Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Қаранг

Конституционное
право
зарубежных
стран

Москва
, «
Норма
», 2001. – 
С
. 278-287. 


550 
5) davlat va xo’jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida 
ko’rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi; 
6) O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va 
Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish 
to’g’risida taqdimnoma kiritadi; 
7) O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa
vazifalarni bajaradi. 
Bosh vazir o’z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan 
farmoyishlar chiqaradi. 
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to’g’risida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi. 
Bosh vazir yo’qligida uning vazifasini Bosh vazir o’rinbosarlaridan 
biri bajaradi.
Bosh vazirning o’rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o’zlari 
rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar
tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda davlat va xo’jalik 
boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning 
ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar
beradilar, Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda 
qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda ko’rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari: 
–o’zlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar; 
–Vazirlar Mahkamasining majlislarida masalalarni ko’rib chiqishda 
ishtirok etadilar;
–Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni ko’rib
chiqish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari, Vazirlar 
Mahkamasi qarorlarining loyihalarini tayyorlash tashabbusi bilan 
chiqishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan 
tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishlari 
mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik 
ko’rish, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa 
materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini 
muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasining
devoni faoliyat ko’rsatadi, devon va uning tarkibiy bo’linmalari 
to’g’risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


551 
Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy bo’linmalari
rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda 
Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, O’zbekiston Respublikasi 
Davlat budjetining asosiy ko’rsatkichlarini va unga kiritiladigan 
o’zgartirishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim 
etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo’lgan 
hollarda o’z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga 
muvofiq parlament so’rovi tartibida eshitishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar 
Mahkamasi muayyan a’zosining o’zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki 
xo’jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini
eshitishlari hamda zarur bo’lganda uni iste’foga chiqarish to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ko’rib chiqishi uchun taklif 
kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo’mitalari majlislarida hozir 
bo’lish va axborot berishga haqli. O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki
uning muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo’yilgan taqdirda, 
Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va 
tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qo’mitalarining O’zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga 
doir tavsiyalari va takliflarini ko’rib chiqadi hamda ular yuzasidan
chora-tadbirlar ko’radi. Tavsiyalar va takliflarni ko’rib chiqish natijalari 
haqida hamda ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida Vazirlar Mahkamasi 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo’mitalariga 
kelishilgan muddatda ma’lum qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko’rib chiqiladigan 
qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devoni tarkibiy bo’linmalarining, davlat 


552 
va xo’jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati 
organlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etish, 
shuningdek, qonunlarning ijro etilishi ustidan Oliy Majlis palatalari 
tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga ko’maklashish 
uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining huquq va majburiyatlari 
qonun hujjatlarida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Senatining O’zbekiston Respublikasi hukumati yoki unga bo’ysunuvchi 
davlat yoxud xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo’lgan 
parlament so’rovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputatining, Senati a’zosining shunday so’rovi yuborilgan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki hukumati a’zosi 
qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob berishi shart.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish