni ikki yoki undan ortiq harakat bilan
sodir etishni nazarda tutadi. Masalan, nomusga tegishda (JK 118-moddasi)
jinsiy aloqa zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan
foydalanib qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq oqibatni nazarda tutuvchi jinoyat tarkibiga
jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish uchun javobgarlikni belgilaydigan JK 104-moddasi 3-qismi «d»
bandidagi jinoyat tarkibini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |