partiyalarning Qonunchilik palatasidagi barcha fraksiyalari bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazilar edi. Bundan tashqari, parlament
saylovlarining natijasi orqali qo‘lga kiritilgan deputatlik o‘rinlari har bir
siyosiy partiyaning jamiyat va siyosiy sahnadagi real o‘rnini belgilab
berishini hisobga olsak, o‘zining saylovoldi dasturi va unda belgilangan
maqsad va vazifalarning saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib,
parlament quyi palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya
hukumat rahbari nomzodini taklif etish orqali ushbu dasturlarning ijrosini
amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 15-bandiga
kiritilayotgan normalarga binoan, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
va Senati birgalikda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining
dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish vakolatlariga ega bo‘lmoqda. Bu qoida parlament va
hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangilik bo‘lib, ijro etuvchi
hokimiyat faoliyati ustidan kuchli parlament nazoratini amalga oshirish
mexanizmini yaratadi. E’tiborli jihati shundaki, agar parlament palatalari
qaysidir masalani jamiyat hayoti uchun dolzarb deb hisoblasa, hukumat
rahbarining ana shu masala yuzasidan hisobotini har qanday vaqtda
eshitishi mumkin. Bu qoida, bir tomondan parlamentning ijroiya
hokimiyatga ta’sirini yanada oshirib, hukumat faoliyatining shaffofligini
ta’minlasa, ikkinchi tomondan, hukumat faoliyatining samaradorligini
yanada oshirib, uning parlament oldidagi mas’uliyatini yanada
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda Konstitutsiyamizning 93-moddasiga kiritilayotgan
qo‘shimchaga binoan, Bosh vazirga viloyatlar hokimligi va Toshkent
shahar hokimiligiga nomzodni tavsiya qilish huquqi berilganini
alohida ta’kidlash joiz. Sababi, bu qoidalar ham davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi islohotlariga hamohangdir.
Zero, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi o‘z lavozimlari
bo‘yicha joylarda, avvalo, ijroiya hokimiyatni boshqaradi. Ayni paytda
ular hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga mas’uldirlar.
Shu bilan bir qatorda, ijroiya hokimiyatning umumiy faoliyati uchun
Bosh vazirning javobgar bo‘lishi sababli bunday huquqning Bosh vazirga
berilishi mantiqan to‘g‘ri jarayon bo‘lib, hokimiyat bo‘linishi prinsipiga
to‘la mos keladi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda parlamentga birinchi marotaba Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqi ham joriy
etilayotganini qayd etish lozim. Parlament amaliyotida hukumat faoliyatini
79
qo‘llab-quvvatlamaslik shu tartibda ifoda etiladi. Hukumat rahbariga
ishonchsizlik votumi bildirilishi, butun hukumatning iste’foga chiqishiga
olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar
doimiy tus olgan holda, Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining
kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masalaning kiritilishini
belgilovchi normaning ahamiyati va salmog‘i ham davlat mexanizmida
benihoya kattadir. Chunki, bu orqali hukumat va parlament
munosabatlarida barqarorlikni ta’minlash nazarda tutildi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, mazkur yangi tartib xalqaro amaliyotga
to‘liq mos kelishi bilan birga, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Birinchidan, “ishonchsizlik votumi” butun hukumatga emas, balki
faqat Bosh vazirga nisbatan bildiriladi. Ikkinchidan, ishonchsizlik votumi
istalgan paytda emas, balki ziddiyatlar Qonunchilik palatasi va Bosh
vazir o‘rtasida doimiy tus olgan taqdirdagina vujudga keladi hamda
deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan
ko‘tarilgandagina Prezidentga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi.
Uchinchidan, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi tegishlicha Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda amalga oshadi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga davlat hokimiyatining uchta
subyekti: davlat boshlig‘i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini
ta’minlash maqsadida kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali 93-moddaning
8-bandidan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi,
degan norma Prezident vakolatlaridan chiqarildi.
2014-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
(32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Qonun
1
, fuqarolarning
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish,
hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil
1
2014
йил
16
апрелдаги
“
Ўзбекистон
Республикаси
Конституциясининг
айрим
моддаларига
ўзгартиш
ва
қўшимчалар
киритиш
тўғрисида
(32, 78, 93, 98, 103
ва
117-
моддаларига
)”
ги
Қонуни
.
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлар
тўплами
, 2014
йил
, 16 –
сон
, 176 –
модда
.
80
tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda
qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat
vazifalarining rolini kuchaytirish, Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini
kengaytirish hamda mas’uliyatini oshirish borasidagi doimiy islohotlarni
yanada yuqori bosqichga ko‘tardi.
Shunday qilib, Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat hokimiyati va
boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan qonun chiqaruvchi
hokimiyat bilan ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarning
yanada takomillashtirilgan tartibining joriy qilinishi quyidagi
xususiyatlarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |