Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§ O’zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasi tomonidan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

4-§ O’zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasi tomonidan 
chiqariladigan normativ-huquqiy hujjatlari 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, 
ijtimoiy va madaniy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, qonunlar, 
Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida 
amaldagi qonunlarga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi hududidagi 
barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar 
va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va 
farmoyishlar chiqaradi. 
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi 
qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun 
hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasining 
normativ-huquqiy tusdagi yoki o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi. 


553 
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha 
qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan 
imzolanadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar 
Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini 
bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, imzolangan kundan boshlab 
kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi 
qarorlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat ko’rsatilmagan 
bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.Vazirlar 
Mahkamasi o’zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki 
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda davlat va xo’jalik 
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi qarorlari 
“O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami”, 
“O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami” va O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon 
qilinadi, zarur bo’lgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari 
orqali ham keng omma e’tiboriga etkaziladi. 
Har qanday markaziy davlat organi singari Vazirlar Mahkamasining 
2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining Reglamenti” qabul qilingan, unda bir qator 
muhim masalalar bilan birga Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil etish 
tartib-qoidalari va taomillari belgilangan
225

Jumladan, unga ko’ra Vazirlar Mahkamasi o’z ishini avvalo 
O’zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirishga, shuningdek
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda 
uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, 
225

Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
”, 2005 
йил
, 7-
сон
, 55-
модда



554 
shuningdek,ko’rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni 
amalga oshirishga yo’naltiradi. 
Shu bilan birga uning ishi Prezident farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlaridan, shuningdek, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi 
qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim
yillik rejalarga muvofiq olib boriladi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 
yarim yillik uchun ish rejasida Vazirlar Mahkamasi majlislari rejasi, 
Rayosat majlislarini o’tkazish rejasi hamda tarmoqlarda, iqtisodiyot 
sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini 
Bosh vazir o’rinbosarlari huzurida ko’rib chiqish rejasi, shuningdek, 
doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlar majlislarining 
kalendar rejasi aks etgan bo’ladi. Shu bilan birga, axborot-tahlil 
departamentlari va boshqa tarkibiy bo’linmalarning, shuningdek, ular 
rahbarlari va mutaxassislarining yarim yillik ish rejalari belgilangan 
tartibda tasdiqlanadi.
Yuqoridagi paragraflarda ta’kidlanganidek, Hukumat kollegial 
organ hisoblangani uchun uning muhokamasiga masalalarni kiritish, 
shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida tayyorlash va ko’rib chiqish 
tartibi mavjud. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vazirlar Mahkamasining ko’rib 
chiqishi uchun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qonun bilan uning 
vakolatiga kiritilgan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan belgilangan masalalar kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish 
uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va 
tadbirlari ishlab chiqiladi, ular ko’rib chiqish uchun Bosh vazir 
o’rinbosarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
topshiriqlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tomonidan 
yuborilgan boshqa hujjatlar ko’rib chiqiladi va ijrosi ta’minlanadi. Vazirlar 
Mahkamasida ko’rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi 
a’zolari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi 
o’rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
Masalalar qoida tariqasida, belgilangan tartibda O’zbekiston 
Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 


555 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari shaklida kiritiladi. 
Hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko’rib 
chiqishga tayyorlash Hukumat Reglamenti, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va 2017-yil 
28-iyuldagi PQ-3161-son qarorlarida belgilangan talablar, shuningdek, 
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori 
talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining apparatida ish yuritish 
bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, 2018-yil
9-iyuldan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, loyihani ishlab 
chiquvchi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Yagona 
interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o’tkazilishi 
uchun joylashtiriladi.
Loyihalarga muayyan talablar qo’yilgan. Jumladan, loyihalar aniq 
ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko’rib chiqilayotgan 
masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o’ziga olgan bo’lishi,
ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yishi, ularni bajarishning 
aniq muddatlarini belgilashi kerak. Agar, tayyorlanayotgan loyiha boshqa 
hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yoxud ularni o’z kuchini 
yo’qotgan deb hisoblash talab etsa, ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar, 
shuningdek, ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risidagi 
takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni
bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko’rinishida kiritiladi. Bu holda
unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli 
qiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi. 
Shuni yodda tutish kerakki, Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga javob berishi 
kerak, qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish 
tartibi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham 
javob berishi kerak.
Bundan tashqari, qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Reglamenti 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida, hamda 
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan 
materiallar ilova qilingan holda taqdim etiladi.


556 
Shu o’rinda mazkur jarayoning muhim jihatiga e’tibor qaratish
zarur, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari tegishli kelishuvlar 
amalga oshirilganidan keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar 
ularni qabul qilish zarurligi asoslari (ya’ni, qonun loyihasi konsepsiyasi, 
tegishli qiyosiy jadvallar) va kelishmovchiliklar (agar mavjud bo’lsa) 
bo’yicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa olish uchun yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 
qonunchilikka, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga 
muvofiqligini aniqlash yuzasidan ekspertizadan o’tkazadi hamda qonunlar 
loyihalarini ularning mamlakatda o’tkazilayotgan islohotlar maqsadlari
va vazifalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaning yuzaga kelishi, 
davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining 
sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek, tadbirkorlik 
subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi 
hamda tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga 
kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil 
qiladi.
Shu bois, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar 
Mahkamasiga, faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo’yicha ularni qabul 
qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi O’zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo’lgandagina kiritiladi. Aks 
holda, ya’ni Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar 
Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari belgilangan tartibda 
qaytariladi.
Agar Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy bo’linmalarida 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining konseptual qoidalari 
o’zgartirilganida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
ular mazkur Reglamentda belgilangan tartibda takroran huquqiy 
ekspertizadan o’tkaziladi.
Shu o’rinda muhim taomilga e’tibor qaratishimiz zarur. Chunonchi, 
iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviyat soha samarali faoliyat ko’rsatishining 
muhim va ustuvor masalalari bo’yicha Hukumat qarorlarining 
loyihalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida 
belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy 
ravishda kelishib olinishi kerak, ekanligi belgilab qo’yilgan. Vazirlar 
Mahkamasi zarur bo’lganda, Boshqa masalalar bo’yicha qaror va 
farmoyishlar loyihasiini ham Hukumat O’zbekiston Respublikasi 


557 
Prezidenti yoki Prezident Administratsiyasining tarkibiy bo’linmalari 
rahbarlari bilan kelishish uchun kiritishi mumkin. 
Yana bir muhim masala. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat 
boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to’g’risidagi 
takliflarni ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan 
yoxud tashabbus tartibida ta’minlanadi. Buning uchun, O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi birinchi qismining 8-bandiga 
muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon loyihasida 
uning qabul qilinishi asoslangan va amalga oshirish oqibatlari baholangan 
tushuntirish xati, Adliya vazirligining loyiha qabul qilinishi maqsadga 
muvofiqligi haqidagi huquqiy ekspertiza natijasi bo’yicha xulosasi,
milliy va xorijiy tajriba tahlili, moliyaviy-iqtisodiy va boshqa 
hisob-kitoblar, boshqa ma’lumotnoma materiallari, yangi tashkil 
etilayotgan organning asosiy vazifalari, funksiyalari, faoliyatining huquqiy 
va tashkiliy asoslari (tuzilmasi, xodimlarining, shu jumladan boshqaruv 
xodimlarining cheklangan soni), tugatilayotgan organning funksiyalarini 
qayta taqsimlash va boshqa masalalar bo’yicha tahliliy materiallar
va boshqalar taqdim etiladi. 
Shundan keyin vazirlik, davlat qo’mitasi va davlat boshqaruvining 
boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to’g’risidagi taklif, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga 
ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida 
ko’rib chiqiladi. Taklif ma’qullangan taqdirda Vazirlar Mahkamasi
Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi va O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritiladi. Ushbu taqdimnoma 
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolanadi va 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy 
materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi. 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari vazirliklar, 
davlat qo’mitalari, agentliklar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasining 
Bosh vaziri, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosarlari 
topshiriqlariga muvofiq yoxud tashabbus ko’rsatish tartibida ishlab 
chiqiladi. Ushbu hujjat loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va 


558 
tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar 
belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda 
majburiy tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan 
kelishiladi.
Bundan tashqari, O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, 
iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini 
amalga oshirish, respublika budjetidan mablag’lar ajratish bilan 
bog’liq qarorlar va farmoyishlar loyihalari majburiy tartibda tegishli 
ravishda – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya 
vazirligi bilan, tashqi savdo bilan bog’liq masalalar bo’yicha – 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, yagona davlat 
investitsiya siyosatini muvofiqlashtirish, shakllantirish va amalga 
oshirish masalalari bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar 
bo’yicha davlat qo’mitasi bilan, loyiha boshqaruvi, davlat organlarida va 
boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish 
konsepsiyalari ishlab chiqilishi va tahlil etilishini ta’minlash masalalari 
bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligi bilan, fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa 
yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli, shuningdek, 
ularning faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq masalalar bo’yicha esa – 
O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 
bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan 
majburiy ravishda kelishib olinishi lozim bo’lgan qarorlari va 
farmoyishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning topshirig’iga 
binoan Bosh vazir o’rinbosarlari yoxud Vazirlar Mahkamasi Apparatining 
boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining ayrim loyihalari 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti devonining Reglamentida nazarda tutilgan tartibda 
ko’rib chiqiladi hamda kelishiladi. 
Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta 
o’tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O’zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqiga ega. 
Ushbu majlislarda “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida 


559 
nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga 
muvofiq boshqa masalalar ko’rib chiqiladi. 
Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko’rib chiqish uchun masalalarni 
tayyorlashni Bosh vazir o’rinbosari – Makroiqtisodiy tahlil va 
prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari 
hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi rahbarligida yig’ma 
axborot-tahlil departamenti, axborot-tahlil departamentlari, Vazirlar 
Mahkamasi apparatining boshqa bo’linmalari, O’zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar 
tegishli davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni 
tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil 
etiladigan komissiyalar amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, 
Davlat statistika qo’mitasi va boshqa markaziy iqtisodiy idoralar 
majlisning e’lon qilingan o’tkazilish sanasidan kamida 15 kun oldin 
Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi 
loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni, 
Vazirlar Mahkamasi majlisi protokoli loyihasini kiritadi. 
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ko’rib chiqilgan materiallar 
Rayosat a’zolari bildirgan mulohazalarni hisobga olgan holda puxta
ishlab chiqiladi va majlis o’tkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin 
Bosh vazirga axborot berish uchun hamda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga belgilangan tartibda kelishib olish uchun taqdim etiladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari kelishish 
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ular Vazirlar 
Mahkamasi majlisida ko’rib chiqilishidan kamida 2 hafta oldin taqdim 
etiladi. 
Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar 
ro’yxatlari Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi 


560 
tomonidan belgilanadi. Majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh 
prokuror, Oliy sud raisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha maslahatchisi, 
Prezident maslahatchisi - Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari, O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qo’mitalari 
raislari doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar 
majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo’yicha taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 
yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari bo’yicha respublikani 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini 
ko’rib chiqishda, shuningdek, majlisda respublikaning muayyan hududini 
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita 
bog’liq masalalar ko’rilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to’qqiz 
oylik yakunlari bo’yicha majlislariga Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining 
tegishli masalalar bo’yicha o’rinbosarlari taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalar to’g’risida Bosh vazir 
o’rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi, vazirlar, 
davlat qo’mitalari raislari, idoralar, davlat va xo’jalik boshqaruvi boshqa 
organlarining rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, axborot-
tahlil departamentlari va bo’limlar mudirlari axborot beradilar.
Majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi a’zolarining ko’pchilik 
ovozi bilan qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida qabul 
qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga O’zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi kiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining apparati Vazirlar Mahkamasi 
Rayosatining ishchi organi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy 
ishlaydigan organi sifatidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari har 
haftada O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan o’tkaziladi.


561 
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar 
bayon shaklida chiqariladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir 
apparatiga, Bosh vazir o’rinbosarlariga va axborot-tahlil departamentlari 
mudirlariga yuklanadi. Bayon majlisda raislik qiluvchi tomonidan 
imzolanadi. Hukumatning protokol qarorlari loyihalari tasdiqlangunga 
qadar majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi va 
imzolanganidan keyin O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
hisobga olinishi shart.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular imzolangan
sana bo’yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Axborot-tahlil 
departamentlari va boshqa tarkibiy bo’linmalar tomonidan tuziladigan 
jo’natish ro’yxati bo’yicha darhol ijrochilarga yuboriladi. 
Bunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
(zarur bo’lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) majburiy 
tartibda belgilangan tartibda rasmiy e’lon qilish hamda ijrochilarga
yetkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qog’oz va 
elektron shaklda yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O’zbekiston 
Respublikasi Hukumatining Qarorlari to’plamida O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to’plamida va O’zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu
hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo’lsa, imzolangan vaqtidan 
boshlab kuchga kiradi. Normativ xususiyatga ega bo’lgan qarorlar, agar 
ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa, ular rasmiy e’lon 
qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Respublikani keng va tezkorlik bi-
lan tanishtirish zarur bo’lganda qarorlar va farmoyishlar Prezident yoki 
Bosh vazirning topshirig’iga binoan matbuotda e’lon qilinadi, 
televidenie va radio orqali eshittiriladi. 


562 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish