Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Konstitutsiyaviy sudning devoni



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Konstitutsiyaviy sudning devoni. 
O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudining faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun 
Konstitutsiyaviy sudning devoni tuziladi. 
«O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida»gi 
Konstitutsiyaviy Qonunining 35-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy 
sudning faoliyatini tashkiliy jihatdan, ilmiy-ekspertizaga, axborot-
ma’lumotga oid va boshqacha tarzda ta’minlash Konstitutsiyaviy sud 
devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy sud devoniquyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
–Konstitutsiyaviy sudda ishlarni yuritishni hamda xizmatga oid 
kengashlarni va Konstitutsiyaviy sud tomonidan o’tkaziladigan boshqa 
tadbirlarni tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash; 
–sudyalarga sud majlisi va xizmatga oid kengashlarda ishlarni va 
boshqa masalalarni ko’rib chiqish uchun tayyorlashda ko’maklashish; 
–Konstitutsiyaviy sudga yo’llangan murojaatlarni ko’rib chiqilishini 
tashkiliy ta’minlash, arizachilarning murojaatlari bo’yicha javoblar, 
xulosalar, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash; 


641 
–Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi bilan bog’liq 
masalalar yuzasidan qonun loyihalarini va takliflarni tayyorlashda 
ishtirok etish va buning uchun zarur hujjatlarni tayyorlash; 
–Konstitutsiyaviy sud qarorlarining tarqatilishi va matbuotda e’lon qi-
linishini ta’minlash hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudining Axborotnomasi”ni nashrga tayyorlash; 
–Konstitutsiyaviy sud qarorlarining tizimli hisobini yuritish va 
ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 
–Konstitutsiyaviy sud qarorlarining ijrosini ta’minlash bo’yicha davlat 
organlarining faoliyatini o’rganish va umumlashtirish, ushbu qarorlarning 
ijrosi bo’yicha Konstitutsiyaviy sud uchun ma’lumot tayyorlash; 
–qonun hujjatlarining tizimli hisobi va tahlilini olib borish, tahliliy 
tadqiqotlarni amalga oshirish; 
–Konstitutsiyaviy sudning mehnat munosabatlari, kadrlar siyosati va 
mukofotlash sohasidagi vakolatlarini amalga oshirilishini ta’minlash, Dev-
on xodimlarining malakasini oshirishni tashkillashtirish; 
–hujjatlarni tayyorlash va ular bilan ishlashga mo’ljallangan zamo-
naviy axborot texnologiyalari va dasturiy-texnik vositalarni qo’llagan 
holda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini hujjatlashtirish tizimini tashkil-
lashtirish, yuritish va takomillashtirish; 
–hujjatlar almashinuvi va ish yuritishning o’rnatilgan tartibiga rioya 
etilishi yuzasidan uslubiy rahbarlik va nazorat qilish; 
–Konstitutsiyaviy sud hujjatlarini arxivlashtirish, Konstitutsiyaviy sud 
arxiv fondida bo’lgan hujjatlarning saqlanishi va foydalanilishi hamda 
ularni qonun bilan belgilangan tartibda davlat arxiviga topshirish uchun 
tayyorlashni amalga oshirish; 
–axborot tizimlarining uzluksiz ravishda ishlashini va yangi axborot 
texnologiyalarining tatbiq etilishini ta’minlash; 
–Konstitutsiyaviy sudning elektron axborot resurslarini barpo etish, 
yuritish va takomillashtirishni ta’minlash; 
–Konstitutsiyaviy sudning ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro 
munosabatlarini tashkillashtirish, ommaviy axborot vositalarida Konstitut-
siyaviy sud faoliyati to’g’risida xolisona ma’lumotlarning joylashtirilishini 
ta’minlash; 
–Konstitutsiyaviy sud faoliyatini moliyaviy ta’minlashni tashkil-
lashtirish; 
–Konstitutsiyaviy sudni moddiy-texnik manbalar bilan ta’minlash 
bo’yicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish; 
–Konstitutsiyaviy sudning xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy 


642 
nazorat organlari va xalqaro tashkilotlar, ularning O’zbekiston 
Respublikasidagi vakolatxonalari bilan o’zaro munosabatlarini 
tashkillashtirish; 
–xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlarni faoliyatini 
o’rganish va umumlashtirish; 
–qonun hujjatlari, Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, 
Konstitutsiyaviy sud raisining farmoyishlariga muvofiq boshqa funksiya-
larni ham amalga oshiradi. 
Devon faoliyatiga umumiy rahbarlikni Konstitutsiyaviy sudning raisi, 
bevosita va joriy rahbarlikni kotibiyat mudiri amalga oshiradi. 
Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashiO’zR 
Konstitutsiyaviy sudining 2004-yil 30-yanvardagi 4-son qarori bilan 
tasdiqlangangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi o’z ishini jamoatchilik asosida amalga 
oshiradigan maslahat organi hisoblanadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashining faoliyati Konstitutsiyaning 
ustuvorligini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi huquq fani va konstitutsiyaviy nazorat 
amaliyoti masalalarida, shuningdek, chet el qonun hujjatlari yutuqlaridan 
mumkin qadar to’liq foydalanishda Konstitutsiyaviy sudga yordam 
berishga da’vat etilgandir. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi tarkibiga siyosat va huquq sohasidagi 
malakali mutaxassislar saylanadi. Fan va amaliyot boshqa tarmoqlarining 
kengashga a’zo bo’lmagan mutaxassislari ham Ilmiy-maslahatlashuv 
kengashi ishiga jalb etilishi mumkin. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi raisining taqdimiga binoan Konstitutsiyaviy 
sudning majlisida kengash raisi, rais o’rinbosari, ilmiy kotib va 
kengashning a’zolaridan iborat tarkibda saylanadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi O’zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyaviy sudining vakolatlari muddatiga saylanadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi majlislarida ko’rib chiqish uchun 
masalalarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi 
kiritadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi: 
– O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko’rib chiqishi 
uchun kiritiladigan masalalar yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi; 
– konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishga tegishli qonun 


643 
hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashining majlislari, zaruratga qarab, 
ijodiy munozara va erkin fikr bildirish vaziyatida o’tkaziladi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashining qabul qilingan qarorga qo’shilmagan 
a’zosi alohida fikr taqdim etishga haqli bo’lib, bu fikr Konstitutsiyaviy sud 
rahbariyatining e’tiboriga etkaziladi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashining raisi kengash ishini tashkil etadi, 
majlislar chaqiradi, kengashning tavsiyalarini tayyorlash yuzasidan 
kengash a’zolariga topshiriqlar beradi, ularning bajarilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashining ilmiy kotibi Ilmiy-maslahatlashuv 
kengashi ishini tashkiliy jihatdan ta’minlaydi, majlislarga materiallar 
tayyorlaydi, bayonnomalar tuzadi, ish yuritishni olib boradi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi faoliyatini tashkiliy-texnika vositalari 
bilan ta’minlash Konstitutsiyaviy sud devonining zimmasiga yuklanadi. 
Ilmiy-maslahatlashuv kengashi har yili o’z faoliyati to’g’risida 
Konstitutsiyaviy sud raisiga hisobot berib turadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish