3) ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish sohasida:
O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul
qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi
qarorlarni tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarini o’zgartirish;
452
tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning
nomini hamda chegaralarini o’zgartirish.
Ushbu vakolatlarni amalga oshirish tartibi “O’zbekiston Respublikasida
ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida”
(1996-y.) hamda “Geografik obyektlarning nomlari to’g’risida”gi (2011-y.)
qonunlar bilan belgilangan.
4) moliya va kredit sohasida:
boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga
binoan O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va
uning ijrosini nazorat etish;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish.
Bu masalalarni tartibga solishda “Valyutani tartibga solish to’g’risida”
(yangi tahrir) (2003-y.), “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” (1996-y.),
“Iste’mol krediti to’g’risida” (2006-y.), O’zbekiston Respublikasining
Soliq kodeksi(2007-y.) va boshqa qonunlarni keltirish mumkin.
5) davlat hokimiyati mexanizmini tashkil etish sohasida:
O’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda
sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat
qo’mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda
tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko’rib chiqish va
tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo’yicha vakili va uning o’rinbosarini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib
chiqish.
Misol tariqasida, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini
ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi O’zbekiston Respublikasining
2011-yil 18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida
(78,80, 93, 96 va 98-moddalariga)” gi qonuniga muvofiq tartibga solingan.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan mazkur masalalarni,
hal qilish tartibiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin:
453
Do'stlaringiz bilan baham: |