Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

osti hujjatlaridir
. Ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga zid 
bo’lmasligi zarur(Konstitutsiyaning 16-moddasi).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining aktlari respublika matbuotida 
rasman e’lon qilinadi. 
Misol tariqasida, 2017-yil 17-fevraldagi O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni
1
asosida mamlakatimiz 
taraqqiyotining beshta ustuvor yo’nalishi belgilab olindi. 
Konstitutsiyaning 95-moddasida ta’kidlanganidek, Qonunchilik 
palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid 
soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir 
necha marta O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar 
qabul qilgan taqdirda, shuningdek, Qonunchilik palatasi bilan Senat 
o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga 
tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, 
Senati tarqatib yuborilishi mumkinligi ko’zda tutilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, 
Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida 
o’tkaziladi.
1
Ўзбекистон
Республикаси
қонун
ҳужжатлари
тўплами
, 2017 
й
., 6-
сон
, 70-
модда



521 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin 
emas. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2011-yil 
18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim 
moddalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 
96, va 98-moddalariga)”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida mamlakat 
Prezidenti turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat 
yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka yo’l qo’ymaslik maqsadida uning 
yangi tahriri bayon etildi. 
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini 
bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga 
yuklatilishi, bunda uch oy muddat ichida, «O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq mamlakat Prezidenti 
saylovi o’tkazilishi, demokratik talablar, dunyo hamjamiyati tomonidan 
tan olingan tamoyillarga to’la muvofiqdir.
Ushbu belgilangan holat xorijiy mamlakatlarning milliy 
qonunchiligida qanday aks etganligini quyidagi misollarda ko’rishimiz 
mumkin. Masalan, AQSHda davlat boshlig’ining o’z vazifasini amalga 
oshirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uning vazifasi AQSH 
vitse-prezidenti tomonidan, uning vakolat muddati tugaguniga qadar 
amalga oshiriladi.
Fransiyada Respublika Prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish 
parlamentning yuqori palatasi Senat raisiga yuklatilgan.
Bunday holat, ya’ni aniq bir mansabdor shaxs yoki organga davlat 
boshlig’i vazifasini bajarish imkoniyatining qonunda nazarda tutilishi 
bunday imkoniyatni ular tarafidan qo’lga kiritishga harakat bo’lmasligi 
kafolatini bermaydi.
Shuning uchun ham milliy qonunchiligimizda davlat boshlig’i 
vazifasini vaqtincha bajarish yuzasidan belgilangan qoida konstitutsiyaviy 
tuzumning barqarorligini ta’minlaydi. 
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident 
umrbod Senat a’zosi lavozimini egallashi Konstitutsiyada o’zining 
ifodasini topgan (97-modda).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashi 
bilan bog’liq bo’lgan qoida, avvalo, davlat va jamiyat a’zolarining 
manfaati nuqtayi-nazaridan kelib chiqqan holda mustahkamlangan. 
Chunki davlat boshlig’i vazifasini bajarib kelgan shaxs davlat va jamiyat 


522 
boshqaruvida katta tajriba to’playdi. Uning siyosat, iqtisod hamda ijtimoiy 
hayotning barcha soha yo’nalishlariga tegishli bilimi, mamlakat taqdiri 
bo’yicha o’ta mas’uliyatli faoliyat tajribasi iste’foga chiqqanidan 
so’ng ham davlat va xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Bundan 
tashqari, ushbu qoidaning mohiyatidan, davlat va jamiyat boshqaruvini 
ma’lum muddat amalga oshirgan shaxsga hurmat va ehtirom 
ko’rsatilayotganligini ham anglash mumkin.
Muayyan vaqt davlat boshlig’i vakolatiga ega bo’lgan shaxsda senat 
a’zosi bo’lish va umrbod ushbu lavozimda qolish huquqining mavjudligi, 
sobiq prezidentning shaxsiy daxlsizligiga kafolat sifatida ham namoyon 
bo’ladi.
Eng asosiysi, iste’foga chiqqan sobiq davlat boshlig’ining davlat 
organlari tizimida o’z o’rniga ega bo’lgan, vakolatining mazmuniga ko’ra 
ham asosiy vazifasi davlat boshqaruvi sohasiga tegishli bo’lgan organ - 
Senatdan o’rin olishi jamiyat barqarorligini yanada mustahkamlaydi.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish