Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. O’zbekiston respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. O’zbekiston respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy 
qismida joylashgan bo’lib, shimoli-sharqda Qirg’iziston, shimol va 
shimoliy-g’arbda Qozog’iston respublikalari, janubiy-g’arbda 
Turkmaniston, janubiy-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda 
qisman Afg’oniston bilan chegaradosh. 
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga ko’ra unitar davlat 
hisoblansa ham, unda federativ davlat tuzilishining ko’rinishi ham 
namoyon bo’ladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi tarkibida Suveren 
Qoraqalpog’iston Respublikasining kirishi Asosiy Qonunimizning 
70-moddasida mustahkamlab qo’yilgan. 


389 
Davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi

har bir davlatni hududiy 
tashkillashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiy qismi bo’lib, u davlat 
qurilishining umumiy masalalarini to’laqonli amalga oshirish uchun 
tashkiliy jihatdan ajratilgan davlat hududining qismlaridir. 
Davlatni hududiy jihatdan tashkilashtirish o’z maqsadi va 
vazifalariga ko’ra nafaqat ma’muriy-hududiy, balki iqtisodiy-hududiy, 
harbiy-hududiy, siyosiy-hududiy va ekologik-hududiy shakllarda namoyon 
bo’lishi mumkin. 
Davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi davlat bilan uning tarkibiy 
qismlari o’rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni hamda ushbu 
qismlarning har birini huquqiy holatiga doir masalalarni qamrab oladi. 
Shuning uchun ham rivojlanishning qanday bosqichida turmasin yoki 
davlat tuzilishining qanday shakllaridan iborat bo’lmasin har bir suveren 
davlatning yer kengliklarini ma’muriy-hududiy jihatdan ma’lum bir 
qismlarga ajratib olish juda katta siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy 
hamda huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Har bir davlatning maydoni, aholisining soni, milliy-etnik tarkibi, 
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi kabi omillarga ko’ra uning yer 
kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi. Bunday ma’muriy-hududiy 
qismlarga ajratish aksariyat hollarda davlatning markazdan turib ijtimoiy 
munosabatlarni samarali tartibga solish imkoni bo’lmagan tarzda amalga 
oshiriladi. Ajratilgan qismlar mexanik tarzda emas, balki biron bir 
maqsadni ko’zlab va ma’lum bir prinsiplarga asoslangan holda bo’linadi. 
Davlat tuzilishi va boshqaruvida markazdan quyi bo’linmalarga 
tomon harakat yo’nalishi, ya’ni: birinchisi – markaziy boshqaruv organlari 
vakolatlarining anchagina qismini mahalliy hokimiyatlarga; ikkinchisi – 
mahalliy boshqaruv organlaridan qator vakolatlarni fuqarolarning 
joylardagi jamoat birlashmalariga va o’zinio’zi boshqaruv organlariga 
berish kerakligi ta’kidlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi hududining ma’lum ma’muriy bo’laklarga 
bo’linishi, davlatning asosiyvazifalarini amalga oshirishda zarur tadbir 
bo’lib hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’muriy-hududiy 
bo’lakda o’z vazifalarini shu davlat hududiy bo’laklari orqali amalga 
oshiradilar. Ma’muriy-hududiy bo’laklarga mos ravishda davlat 
apparatining tegishli bo’g’inlari ham takomillashtiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini amalga 
oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: 


390 

birinchidan, 
iqtisodiy tamoyil – davlatning ma’muriy-hududiy 
tuzilishi shu davlatning iqtisodiy sohadagi vazifalarini samaradorlik bilan 
amalga oshirishni ta’minlashga qaratilishi lozim. Shuning uchun ham 
davlat apparatining mahalliy organlari uning iqtisodiy-xo’jalik yuritish va-
zifasini muvaffaqiyatli ta’minlab beradigan darajada hududiy 
joylashtirilgan bo’lishi kerak; 

ikkinchidan, 
siyosiy tamoyil – davlatning hududiy tuzilishini
shu davlatning siyosiy maqsadlari, davlat hokimiyatini amalga oshirishga 
mos ravishda tashkil etishdan iborat. Bu tamoyil, birinchidan, 
har bir ma’muriy-hududiy bo’linma davlatning, hokimiyat 
organlari vazifalarini bajaruvchi mustaqil qismi deb 
tushunilishi;ikkinchidan, har bir hududiy qism o’z vazifasini bajarishda 
Yuqori davlat hokimiyati organlariga bo’ysunishi; 

uchinchidan, 
milliy-maishiy tamoyil – ma’muriy-hududiy bo’linish 
jarayonida aholini milliy tarkibi, o’ziga xos milliy-maishiy xususiyatlari 
e’tiborga olinadi. Mazkur tamoyilda O’zbekistonning ma’muriy-hududiy 
bo’lagidagi aholining milliy tarkibigae’tibor beriladi, ularning milliy o’zini 
o’zi boshqarishlariga ma’lum darajada sharoit yaratib beriladi. Bunday 
tadbirlar milliy qadriyatlarimizning o’ziga xos tomonlarini inobatga 
olishni, madaniy, tarixiy, diniy, estetik tomonlarga e’tibor berishni 
ta’minlaydi; 

to’rtinchidan, 
davlat apparatini aholiga yaqinlashtirish tamoyili – 
ma’muriy-hududiy tuzilishda davlat ishlarini boshqarishda xalqning 
ishtirokini ta’minlash va davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishdan 
iborat. Bunday tadbir davlat apparatini aholiga aloqador va qulay sharoitda 
xizmat qildiradi. Aholining ehtiyoji va talablarini bevosita davlat 
apparatiga yaqinlashtiradi. Ularga konstitutsiyaviy huquqlari va 
erkinliklarini amalga oshirishda, davlat organlarini saylashda, o’zini o’zi 
boshqarish organlarini tuzishda yordam beradi. 
O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligida 
davlatning mahalliy vakillik organi, hokimiyati yoki mahalliy o’zini
o’zi boshqarish organlari tashkil etiladi. O’zbekiston Respublikasining 
hozirgi ma’muriy-hududiy bo’linishi respublikaning ishlab chiqarish 
kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa 


391 
vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini 
aks ettiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga binoan 
O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, 
qishloqlar, ovullar, shuningdek,Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. 
Viloyat
- O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar 
tizimida eng yuqori bo’g’in bo’lib, alohida o’rin tutadi. Viloyat o’z 
tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo’laklarning hammasini oladi va
shu tariqa muhim tashkiliy vazifani bajaradi. Bu hududiy bo’linma joylarni 
markaz bilan bog’lab turadigan aloqachi tuzilmadir. Respublika 
miqyosidagi davlat organlari o’z vazifalarini, joylardagi organlar bilan 
aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari - viloyat 
hokimiyati orqali amalga oshiradilar. Shu bilan birga viloyat o’z tarkibiga 
kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga rahbarlik 
qiladi hamda ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib 
birlashtiradi. 
Viloyat hududlari o’z navbatida tumanlarga va viloyatga 
bo’ysunuvchi shaharlarga bo’linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni 
turlicha bo’ladi. 
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo’linma sifatida barqaror bo’lishi 
lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo’linishi 
iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik 
iqtisodiyotning barcha sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi 
lozim.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy 
tuzilishida o’n ikkita viloyat va 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish