Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Taftish komissiyasi
fuqarolar yig’inining moliya-xo’jalik faoliyatini 
tekshirish uchun tuziladi.Taftish komissiyasi: 
–fuqarolar yig’ini organlari tomonidan fuqarolar yig’ini mol-mulkini 
saqlash va undan foydalanish, jumladan pul mablag’larining maqsadli va 
manzilli sarflanishi holatini tekshiradi; 
–fuqarolar yig’ini organlari tomonidan hisob-kitob hujjatlarining 
qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishini tekshiradi; 
–fuqarolar yig’ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshirilayotganligini tekshiradi; 
–tekshirish natijalarini tahlil qiladi va fuqarolar yig’iniga takliflar va 
xulosalar kiritadi. 


603 
Taftish komissiyasi fuqarolar yig’inining moliya-xo’jalik faoliyatida 
aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab 
chiqadi va tasdiqlash uchun fuqarolar yig’iniga kiritadi. 
Taftish komissiyasi o’z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar 
yig’iniga hisobot beradi. 
Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o’zida fuqarolar yig’ini 
boshqa organining a’zosi bo’la olmaydi. 
Fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha 
komissiyalar va taftish komissiyasi o’z faoliyatini fuqarolar yig’ini 
tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi. 
4-§. FO’O’BO ning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro 
munosabatlari 
Davlatchilikni mustahkamlash faqat davlat hokimiyatining vertikalini 
kuchaytirish va mustahkamlashdan iborat emas. Ishlar boshqaruvini 
samarali tashkil qilish, mahallalarda amalga oshayotgan, fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqaruvi vositasida fuqarolik jamiyati asoslarini faol qurishga 
ham tayanadi. Aynan mahalla instituti, avvalombor, aholiga eng yuqori 
yaqinlashgan darajada, konstitutsiyaviy maqsadlar – huquqiy, ijtimoiy 
davlat qurishni amalga oshirishning birinchi asosi bo’lish imkoniga ega.
Bugun global muammolarni faqat birgalikda, hamkorlikda, 
muvofiqlashtirilgan va kelishilgan davlat boshqaruvi asosida yechish 
mumkinligi ham shubhasiz. Mahalla va mahalliy davlat boshqaruvi esa, 
yagona ijtimoiy tizim elementlari bo’lib, bir-birlarini o’zaro to’ldiradilar 
va doimiy o’zaro bog’liqlikda turadilar. Davlat va mahallaning o’zaro 
bog’liqligi fuqarolar birlashmasining ijtimoiy xususiyatiga ham, jamoa tan 
olgan davlat dasturlarini amalga oshirishda individual va jamoa bo’lib 
ishtirok etishga ham asoslangan. 
Mazkur jihatlar doirasida mahalliy davlat boshqaruvi, tizimning 
alohida tarkibiy qismlari va ijtimoiy muhit o’rtasida yaxshi yo’lga 
qo’yilgan kommunikatsiyalar bilan birgalikda bir butun tashkiliy 
tuzilmaga aylanishi, har qachongidan hamdolzarb. Mahallada, bizning 
mamlakatimiz bosib o’tgan, real tarixiy-huquqiy rivojlanishi asosida vaqt 
bilan sinalgan qadriyatlar tizimini saqlab qolishga intilish mavjud.
Mahalla bugungi kunlarga o’ziga xos xususiyatlari va urf-odatlari bilan 
etib keldi, shunchalik chidamli ekanki, biz u bilan hisoblashmaslikka 
ilojimiz yo’q. 
Mahallaning turmushi har doim ham barqarorligi bilan ajralib turgan. 
Mahalla ijtimoiy qadriyat sifatida barqarorsizlik davrida ham, turli siyosiy 


604 
idora usullarida ham, turli davlat tuzumlarida ham talab etilganligi aynan 
shu fakt bilan izohlanadi.
Aynan mahalla davlat hokimiyati tizimini demokratik shaklga 
keltirdi va aynan u tenglikning tayanch qoidalarini yaratishga muyassar 
bo’ldi. 
Biz, mahallasiz na markaziy, na hududiy davlat xokimiyati o’z 
vaqtida turli rejadagi, turli darajadagi, ko’p xollarda juda ziddiyatli va 
kutilmaganda paydo bo’ladigan muammolardan xabardor bo’lishga va 
ularni samarali hal etishga qodir emasligini tushunib yetdik. 
Mahalla, keng ma’noda, davlat boshqaruvining joylardagi davomidir. 
Ya’ni, uning faoliyat funksiyalarida davlat ildizlari mavjud. Ularni 
parchalamoq, ajratmoq, uzib tashlamoq juda mushkuldir. Mazkur 
jarayon ijtimoiy-boshqaruvning jihatlaridan bo’lib, davlat boshqaruvini 
uzviy to’ldirib, uni yanada chuqurlashtiradi.
Bugungi kunda mahalliy hokimiyatni takomillashtirish, jamiyatni 
milliy asoslarda boshqarishning dolzarb masalalaridan biri – fuqarolar 
o’zini o’zi boshqaruvi institutining ilmiy asoslangan tushunchasini, 
mazkur tushuncha mohiyatini uning mahalliy davlat va jamiyatni 
rivojlantirishdagi roli bilan bog’liq holda ishlab chiqish hisoblanadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish tuzilmalarining 
munosabatlari tahlili ularning umumiy belgilari mavjudligini namoyon 
qildi. Jumladan: 
–har ikkisi ham ijtimoiy rivojlantirish instituti;
–har biri hududiy tashkilotga ega;
–xalq ifodasidagi hokimiyat manbayiga ega;
–ular ommaviy hokimiyatni amalga oshiradi, biri – butun hududda 
amalga oshiriladigan davlat hokimiyati, ikkinchisi faqat o’zini o’zi 
boshqarish organlari hududida amal qiladigan ijtimoiy hokimiyat;
–ular soliq yig’ishga oid vazifani bajaradi;
–jamoat xavfsizligi va tartibini ta’minlash funksiyasini amalga 
oshiradi, biri – (davlat hokimiyati) ichki ishlar va harbiylashgan tuzilma 
orqali, ikkinchisi (o’zini o’zi boshqarish organlari) – jamoat tartibini 
saqlovchi mahalla posbonlari ko’rinishida faoliyat yuritadi;
–huquqiy jihatdan tartibni saqlash va boshqaruvga doir ishlarni 
amalga oshiradi, o’z huquqiy hujjatlariga, shuningdek, o’z boshqaruv 
mahkamasiga ega. 


605 
Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlarini tashkil etish va faoliyat ko’rsatish prinsipining umumiyligini 
ham e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga:
–xalq hokimiyati;
–qonuniylik;
–oshkoralik;
–vakillik organlarining saylanishi, ularning bir-biridan va ijtimoiy 
uyushmalardan alohidaligi va mustaqilligi;
–huquq va vakolatlarning chegaralanganligi; 
–jamoat fikrini inobatga olish;
–markazlashtirish va nomarkazlashtirishga oid vazifalarni optimal 
ravishda mutanosiblikda olib borish kiradi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish