Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Xalq suvereniteti. 
Xalq suvereniteti xalqning o‘z hokimiyatini o‘zi 
mustaqil, tegishli Konstitutsiyaviy mexanizmlari vositasida o‘z manfaatlari 
yo‘lida amalga oshirishini anglatadi. Xalq ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida hokimiyatning to‘la sohibi sifatida maydonga chiqadi va u 
hokimiyatni hech kim bilan bo‘lishmaydi. Hokimiyatni Konstitutsiyaning 
7-moddasida nazarda tutilmagan tartibda o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari 
faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, davlat hokimiyatining yangi va 
muvoziy tarkiblarini tuzish g‘ayrikonstitutsiyaviy hisoblanadi va qonunga 
binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Uning xohish-
irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning 
farovonligini, O‘zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Hokimiyat kimnidir boshqarishni, 
uning xohish-irodasini o‘ziga qaratishni anglatadi. Hokimiyat – ijtimoiy 
hodisa. U kishilik jamiyatining yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ladi va 
barcha insonlar jamiyatida mavjuddir, chunki barcha insonlardan jamiyatni 
turli vosita va ehtiyojlar orqali boshqarishni ta’minlash talab qilinadi. 
Millat suvereniteti
–Zamonaviy Konstitutsiyaviy huquqda, davlat va 
xalq suverenitetidan tashqari, har bir millatning o‘z taqdirini belgilash 
huquqi sifatida tushunilgan milliy suverenlik tushunchasi shakllandi. 
Milliy suverenitetning mazmuni millatning suvereniteti va uning tashkiliy-
huquqiy jihatdan boshqa xalqlar bilan munosabatlarining shaklini 
tanlashda siyosiy erkinligi nazarda tutiladi. 
 
3-§. O‘zbekiston – suveren demokratik respublika 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini 
e’lon qilib, xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro munosabatlarini xalqaro 
huquq normalarini ustuvorligini tan olgan holda mustahkamladi.
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat shakllanishi bilan bir 
qatorda milliy qonunchilikning rivojlanish va amal qilish jarayonlari 


47 
chuqurlashib bormoqda. O‘zbekistondagi mavjud qonunchilik tizimi 
umumiy qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga muvofiq rivojlanmoqda. U 
xalqaro huquq bilan davlat ichki huquqining mushtarakligi, umume’tirof 
etilgan xalqaro standartlar, shartnomalar va konvensiyalarni 
mustahkamlash asosida takomillashib borayapti.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston – suveren 
demokratik respublika” ekanligini e’lon qiluvchi va qonuniy 
mustahkamlovchi muhim qoidadan boshlanadi. Konstitutsiyaning 
1-moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning 
“O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni 
anglatadi”, deb belgilangan.
Mustaqil O‘zbekiston davlati barpo qilingan dastlabki kunlardanoq 
katta va kichik xalqlarning suveren huquqlariga qat’iy va og‘ishmay rioya 
qilish uchun harakat qilmoqda. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risidagi”gi Konstitutsiyaviy qonunda, “O‘zbekiston Respublikasining 
davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti”da, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida”gi Qarorida hamda biroz oldin
1990-yil 20-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashi qabul qilgan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”da mamlakatimiz ko‘p 
millatli aholining xohish-irodasi mustahkamlab qo‘yildi va bu umumxalq 
referendumi tomonidan tasdiqlandi. Deklaratsiyada O‘zbekistonning 
davlat mustaqilligi va suveren demokratik respublika ekanligi 
rasmiylashtirildi. Deklaratsiyaning qolgan moddalarida O‘zbekistonning 
davlat hududi va chegarasi daxlsizligi, davlat hokimiyati O‘zbekistonning 
hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga 
oshirilishi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqliligi 
mustahkamlangan (2-4 moddalar). 
O‘zbekistonning davlat hokimiyati vakolatiga uning ichki va tashqi 
siyosatiga tegishli barcha masalalar kirishi, xalqaro huquqning asosiy 
prinsiplari tan olinishi va ularning hurmat qilinishi hamda o‘zining boshqa 
davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini 
shartnomalar asosida belgilashi va amalga oshirishi, o‘zining taraqqiyot 


48 
yo‘lini, o‘z nomini mustaqil belgilashi va davlat belgilarini o‘zi ta’sis 
etishi suverenligi belgilaridir. 
O‘zbekistonda davlatning boshqarish shakli respublikadir. 
Respublika – xalq hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy 
umuminsoniy huquqiy boyliklardan biridir. Boshqaruvning respublika 
shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun 
chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi. 
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. 
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida 
mas’uldirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy 
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini 
belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. 
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. 
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha 
millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini 
ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi). 
1989-yilning 21-oktabrida ona tilimizga davlat tili maqomining 
berilishi istiqlolimiz sari qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 
1995-yil “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 
Endilikda o‘zbek tilida idora ishlari, hujjatlar olib borilmoqda.
O‘zbek tilida qonunlarimiz yozilmoqda, davlat hujjatlari, ilmiy asarlar, 
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, ularning avtoreferatlari, 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Bu bilan bizga jahon 
madaniyati va axboroti makoniga to‘liq kirish uchun keng imkoniyatlar 
ochiladi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini 
ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini 
ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va 
to‘liq ro‘yobga chiqarish umumxalq vazifasidir. 


49 
O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti o‘zining hududida 
ichki siyosatini o‘zi olib borishini va xalqaro munosabatlarda to‘la 
mustaqilligini anglatadi. 
Davlatning to‘liq mustaqilligi xalqning va insonlarning huquqi bilan 
cheklangan bo‘ladi. Ko‘pchilik davlatlarning Konstitutsiyalarida shunday 
yozilgan: Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. 
Davlat suvereniteti xalq suvereniteti bilan cheklanadi, xolos. Xalq 
mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tuzumini belgilash huquqiga 
egadir. Davlat xalqning oliy huquqini hurmat qilishga majburdir. 
Konstitutsiyada o‘rnatilganidek, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi
o‘zining davlat ramzlari – davlat bayrog‘i, davlat gerbi va davlat 
madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O‘zbekistonning 
suverenligi va mustaqilligining muhim belgilaridan biridir. Shuning uchun 
ushbu modda davlat ramzlarining huquqiy maqomi, ularning tafsifi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aniq tartibga solindi va 
rivojlantirildi. 
Mustaqillikka erishgunga qadar, 1978-yilgi O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonun)da gerb, bayroq, madhiya va poytaxtga 
Konstitutsiyaning oxirgi boblaridan biri, 10 bob bag‘ishlangan edi, bu bilan 
esa mamlakatimizning rasmiy suverenitetiga bo‘lgan munosabat 
ko‘rsatilgan. Davlat ramzlari amalda, mohiyatan Sovet Ittifoqining ustuvor 
mavqesini o‘zida ifodalar edi. Mamlakat mustaqillikka erishgandan 
so‘ng vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlat bayrog‘i – bu tasviri qonun bilan belgilanadigan, biror davlatni 
boshqa davlatdan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir. U davlat 
mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Odatda, davlat bayrog‘i,
uning rangi, tuzilishi va elementlari ramziy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining sxematik va 
rangli tasviri 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonun bilan 
tasdiqlangan. Mazkur qonunga 1999, 2004, 2010 va 2017-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirini, uning elementlarini 
hujjatlar va materiallar rekvizitlariga kiritishni, Davlat bayrog‘ini boshqa 
davlatlar bayroqlari bilan birga ko‘tarilishini, qonun ijrosi bo‘yicha 
nazoratni amalga oshirish va boshqalarni o‘zida ifodalovchi belgilarni 
kiritish tartibini aniqlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar 
kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 
Qonunining 2-moddasida ko‘rsatilganidek, “O‘zbekiston 


50 
Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat 
suverenitetining ramzidir”.
Qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‘imiz xalqaro 
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi, hamda 
mamlakatimizning ramzi hisoblanadi. Ushbu qonun bilan bayroqni 
ko‘tarish vaqti va joyi aniq mustahkamlangan. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi bayrog‘i davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, sudlarning binolarida, diplomatik vakolatxonalar, 
konsullik muassasalarining binolari, hududlari va transport 
vositalaridahamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar 
huzuridagi vakolatxonalarida doimo ko‘tariladi, doimiy ravishda O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida va boshqalarda turadi. 
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini 
nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga 
kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan 
yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish 
uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat 
tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‘iga o‘xshash 
bo‘lishi mumkin emas. 
Qonunning 4-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat bayrog‘i – bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy 
rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklidagi matodir. 
Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. 
Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 
40 santimetrga tengdir. Bayroqning o‘rtasidagi oq rangli enning 
chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. 
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va 
orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n 
ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda 
xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga 
va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va 
(yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda 
joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega bo‘lishi kerak. 


51 
Motam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 
1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning 
ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam 
munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 
1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash 
va yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 
2-iyulda qabul qilingan va 1999, 2003, 2004, 2010, 2017 va 2018-yillarda 
o‘zgartishlar kiritilgan. Ushbu qo‘shimchalar qonunning ijrosini 
ta’minlash tartibini takomillashtirish va ijrosini nazorat qilish, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish 
bo‘yicha hujjatlar va materiallar rekvizitlariga kiritishni o‘zida 
ifodalovchi belgilarni kiritish tartibini aniqlashtirishga qaratildi. 
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 
O‘zbekiston Respublikasi suverenitetining ramzi hisoblanadi. U 
suveren O‘zbekistonning boy milliy, tarixiy an’analarini o‘zida 
mujassamlashtirgan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirida tog‘lar, daryolar 
va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari 
ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy 
uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida 
Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, 
uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida 
baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. 
Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi 
chambar lentasining bandida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo 
qushi va daryolar – kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari 
va “O‘zbekiston” yozuvi – oltin rangida, g‘o‘za shoxlari va barglari, 
tog‘lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi 
uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda 
havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. 


52 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri 
tushiriladigan predmetlar batafsil tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O‘zbekiston 
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, 
o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining 
elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama 
materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan 
belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish 
mumkin emas. 
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat gerbiga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda 
turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini 
hurmat qilishlari shart.
1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunga binoan, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat 
suverenitetining ramzidir. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga nisbatan zo‘r 
ehtirom bilan munosabatda bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi har bir 
fuqarosining vatanparvarlik burchidir. 
Qonunga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 
quyidagi hollarda ijro etiladi: 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chog‘ida 
– u qasamyod qabul qilganidan so‘ng; 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
sessiyalarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi 
majlislarining ochilishi hamda yopilishi chog‘ida; 
– O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy 
bayramlarga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar va majlislarning ochilishi 
chog‘ida; 
– davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har 
kuni – ko‘rsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan 
so‘ng, ko‘rsatuv va eshittirishlar kecha-yu kunduz olib borilganida esa, 
soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kechasida – soat 24 da; 


53 
– 
respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash 
yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, 
adabiyot va san’at arboblari sharafiga o‘rnatilgan haykallar, shuningdek, 
monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chog‘ida; 
– davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan 
marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‘ini ko‘tarish chog‘ida; 
– rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan 
xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish 
chog‘ida – tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib 
bo‘linganidan keyin; 
– harbiy marosimlarni o‘tkazish vaqtida– O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida 
ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan 
bo‘lsa, hozir bo‘lgan kishilar madhiyani tik turib va o‘ng qo‘l 
kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib, harbiy yoki davlatning boshqa 
xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib 
tinglaydi. 
O‘zbekiston davlat madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri, 
qahramoni Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, kuyi O‘zbekistonda 
xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mutal Burhonov tomonidan bastalangan.
Qonunchilik 
O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti, 
mustaqilligini nomoyon etadigan davlat ramzlarini himoya qiladigan aniq 
mexanizmlarni belgilagan.O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud 
Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish ma’muriy 
javobgarlikka (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksi 203
1
-moddasi) sabab bo‘ladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat 
gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish jinoiy javobgarlikka 
olib keladi (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 215-moddasi). 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Davlat ramzlari davlat suverenitetining 
muhim atributi sifatida mamlakatimizning tarixiy rivojlanish xususiyatlarini 
o‘zida ifodalaydi, ularning timsolida, davlat va o‘zbek xalqining 
tinchlikparvar, yaratuvchanlik maqsadlari mujassamlashgan. Ularda 
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish shart-


54 
sharoitlari, suveren, tinchlikparvar mamlakat sifatida fuqarolarning 
vatanparvarlik, chidamlilik, mehnatsevarlik va baxtli kelajakka 
ishonch, mamlakatimizdagi millatlar vakillarining o‘zaro munosabatlari kabi 
xislatlari o‘z aksini topgan. Davlat ramzlari Vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalanishda, har bir fuqaroning hayotini mamlakatimiz taqdiri bilan 
bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Asosiy qonunning 6-moddasi “Davlat suvereniteti” bobini yakunlab 
bergan holda, Toshkent–O‘zbekiston Respublikasining poytaxti ekanligini-
mustahkamlaydi.
Odatda, davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari, markaziy 
va boshqa muassasalari joylashgan, mamlakat ma’muriy va siyosiy 
markazi bo‘lgan poytaxtning Konstitutsiyaviy ta’rifi – davlat 
suverenitetining muhim tavsiflaridan biridir. 
Toshkent – mamlakatning eng yirik iqtisodiy, tarixiy va madaniy 
markazi. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va 
Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, sud 
hokimiyatining yuqori organlari, respublika davlat boshqaruvi organlari, 
shuningdek, ijtimoiy harakatlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat 
tashkilotlarning markazlari joylashgan. Bu yerda yana chet el 
elchixonalari, BMT, YuNESKO, YuNISEF va boshqa xalqaro 
tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat yuritadi. 
Toshkent– iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi 
yirik sanoat markazlaridan biri. Markaziy Osiyodagi eng yirik transport 
tuguni bo‘lib, Toshkent aeroporti xalqaro va tranzit maqomga ega. 
Toshkentdan MDH shaharlaridan tashqari, yigirmadan oshiq shaharlarga 
muntazam reyslar amalga oshiriladi. Shahardan xalqaro miqyosdagi bir 
qator yirik magistral yo‘llar boshlanadi. Poytaxtda ko‘plab oliy o‘quv 
yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlar mavjud. Teatr, kontsert 
zallari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mavjud. “O‘zbekiston” xalqaro 
anjumanlar saroyi, “Ma’rifat markazi” va boshqa ko‘plab zamonaviy 
binolar shahar chiroyiga chiroyqo‘shmoqda. 
Toshkent – 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik 
shaharlardan biri. Toshkent haqidagi ma’lumotlar yunon olimi 
Ptolemeyning “Geografiyaga ko‘rsatma” ilmiy asarida saqlanib qolgan. 
Yo’zma manbalarda zamonaviy Toshkent shahrining nomi Choch, Shosh, 
Shoshkent, deb nomlangan. Shaharning zamonaviy nomi – Toshkent 
birinchi marta Abu Rayhon Beruniyning asarida tilga o‘tilgan. Amir 


55 
Temur hukmronligi davrida Toshkent eng yirik shahar sifatida rivojlanib, 
mintaqaning yirik hunarmandchilik, madaniy va ilmiy-tijorat markazi 
bo‘lgan. 
Toshkent jahon siyosatining muhim markazidir. Uni bejizga tinchlik, 
do‘stlik va birodarlik shahri, deb atashmaydi. Bu yerda jahon, mintaqaviy 
siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, ilm-fan va texnika, madaniyat va 
san’atni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ravishda 
xalqaro miqyosdagi tadbirlar o‘tkaziladi. Poytaxtimizdafaqat 
2011-2016-yillarning o‘zida Shanxay hamkorlik tashkilotining 
15-Toshkent sammiti, xalqaro investitsiya Forumi, “O‘zbekistonda ona va 
bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli” bo‘yicha xalqaro 
simpozium, Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 
43-yig‘ilishi, Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari 
kengashining 43-majlisi va boshqalar bo‘lib o‘tdi. 
Jahon sivilizatsiyasi tarixida O‘zbekiston, jumladan, poytaxtining 
rolini alohida ko‘rsatgan holda, 2007-yilda Toshkent«islom madaniyati 
poytaxti», deb e’lon qilindi. Toshkentda Islom universiteti tashkil 
qilingan.
Bundan tashqari, poytaxtda Rus pravoslav cherkovi, koreys-protestant 
cherkovi, yahudiylarning diniy hamjamiyati, bittadan katolik va lyuteran 
cherkovi, shuningdek, bir qancha nasroniy e’tiqodga va Krishna 
izdoshlariga mansub jamoa va cherkovlar faoliyat olib bormoqdalar. 
Toshkentda O‘zbekistonning 13 ta respublika va 22 ta shahar milliy 
madaniy markazlari ajdodlarning madaniyati, tili va urf-odatlarini saqlab 
qolish maqsadida faoliyat ko‘rsatmoqda
1

Toshkent xalqaro tinchlik yili tadbirlarida faol ishtirok etganligi 
munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga binoan, 
unga «Tinchlik elchisi» faxriy unvoni berilgan.
Toshkent –Respublikaga bo‘ysinuvchi shahar hisoblanib, ma’muriy- 
hududiy jihatdan 11 ta tumanga bo‘linadi. Bular: Bektemir, Mirzo 
Ulug‘bek, Mirobod, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, 
Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari. Toshkent shahrining 
umumiy maydoni 334,8 kilometr kvadratni tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 
“Toshkent shahri o‘zining zamonaviy qiyofasi, yirik ishlab chiqarish 
1
Ўзбекистоннинг
Этно
-
конфессионал
атласи

Мас
.
муҳаррир

Хусниддинов
З

Тошкент

Ер
ресус
-
лари

геодезия

картография
ва
давлат
кадастри
бўйича
дав

қум
., 2005. 


56 
korxonalari, ulug‘vor binolari, salqin bog‘lari va ko‘chalari bilan jahonga 
mashhur. Toshkent– mamlakatimizning asosiy intellektual markazi, 
xalqimizning faxri hisoblanadi
3


Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish