Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ


partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs 
O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas». 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi va Prezidentidan 
tashqari, jamiyatdagi hech bir guruh, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi 
yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishi mumkin 
emas. Chunki Konstitutsiya Oliy Majlis va Prezidentdan tashqari hech 
kimga bunday huquqni bermaydi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati 
vakolatlarini o‘zlashtirish qonunga xilof hisoblanadi va tegishlicha 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Bunday harakatlar ko‘pincha 
davlatga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida ko‘riladi. 
Umuman olganda, o‘zbek xalqi o‘ziga mos bo‘lgan demokratik 
jamiyat qurish yo‘lini tanlab oldiki, bunga hozirgi kunda butun 
jahon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan turli xil islohotlarni kuzatish 
orqali tan berib kelmoqda. O‘zbek xalqi tanlagan demokratik yo‘l juda 
ham katta va o‘z o‘rnida turli sohalarda muhim islohotlarni amalga 
oshirishni talab qilardi.
Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq 
va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy 
nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib 
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart”, degan 
muhim qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bir xil huquq va 
erkinliklarga ega bo‘lish qoidasi Inson huquqlari Umumjahon 
deklaratsiyasi qoidalariga to‘la-to‘kis mos keladi. Shu bilan bir 
qatorda, barcha fuqarolar bir-birlari bilan do‘stona munosabatda 
bo‘lishlari va tinch-totuv yashashlarining zaminida inson huquqlari
turishi va bu birinchi navbatda, konstitutsiyaviy huquq bilan himoya 
qilinishi zarur. 
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ushbu moddasida aniq va ravshan qilib inson huquq va erkinliklarining 
tengligi belgilab qo‘yilganki, mamlakatda odamlar o‘rtasida biron-bir 
ayirmachilikka, ya’ni ular o‘rtasida irqiy, milliy, jinsiy, diniy nizolarning 
kelib chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


68 
Mazkur moddaga binoan, qabul qilingan joriy qonunlarda esa har 
qanday ko‘rinishdagi irqiy, milliy, diniy nizolar, tenglik prinsipiga zid 
keluvchi harakatlar qoralanadi va zarur hollarda jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
141-moddasida fuqarolarning teng huquqligini buzish, ya’ni jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi yoki ijtimoiy 
mavqeyidan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlariga qarshi bevosita
yoki bilvosita afzalliklar berish jinoyat hisoblanib, javobgarlikka tortish 
uchun sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. 
Demak O‘zbekiston xalqini bu yerda istiqomat qiladigan yuzdan ziyod 
millat va elatlar tashkil qiladi. Ularning barchasi teng huquqli O‘zbekiston 
fuqarolaridir. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish